Gardanga minib olgan odamni irg’itish. Kimki tu shida birovning gardaniga minib olsa va mindirgan odam uni irg’itib yuborsa, tush ko’ruvchi yiqilsa, uning mush kuloti o’ngida hal bo’lmaydi.
Gardan og’rishi. Tushda gardan og’riganini sezish tush sohibining atrofidagi odamlar bilan yomon munosabati ga ishora. Demak, tush ko’rgan odam kimningdir ishonchi ni su iste’mol qilibdi va buning natijasida undan ‘odamlarning ko’ngli qolibdi.
Gilam. Tushda gilam ko’rish va uning ustida o’tirish mo’lchilikka ishoradir. Agar kishi tushida biron joyga gilam yoysa, o’ngida safarga chiqadi, agar gilamcha (dorojka) yoysa, uyiga mehmon keladi, agar ikkita yoysa, ikki mehmon kelar ekan yoki kimdir yo’qlar ekan. Agar balog’atga etgan qiz tushida gilam ko’rsa, ajoyib bir xonadonga kelin bo’lib tushadi, agar erli ayol ko’rsa, turmushi farovon bo’ladi. Bo zordan gilam sotib olish esa, qo’lga kiradigan katta foy dadan xabar, sotish esa, buning aksidir.
Gilos. Kishi xoh bemor bo’lsin, xoh sog’lom odam bo’lsin, tushida gilos esa, sog’likka ishora bo’ladi; gi los egan odam o’ngida sog’ayadi, sog’lom bo’lsa, ishlarida rivoj bo’ladi.
Gips. Tushingizda gips ko’rsangiz, yo qo’lingiz yoki oyog’in giz gipslangan bo’lsa, o’ngingizda biron narsadan quvona siz.
Girdob. Tushda girdob ko’rish yaxshilikka yo’yilmaydi. Bunday tush ko’rgan odam, agar benihoya ehtiyot bo’lmasa,, ishlariga katta xavf tug’ilmoqda hamda g’iybat va bo’hton lar tufayli obro’si to’kilishi mumkin.
Guvoh. Agar kishi sudda yoki boshqa biron joyda biron narsaga guvohlik bersa, o’z raqiblarini engishiga, barcha ga kuch qudrati nimalarga etishini isbotlashiga yo’yila di. Umuman, bu tush iqtidorga ishora.