Jug’rofiy atlas. Tushida jug’rofiy atlasni diqqat bilan tomosha qilayotgan kishi o’ngida har bir qiladigan ishini puxta o’ylagan holda bajarar ekan va adashmas ekan.
Jyuri. Tushingizda jyuri hay’atini ko’rsangiz, umid qilgan muhim ishlaringiz tezda amalga oshishiga ishora.
Jo’jalar. Bir ayol tushida bir kitobni oxirigacha o’qib bo’libdi, Birdan xonasiga ikkita jo’ja kirib, kitoblar ni yig’ishtira boshlabdi. Ayol tush ta’birini so’rab Ibn Sirinning oldiga borganda, u ikki egizak o’g’il ko’rishi ni va ular balog’atga etib, ilmli odamlar bo’lib etishish larini aytibdi.
Jo’mrak. Tushingizda nimaniki jo’mragi ochiq qolgan bo’lsa, o’ngingizda xursand bo’lavering; bu boylikdan da lolat; jo’mraklar yopiq bo’lsa, faqirlikka ishora
Jo’xori. Dehqon kishi tushida jo’xori ko’rsa, o’ngida unga omad yor bo’lib, mol topadi, agar ilm ahli bunday tush ko’rsa, ilmi yuksalishiga ishoratdir. Boshqa sinfdagilarga bu tush ma’no bermaydi.
Jo’xori bo’tqa. Ta’birchilarning aytishlaricha, tushda umuman taom ko’rish foydaga dalolat. Ammo tushda ezil gan barangi, tuxum va jo’xori bo’tqa tanovul qilish far zandlar bilan bog’liq tashvishlarga ishora.