TUMOV VA ShAMOLLAShGA DAVOKASH

tumov-davolash
tumov-davolash

TUMOV VA ShAMOLLAShGA QARShI KURASh
Agar tumov boshlansa tirikchilik azobga aylanadi. Moboda shunday hodisa yuz bersa, iltimos, aybni obi-havoga ag’darmang. Bu erda gap elvizak, ho’l bo’lgan oyoq kiyimi yoki tananing sovib ketishida emas. Shamollash kelib chiqishining qaqiqiy sababchisi bu – o’tkir davolanish inqirozi hisoblanadi.

Sabab ichki tozalikning yo’g’qligida yashiringan. Qachonki chiqit va zahar haddan ortiq ko’p ekan, organizm ularni o’tkir davolanish inqirozi, ya’ni tumov bilan ajratib qo’yadi. Siz uni kasallik yoki viruslar ta’siri deb o’ylamang. Shuni tushuningki, bu erda hayotiy kuchlar sizning manfaatingiz uchun xizmat qilmoqtsa.
Agar siz Tabiat bilan hamkorlikda yashasangiz, uning poklash ishlariga yordam berasiz. Siz tozalash jarayoniga xalaqit qiladigan biron bir sa’y-harakat qilishingiz kerak emas. Sizdan talab qilinadigan yagona narsa bu – ochlik(parhez)ka amal qilish!
Tabiatning o’zi nima qilish kerakligini yaxshi biladi. Bunday paytda siz uchun faqat bir ish qoladi, ya’ni issiq to’shakda yotish. Har qanday eguliklar, jumladan, meva va meva sharbatlari qabul qilishni to’xtating. Tez-tez issiq distillangan suv iching. Unga ozgina asal va limon sharbati qo’sqish mumkin, boshqa hech narsa!
Etoqxonangizni yaxshilab shamollating, hech narsa o’qimang, radioni o’chirib qo’ying, televizorga qaramang. Shunchaki uxlang va hordiq chiqaring. Qarindosh va do’stlar bilan suhbatlasqish  kuch-quvvat sarflamaslikka harakat qiling. O’zingizni butunlay tanho qoldiring.
Siz poklanish paytida qancha uzoq vaqt ochlik(parhez)ka amal qilishingiz mumkin? Bunday tozalanish tangligi yilning istalgan vaqtida, ammo ko’pincha sovuq obi-havo sharoitida sodir bo’ladi. Qayta oyoqa turish uchun odatda uch kun etarli, ammo ba’zida bu cho’zilib ketishi mumkin. Tozalanish tangligidan so’ng sihat-salomatligingiz albatta yaxshilanadi.
Biz besh nafar farzand tarbiyaladik. Agar ularda tumov paydo bo’lsa, men ularning dam olishi va ochlik(parhez)ka amal qilishi uchun darhol to’shakka yotqizardim. Bir haftadan keyin o’zlariga kelib, yana sog’lom bo’lishardi. Mening o’n ikki nabiram ham mana shu qoidaga amal qiladi, endi esa sakkiz nafar evaram ularni qo’llab-quvvatlaydi.
Ko’pchilik kishilar uchun ushbu usul o’ta oddiy tuyuladi.

Ular nimadir qilishga burchli, davolanishi kerak, ularni QO’RQUV bosgan deb hisoblashadi. Ammo vahimaga tusqish kerak emas. Tabiat sizning poklanishingiz va sog’lig’ingiz uchun juda uzoq vaqt g’amxo’rlik ko’rsatadi.
Har bir kishi o’z organizmining fe’l-atvorini qanchalar chuqur tushunib borar ekan, siqat-salomatligiga shu qadar katta e’tibor berishi va organizmni eng yuqori darajadagi sog’lomlikda ushlab turmog’i lozim.
Har bir inson – o’z fe’l-atvorining yaratuvchisi, ammo u ayni paytda o’z sihat-salomatligi va yaxshi kayfiyatining posboni hamdir.
Tabiat insonni yaratar ekan, unga sog’lig’ini yaxshilash maq- sadida tabiiy kuch-quvvatlardan oqilona foydalanishi uchun aql-idrok va ijodiy imkoniyat taqdim etgan. Ochlik(parhez) bu – faqat usullardan biri. Tabiat bizga oddiy poklanish vositalari beradi.

Biz faqat Tabiat bilan birga bo’lishimiz va uning o’zgarmas qonunlariga amal qilishimiz kerak. Biz tabiiy turmush tarziga amal qilgan holda o’zimizning jismoniy, aqliy va ruhiy imkoniyatlarimizni eng yuksak boshichlarga etkazishga qodirmiz. Sog’lik sari qisha yo’l yo’q.

Tabiat biz o’zimizga tegishli vazifalarni bajarayotganimizni hisob-kitob qiladi. Ammo hayotimiz va ko’nikmalarimizni Tabiat qonunlariga butunlay moslashtirmas ekanmiz, u o’z mo’jizalarini hech qachon oshkor etmaydi.

(Visited 1 189 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!