Osmon. Hazrat Doniyol tushda osmon ko’rishni ta’bir lab, agar kishi o’zini birinchi osmonda ko’rsa, ajali yaqin lashipti, ikkinchi osmonda ko’rsa, ilmi va fazilati ziyoda bo’lipti, uchinchi, to’rtinchi, etginchi osmonda ko’rsa, unga davlat yor bo’lipti, agar osmondan ovoz, azon yoki mutlaq ovoz eshitsa, amri xayrga dalolat, agar osmon eshiklari ochiq ko’rinsa, demak, uning duolari mustajob bo’ladi, deydi. Muabbirlar tushga tiniq osmon kirsa, shon sharaf va yaxshi odamlar bilan sayru sayohat, agar aksi bo’lsa, kishi o’ngida umidlarning puchga chiqishi hamda ayol tarafidan ozor eti shiga ishora, debdilar. Osmon qizarganini ko’rish jami yatdagi alg’ov dalg’ovlikka ishora. Yulduzlar to’la osmonni ko’rish hayotda o’z o’rnini topish uchun kurashni va bu ku rashda muvaffaqiyatni anglatadi. Agar tushda osmonga na rvon bilan chiqayotganingizni ko’rsangiz, o’ngingizda daf’ atan katta bir martabaga minasiz va mashaqqatsiz topil gan bu martabadan tezda ajralasiz.
tushda osmon
(Visited 1 315 times, 1 visits today)