Tushda gavhar

Gavhar. Tushda kimki xoh gavharning o’zini ko’rsin, xoh gavhar donasini ko’rsin, bu  o’ngda farzand ko’rishga dalolat. Muabbirlar tushda gavhar ko’rishni foydali ti  joratga va ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatga, kutilmagan omadga yo’yganlar.
Gazeta. Kimki tushida gazeta ko’rsa, ishlarida aldov bo’ladi va buning oqibatida  obro’si tushadi. Tushda gazeta chop etish xorijiy safarga va xorijdan do’stlar ortti  rishga ishora. Agar tush sohibi gazetani qo’liga olib, uni o’qiy olmayotgan bo’lsa, o’ngida shubhali ishga qo’l urib, sinadi.
Garanglik. Kimki tushida garang bo’lganini ko’rsa, o’ngida uning e’tiqodi susayar ekan. Yana aytadilarki, tushida ga  rang bo’lgan odam o’ngida mashaqqatga uchraydi, ko’ngilsiz voqealar ro’y beradi va qilgan mehnatlari zoe ketadi.

(Visited 205 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!