Ko’krakning og’rishi. Kimki tushida ko’kragining og’riyotganligini ko’rsa, o’ngida isrofgar bo’ladi.
Ko’mir. Tushda ko’mir ko’rsangiz o’ngingizda qo’lingizga kirgan mol haromdan hosil bo’ladi. Aaxcha cho’g’ bo’lib yonib turgan ko’mir o’chib qolgan bo’lsa, xavotir va umidsizlik ka ishoradir. Ko’mir bo’laklarini aralashtirib turganin gizni ko’rsangiz, katta quvonchga ishora.
Ko’prik. Tushda ko’prik ko’rish to’rt narsaga dalil bo’ladi: yo’l, mushkullarning oson bo’lishi, martaba, xabar. Agar balog’atga etgan qizning tushida oldidan birdan ko’prik chiqib qolsa, engiltak yigitlardan ehtiyot bo’lishi kerak.
Ko’prikdan o’tish. Har kim tushida biron ko’prikdan o’tsa, ishlab turgan ishini tashlab, boshqa ishga o’tadi.
Ko’rlik. Kimki tushida ko’r bo’lib qolganini ko’rsa, demak, u o’ngida hayot yo’lini noto’g’ri olib borar ekan. Bunday tush ko’rgan odam o’ngida jinoyatchilar guruhi top gan moldan manfaatdor bo’ladi. Lekin ta’birchilar bun day tushni kambag’al odam ko’rsa, o’ngida boyishiga yo’yib dilar.
Agar tushida kimdir tomonidan ko’r qilinganli gini ko’rsa, o’ngida kimdir uni xato yo’lga boshlaydi. Bun day tushni fosiq odam ko’rsa, o’ngida ishi orqaga ketadi. Agar fosiq odam o’zining ko’r bo’lib qolganligini va yangi kiyim kiyganligini ko’rsa, u o’ngida o’lim topar ekan.
Agar kimdir uni tushida davolagan va ko’z nuri qaytgan bo’lsa, o’ngida kimdir unga to’g’ri yo’lni ko’rsatadi. Ko’rlik, shuningdek, erkak kishining ojizligiga ham ishoradir.
Ko’rpa. Tushda ko’rpa ko’rish uylanishga ishora bo’ladi, baxtli bir oila sohibi bo’lishdan ham dalolatdir.
Ko’rsatkich barmoqning qotishi. Kimki tushida ko’rsat kich barmog’ining qotib qolganini ko’rsa, hamshirasi (yo