Tunisda suv ostidan qadimiy shahar topildi

Tunis milliy merosi instituti arxeologlari bundan 1700 yil avval sunami oqibatida suv ostida qolib ketgan qadimiy Neapolis shahri xarobalarini topishdi. Bu haqda ScienceAlert portaliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, shahar xarobalari 20 gektar maydonga cho‘zilgan va Tunis shimoli-sharqidagi Nabul yaqinida joylashgan.

Tadqiqotchilar u yerdan ko‘chalarni, yodgorliklarni, shuningdek, baliq sousini saqlash uchun mo‘ljallangan idishlarni topishgan.

(Visited 893 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!