Masjid. Jome’ masjidini ko’rish badavlat bo’lmakka dalolat, bu tushni dindorlikka ham ishora, deb ta’bir qili nadi. Ammo tushda masjid ko’rish va uning ichida bo’lish ning bir nechta shartlari bor.
Ibn Sino buni keng izohlagan: kimki tushida masjid bino qilsa, o’ngida musulmon larga xayru ehson qiladi va bu xayru ehsondan ko’p samara topadi.
Masjidning chirog’ini o’chirsa, farzandi vafot etadi, masjidda namoz o’qisayu, yuzini qibla tomonga qaratmagan bo’lsa, yaxshi. Agar yuzi qibla tomonga qaragan bo’lsa, karo hati bor. Masjidda yuz qo’lini yuvsa, ko’p mol sarf qilish evaziga murodiga etadi.
Masjidning vayron bo’lganini ko’rish bir olimning vafot etganligiga dalolat.
Maska. Tushda maska yog’ini ko’rish, umuman, rizqqa isho ra bo’ladi; uni nonga surtib emak ro’zg’orning but bo’lishi va barakadan dalolat.
Mast. Tushda ichib mast bo’lish harom emakka, harom mol bilan harom pul topmakka yo’yiladi. X,ar kim tushida ichib yurgan bo’lsa, o’ngida hayotning mushkull.iklariga bar dosh berolmay, undan o’zini olib qochadi. Tushda mast bo’lish o’ngida obro’sizlanish va ishidan mahrum bo’lishga ham ta’bir qilingan. Tushda boshqa odamlarning mast bo’lib yurganini ko’rish beparvolik va engiltaklikdan da lolat. Tushingizda mast bo’lib yursangiz yoki mast bo’lib yurgan odamlarni ko’rsangiz, xushomadgo’ylardan ehtiyot bo’lishingiz, g’ururlanib ketmasligingiz kerak ekan. K,iz yoki juvon tushida mast bo’lib yursa, o’ngida o’z xatti harakatidan pushaymon bo’ladi.
Masxaraboz. Tushingizda sizga tegajog’lik qilayotgan masxaraboz ko’rsangiz, o’ngingizda og’ir mehnatga kunin giz qoladi. Agar masxaraboz bo’lganingizni ko’rsangiz, u holda sizni baxtsizlik kutadi. Bunday tushni o’ngdagi yanglish qadam bosishga ham yo’yadilar.
Mas’ul ish. Tushda mas’ul ish bilan shug’ullanish sav do ishlarida, qonunchilik faoliyatida ozgina bo’lsa ham muvaffaqiyatga erishishga ishoradir. Agar tushingizda ob