Mahbus. Tushdagi mahbuslik tashvish va mushkulotlarga ishora ekan. Uy qamog’ida o’tirish esa, o’limga ishora, chun ki har tarafdan yopiq va qulflangan uy qabrga yo’yiladi. Tush sohibining ko’z o’ngida notanish odamlarni hibsga olayotgan bo’lsalar, o’ylab qo’ygan rejalari amalga oshmaydi.
Agar hibsga olinganlar qarshilik ko’rsatsalar, u holda o’ylagan rejalarini dadil amalga oshiraverishlari mum kin.
Mahshar. Kimki o’zini mahshar maydonida ko’ribdi, biron qilgan gunohi uchun so’roqqa tortilib, jazo oladi.
Mebel. Tushda mebel ko’rish, o’ngingizda rohat va oso yishta hayot kechirishingizga dalolatdir.
Meva. Kishi mevali bog’ni tushida ko’rsa, o’ngida mo’lchi likka erishadi, mevasiz bog’ ko’rsa, qashshokdikka.
Tushda pishgan meva olishni va emakni Ibn Sirin xayru manfa atga yo’yibdi. Agar meva xom bo’lsa, deydi muabbir, tush sohibi behuda so’z eshitadi, qora uzum yoki olxo’ri.esa, g’am anduh ko’radi, daraxtdan mevani o’z qo’li bilan uzib esa, uning mikdoricha mol hosil bo’ladi, silkitib olsa, oson gina halol mol qo’lga keladi, nordon va achchiq mevalar g’am anduhga ishora.
Medal. Tushingizda hukumatdan medal olsangiz yax shilikka, agar mansabdor bo’lib, biron kimsaga medal ber sangiz zararga ishoradir.
Meros. Tushda merosga^ega bo’lish yaxshilikka yo’yiladi: kutilmagan erdan pul olish; orzularning osongina ro’yobga chiqishi, ishning xayrli natijalanishi shular jumlasi dandir.
Tushda merosdan mahrum qilingan bo’lsa, bunday tushni ko’rgan odam o’z yashash tarziga tanqidiy nazar bi lan qarashi kerak. Ayol tushida merosdan mahrum etilgan bo’lsa, o’ngida uning qismati yaxshi bo’lmaydi.
81