Tomoq og’riganda yoki yo’talganda
Bunda piyozni qirg’ichdan o’tkazib, dokadan suvi suzib olinadi. 1 kunda 4-5 choyqoshiq ichilsa, tezda shifo topasiz.
Tomoq og’rig’iga gulbeor (yo gulhamishabaqor) qaynatmasidan foydaliroq dori yo’q. O’simlik gulidan 2 oshqoshiq olib, 200 ml suvda qaynatasiz. Qaynatma bilan tomoqni kuniga 2-3 mahal chayqab turasiz.
Anor daraxti po’stini ozgina suvda qaynatib (bir oshqoshiq po’stloqqa ikki piyola miqdorida suv solinadi), so’ng bu qaynatma bilan tomoqni chayish zarur.
Ituzumning o’n donasini olib, bir yo’la suvini shimsangiz, og’riq yo’qoladi.
250 ml issiq suvga bir choyqoshiq limon kislotasini eritib, bu eritma bilan har
soatda tomoqni g’arg’ara qilib tursangiz, foydasi katta.
Yalpizni qaynatib, so’ng tomoqqa bog’lansa, tomoq shamollashida foydalidir. Bu usul, ayniqsa, bolalar tomog’i xastalanganda qo’l keladi.
Angina, surunkali tonzillit, laringit (kekirdak shamollashi), faringit (tomoq shamollashi), milk og’riqlari va hokazolarda tabiiy asal saqichi g’oyat shifobaxshdir. Bunday hollarda xalq tabobati asal saqichini chaynashni tavsiya qiladi.
Asal saqichi bo’lmagan taqdirda toza tabiiy asalni uncha qaynoq bo’lmagan issiq suvda 1:2 miqdorida- eritib, og’iz chayqaysiz.