Enaga. Rivoyat qiladilarki, Alisher Navoiy Samar qandda g’oyat qashshoqlik bilan kun kechirgan ekanlar. Ikki yil mobaynida yarim och, yarim to’q ahvolda yashabdilar. Ikki yil o’tgach, bir kun tush ko’ribdilar; tushlariga al laqachon o’lib ketgan enagalari kirib, u kishining bosh larini silabdi. Bu tush hazratning eslaridan ham chi qib ketibdi, ammo oradan bir necha kun o’tgach, Hirotdan «Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egalladi», degan xa bar kelib, hazrat Navoiy o’z vatanlariga chaqirilibdi lar. Tushda enaga ko’rish kutilmagan yordamga ishora, agar bemor odam bu tushni ko’rsa sog’ayadi, qarzdor ko’rsa, tez orada qarzidan qutiladi, qashshoq bo’lsa, biron joydan yordam etadi. Mushkulliklar ichida qolgan odamning mush kullari oson bo’ladi.
Tushda enaga
(Visited 234 times, 1 visits today)