Kashfiyotchilik. Kimki tushida kashfiyotchi odamni ko’rsa, o’ngida boshlagan ishini oxiriga etkazib, hurmat e’tibor topadi. Tush sohibining o’zi kashfiyot qilgan yoki kashfi yotchilikka qiziqayotgan bo’lsa, o’ngida omad unga yor bo’ladi.
Ka’ba ziyorati. Tushida Ka’bani ziyorat qilgan va at rofini tavof qilib qaytgan kishi barcha mushkulliklar dan xalos bo’lib, salomat bo’ladi. Ibn Sirindan iqtibos qilib aytadilarki, tushida Ka’batullohni ziyorat qilgan kishining dini mustahkam bo’lar va hukmdorlardan man faat ko’rar ekan; Agar uyi Ka’ba bo’lganini ko’rsa, xalq tomonidan ham, hukmdorlar tomonidan ham izzat hurmatga sazovor bo’ladi.
Kelin. Qiz tushida o’zining kelin bo’lganligini va ke linlik libosini quvnab kiyganligini ko’rsa, merosga ega bo’lishiga dalolat. Yangi kelin tushida eriga loqayd bo’lsa, hayoti bir necha kunlar g’urbat bilan o’tadi. Tushida g’am gin bo’lsa, o’ngida umidlari ro’yobga chiqmaydi. Tushingiz da kelinning bir holatda bo’lganligini ko’rsangiz, o’ngin gizda qilgan ishlaringizdan va do’stlaringizning hara katidan rozi bo’lmas ekansiz.
Kema. Tushida dengiz ichida kemada suzib ketayotgan likni ko’rish farovonlikka ishoradir.
Kepak un. Tushda kepak unni ko’rish va uni iste’mol qilish og’ir kunlardan dalolatdir, bunday tush ko’rgan odam kambag’allashadi.
Kesik burun. Kimki tushida burni kesilganini yoki ko’zi chiqqanini ko’rsa, bu qasosga ishora, kimga yomonlik qilgan bo’lsa, o’ziga qaytadi.
Ketmon. Tushda ketmon ko’rgan kishi o’ngida biron osh nosidan yordam oladi.