Diskoteka. Agar kimki tushida diskotekada raqs tushayotganida musiqa birdan tinib qolsa, o’ngida ko’ngil siz ishlar bilan to’qnash keladi.
Dolchin. Dolchin — achchiqlik ramzi. Tushda dolchin emoq yoki uni choyga solib, dolchin choy ichmoq achchiq bir xabar ga ishora bo’ladi.
Dor. Agar bemor kishi yuvilgan kirlarni silkitib silkitib dorga osayotgan bo’lsa, o’ngida shifo topadi. Bun day tushni kimgadir tobe bo’lgan odamlar ko’rsa, o’ngida mustaqillikka erishadi. Bir narsadan xavfsirab yurgan kishilar bunday tush ko’rsalar, salomat bo’ladilar; o’ngda anchadan beri kutib yurilgan xavf yo’qoladi.
Dorboz. Tushda dorboz ko’rish san’atning biron soha sida shuhrat qozonishga ishoradir. Ammo bu — tushning xususiy ta’biri. Aniqrog’i shuki, tushda dor ustiga chi qish o’ngda dushman ustidan g’alabadir. Agar tushda kishi dor ustidan tushsa, o’ngida hayotining eng yorqin kunlari va soniyalaridan birida umidsizlikka tushadi va ishi orqaga ketib, odamlar o’rtasidagi nufuzi yo’qoladi. Tush da dor ustida yura bilish qandaydir tavakkal bir ishda ishtirok etish va unda yutib chiqishga ishora. Dor ustida boshqalarning yurib ketayotganligini ko’rish g’irromlik yo’li bilan qo’lga keladigan foydaga sherik bo’lishni ang latadi.
Dori. Tushingizda dori ko’rsangiz va undan tanovul qilsangiz, o’ngingizda diniy amallarga bekamu ko’st amal qiladigai taqvodor bo’lishingizga ishora bo’ladi. Yana ay tadilarki, tushda dori ko’rish o’ngdagi tanbihga ishora dir.
Dorixona. Agar bemor kishi tushida dorixona ko’rsa, demak, o’ngida shifo topar ekan. Sog’lom odamga bu tush hech narsani anglatmaydi.