Ot. Tushingizda otga minsangiz va shu otda to’g’ri ketib borsangiz, mansab va martabangizga ishora va bu ishda uzoq istiqomatingizdan dalolat. Tushingizda ot minib, nastga qarab ketsangiz, mansabga minishingizga, ammo mansabdan tez tushishingizga ishora. Tushingizda sizni ot tepsa, uy g’ongach, darhol sadaqa bering, bu yomonlikka yo’yiladi.
Ot kishnashi. Tushda ot kishnaganini eshitish obro’ e’tiborga va olijanob odamlarning so’zlariga ishora. Agar tush sohibi ot ovozidagi suhbatni eshitsa, o’ngida uning so’zlarini odamlar to’g’ri tushunadigan bo’lishar ekan.
(Visited 879 times, 1 visits today)