Yomon hid. Tushda yomon hid sezish ko’ngilsizlikka ishora bo’ladi; ko’ngilsiz bahs, omonat ish va hokazo.
Yonish. Kimki tushida yonib ketayotgan bo’lsa, o’ngida uning ishlari orqaga ketadi. Agar birov sochidan tutib olovga otganini ko’rsa, o’ngida xor bo’ladi.
Yong’in. Tushda yong’in ko’rish — ehgiroslar, jinsiy may llarga intilish ramzi. Tushda yong’inni o’chirish tartibsiz isyonning uyushgan harakatga aylanishiga ishora. Odamlar ning o’t qo’yishda ishtirok etishi keskin o’zgarishlardan dalolat.
Kimki tushida yong’in ichida qolgan odamni qutqar sa, anchadan beri asabga tegadigan janjalni hal etar ekan.
Xonada yong’in chiqishi er xotinning bir biriga xiyona tidan dalolat, lekin bu xiyonat ikki tomonning roziligi bilan sodir bo’ladi, ammo keyinchalik ko’ngilsizliklar keltirib chiqaradi. Yong’in ichida sarosimaga tushgan biya larni ko’rish yaqin o’rtada juda ko’p sodir bo’ladigan nikoh to’ylariga ishora, buning oqibatida aholini uy joy bi lan ta’minlash muammosi ko’ndalang bo’lib qoladi.
Tushda yong’indan keyingi kultepani ko’rish — yangi uy joy loy ihasining ishlanayotganligidan dalolat. Kimki tushida chaqmokdan yong’in chiqqanligini ko’rsa, o’ngida hayotida mu him ahamiyat kasb etadigan odamini g’alati sharoitda uch ratadi.
Yong’oq. Bemor kishi tushida yong’oq ko’rsa, o’ngida shifo topadi. Kimki tushida yong’oq esa, bajarayotgan ishlari o’z maromida ketadi.