Teri kasalligi

Teri kasalligini oq yoki pushti loylar davolaydi.
Asab tizimining buzilishi (bod, pleksit, nevrit) jarayonlarini sariq rang tinchitadi.
Buyrak, jigar, oshqozonosti bezi, jinsiy a’zolar xastalik^ariga yashil loylar to’g’ri keladi.

Moviy rang loy hammabop bo’lib, ayniqsa, nafas olish yo’llari, quloq-tomoq-burun, yurak-qon tomiri, tashqi asab tizimlari uchun foydalidir.

Teri, tomirlar shikastlanganda va poliartritda loyli suvdan tayyorlangan vannalar tavsiya etiladi (xonaki vanna hajmidagi suv uchun 200 gramm loy kerak, 38 daraja yoki bunday issiqni ko’tara olmaydiganlar uchun 2 soatlik vaqt mobaynida 30 daraja harorat etarli).

Shuningdek, choyshabni loyli suv bilan namlab, o’rab qo’yish ham muolaja o’rnini bosadi.
Loy bilan davolanish yanada samarali bo’lishi uchun suvga qo’shib ichish usullari ham bor. Yarim yoki bir litr suvga 1 choyqoshiq quruq tuproq qo’shib, oz-ozdan kun davomida ichib turiladi. Bir martalik davolanish muddati 10-15 kun.

Soch to’kilishini to’xtatish uchun ham loyning turli xillaridan foydalanishadi. Bu loylarda soch ildizlarini oziqlantiruvchi bir talay mikroelementlar mavjud.
Loy asal bilan qo’shib surtilsa, soch ildizlari zarur fermentlarga to’yinadi, natijada soch to’kilishi kamayadi yoki butunlay to’xtaydi.

(Visited 2 080 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH