Kalla go’shti va oyoq. Kimki tushida molning kallasi pi va oyog’ini eb turganligini ko’rsa, meros yo’li yoki boshqa yo’l bilan boylikka ega bo’lib, obro’ e’tiborli bo’ladi.
Kal xotin. Tushda kal xotinni ko’rish o’ngdagi jan jalga ishora.
Kamar. Agar tushingizda kamar bog’lasangiz, o’ngingiz da biron sabab bilan sevinasiz.
Kambag’allik. Kimki tushida o’zining kambag’al bo’lib qolganligini ko’rsa, o’ngida ko’ngilsizlik bo’ladi.
Kamon va o’q. Kimki tushida o’q ko’rsa, uning siri hech qachon ochilmas ekan. Agar o’q olib ketayotganligini ko’rsa, sayr qilib yurganda xotirjam bo’lishi mumkin.
Kamqonlik. Tushida kamqonligini ko’rgan kishi o’ngi da kambag’alchilikka duch keladi.
Kanop. Xoh o’ram bo’lsin, xoh chizimcha holatida bo’lsin kimki tushida kanop ko’rsa, o’ngida safarga boradi.
Kamalak. Tushingizda osmonda kamalak ko’rsangiz ish laringiz gurillab ketadi; dehqon bo’lsangiz o’rim yig’im dan mo’l hosil olasiz; unashtirilgan yoshlar uchun baxtdan nishona; kamalak ranglari daraxt barglarida tovlanib tursa, ishlarning baroridan kelishiga ishora.
Kapalak. Tushda gullar va maysalar ustida uchib yurgan kapalakni ko’rish boylikka ishoradir. Agar bunday tush ni qiz bola ko’rsa, yaxshi joyga kelin bo’ladi.
Kaptarning g’ug’ulashi. Kimki tushida kaptarning kug’ulashini eshitsa, bo’ydoq bo’lsa, aqlli, ilmli xotinga uylanadi,agar uylangan bo’lsa, shunday ayol bilan gapla sh adi.