Tushda jallod

Jallod. Tushda jallodning ayon bo’lishi tashvish, alam va g’amga ishora bo’ladi.
Jannat. Kimki tushida jannatni ko’rsayu, ammo unga qay tarzda kirayotganligini ko’rmasa, bu yaxshilikdan da  lolat.

Bunday tushni hech kimsani xafa qilmaydigan ado  latli odamlargina ko’radi. Ba’zi ta’birchilar jannatni tushida ko’rgan kishi istagan narsasiga erishadi, degan  lar. Bunday tush ko’rgan kishining barcha murodu maqsadi hosil bo’ladi. Jumladan,, suyansa suyangudek do’stlar ort  tiradi, mo’ljallagan safari bexatar bo’lib, omad kelti  radi. Ota onalar uchun bu tush solih farzandlardan xabar beradi, bemorlar unun shifo topishdan dalolat, sevish  ganlar uchun ham xayrlikdir.

Janoza. Tushda janoza marosimini ko’rish va unda ish  tirok etish bir falokatga, noxush xabarga ishora. Bunday tush yoshlar uchun umidlarining puchga chiqishini bildiradi.

Jarroh. Tushingizda jarroh ko’rsangiz, anchadan beri sizni qiynab kelayotgan muammolarni hal qilishingiz mumkun ekanligini anglatadi. Balog’atga etgan qiz uchun bu tush jiddiy kasallikdan ogohlantiradi.

Jasad. Kishi tushida jasad ko’rsa, oilasida yoki qo’ni  qo’shnilarida o’lim sodir bo’ladi yoxud bu tush do’stlardan birontasining o’limiga yo’yiladi.

Jeton. Tushda jeton ko’rish va uni yig’ish kishinipg o’ngida katga mablag’ to’plashiga ishoradir.

Jigar. Tushida jigar egan odamning o’ngida bolalari  dan biri foyda ko’rar ekan. Agar kimki tushida jigar ko’rsa, mo’l ko’lchilik va quvonchga erishadi, agar jigar esa, o’ngida mol mulkka ega bo’ladi.

(Visited 788 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment