Kurka. Tushda kurka ko’rish yaxshi daromadga, duhqonlar uchun mo’l hosilga ishora. Agar kimki tushida kurkani so tishga tayyorlayotgan bo’lsa, o’ngida ishlari yaxshilanib ke tadi. Kasal yoki o’limtik kurkani tushda ko’rish g’urur ning erga urilishidan dalolat. Kimki tushida kurka go’shtini esa, o’ngida quvonchli hodisaga duch keladi. Ucha yotgan kurkani ko’rish omadli va mashhur bo’lishga dalolat dir. Agar kimki tushida kurkani o’ldirsa, harom yo’l bi lan mol topar ekan.
Kursi. Tushda kursi ko’rish mansab va mavqega yo’yila di. Agar kishi tushida kursida o’tirgan bo’lsa, o’ngida man sabi ortadi va mavqei oshadi, agar kursidan tushsa, demak, o’ngida mansabi va mavqeidan ayriladi.
Kushxona. Bir ta’birda kishi tushida kushxona ko’rsa, o’ngida sevinishiga yo’yiladi, boshqa bir ta’birda yaqin lari bilan ora ochiq bo’lishiga ishora ekan.
Ko’za. Kimki tushida ko’za ko’rsa, o’ngida qiz farzand ko’radi. Ta’birchilar ko’zani zavja va xizmatkorga ham yo’yibdilar.
Ko’zga oq tushishi. Kimki tushida ko’ziga oq tushganli gini ko’rsa, o’ngida tashvish va g’am ko’radi.
Ko’zgu. Kimki tushida ko’zgu ko’rsa va unga boqsa, o’ngi da xatolarini to’g’rilaydi va gunohlaridan tavba qiladi. Yana ko’zgu umrning uzayishiga ham ishoradir. Ibn Sirin ta’biricha, ko’zgu joy va viloyat bo’lar ekan; agar kishi tushida ko’zgu olsa yoki unga birov bersa, qadri baland va viloyatga voliy bo’ladi. Ayni paytda, deydi muabbir, tu shida ko’zgu ko’rgan kishi o’n o’g’ilga ota bo’ladi, agar ayol kishi ko’rsa, qiz tug’adi. Kimki tushida ko’zguda uz aksini