Kotib. Agar kishi tushida biron kotibni ko’rsa, o’ngi da hiylakor va firibgar kishiga yo’liqishiga ishora bo’la di. Tushida kotib bilan gaplashsa yoki sirlashsa, o’ngida, albatta, biron firibgarning tuzog’iga ilinadi.
Koshona.Tushga koshona kirishi sayohatga ishora, deydi lar, ba’zi ta’birchilar bu tushni martabaning yuksali shiga ham yo’yadilar.
Kohin. Tushda kohin ko’rmaklik o’ngda ko’ngil g’ash bo’li shiga ishora. Bundan tashqari yana xayolingizda ardoqlagan orzularingiz puchga chiqib,. tushkunlikka tushishingiz mumkin. Agar kishi tushida kohinning hunarini tomosha qilayotgan bo’lsa, o’ngida biron narsa haqidagi fikri but kul o’zgarib, o’ziga tashvish orttiradi.
Kuyov. Kuyovni tushda ko’rish o’ngdagi quvonchli va qutlug’ kunlarga ishora bo’ladi.
Kuyish. Tushda kuyib qolish ta’birchilar tomonidan turlicha talqin qilingan. Kimki terisida eski kuyish izlarini ko’rsa, o’ngida xazina topadi. Eski va yangi kuy ish izlarini ko’rish o’ngda kasallikdan forig’likka ham ishora, deydilar, shuningdek, tushda kuyishni o’ngdagi qattiq va achchiq gapga ham yo’yadilar. Ba’zilar tushda kuy gan joylarning doira shaklida bo’lishi tush sohibining o’z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarashiga ishora, dey dilar. Shuningdek, tushda kuyib qolish uylanish va o’g’il ko’rishdan ham dalolat.
Kulib olov ichiga kirish. Kimki tushida kulib turib’ olov ichiga kirsa, u o’ngida maishatparast bo’ladi.
Kul. Kimki tushida kul ko’ribdi, u o’ngida foydasiz molga ega bo’libdi; qo’liga kirgan mol o’tmas matox bo’lib