Kalamush. Tushda hosilni kemirayotgan kalamushni ko’rish yaxshilikka yo’yilmaydi; bunday zush ko’rgach, erni asrash va uni zararkunandalardan tozalash tadbiri ko’rilmasa, eko logik halokat bo’lishi va ochlik boshlanishi mumkin. Qizil dumli kalamushni ko’rish — kasallikka ishora.
Kalamush chiyillashi. Kimki tushida kalamushning chi yiug’lagan tovushini eshitsa, o’ngida qandaydir lanj, bu zuq yoki o’g’ri odam tomonidan ishiga zarar etadi.
Kalimayi shahodat. Tushda kalimayi shahodat aytish xayrlikdir; bunday tush ko’rgan kishi hidoyatga erishadi, tang ahvoldan va mushkulliklardan qutiladi; qarzdor bo’lsa, qarzlaridan xalos bo’ladi, bemor bo’lsa, shifo topadi, hibsda bo’lsa, ozod bo’ladi.
Kalit. Tushda kalit ko’rish muammolarni echish, ularni osonlik bilan hal etish ramzidir. Kimki tushida kalit ko’rsa, o’ngida mushkul ahvolga tushib, undan qutulish yo’lla rini axtaradi. Tushida kalit topib olgan kishining kela jagi yorqin bo’lib, el orasida obro’ e’tibor topadi. Kim ki tushida ko’gg kalitlarni ko’rsa, kelajakda ko’p mamlakat larga sayohat qilib, ajoyibotlarni ko’rishga muyassar bo’la di. Tushda ikkita kalit ko’rish kutilmagan hodisalarga da lolat.
Kimki tushggda birovdan kalit olayotganini ko’rsa, o’ngida mushkulotlari hal bo’lar ekan. Tushida oltin kalit ko’rgan odam o’ngida qilgan mehnatlari yuzaga chiqib, gaq dirlanadi. O’z uyining kalitini yo’qotib qo’ygan bo’lsa, o’ngida o’z o’ziga tashvish orttirar ekan. Er kishi tushida kalit ko’rsa, o’ngida uyini o’zgartiradi, ayol ko’rsa, oilada gi noxushlik va kelishmovchilikka barham beradi. Tushida yo’l ustidan kalit topib olgan kishi o’ngida kuch qudrat sohibi bo’lishiga dalil.
Kallaqand. Tushda kallaqand ko’rish sevgilini yoki bo lani o’pishga ishora.