Oftob. Har kim tushida oftob ko’rsa, podshohlik yoki vazirlikka sazovor bo’ladi yoxud agar podshoxdik yoki va zirlik nasib qilmaganda shu darajada izzat va hurmat ko’radi, oftob bilan jang qilsa yoki unga xusumat qilsa, podshohlikdan unga zulm etadi, oftob va oy ravshanligi bilan joyida ko’rinsa, podshoh o’z saltanatida mustahkam bo’ladi, oftob benur bo’lsa yoki erga tushsa, podshohlik saltanatida tanazzul voqe’ bo’lib, mamlakatda notinchlik bo’ladi. Ibn Sirin oftobni yaxshi xotin va farzandga ta’bir qilgan. Tushda oftob botayotganligini ko’rish omad ning qo’ldan ketishiga ishora.
Oftobning bulutlar ora sidan mo’ralayotganini ko’rsangiz, tashvishlaringiz ortda qolganiga va omad sizga yor bo’la boshlaganiga ishora. Oila lik ayol oftobning charaqlab chiqib kelayotganini ko’rsa, o’g’il tug’adi va u solih farzand bo’lib etishadi. Oftob nurlarining boshingiz atrofida aylanayotganini ko’rsan giz, o’ngingizda buyuk izzat va martabaga erishasiz; bun day tush jinoyatkorning tushiga kirsa, sidqidildan ay biga iqror bo’lganligi uchun afvga sazovor bo’ladi. Oftob tushib turgan xonaga kirsangiz, bu tush boylik va muvaf faqiyatga ishoradir.