Suyaklar tarkibi

Suyaklar tarkibi
Suyaklar va tog’aylar sog’lom bo’lishi uchun ularni har kuni tarkibida organik kaltsiy, fosfor, magniy va marganets bo’lgan tegishli ozuqalar bilan ta’minlab turish kerak.

Qo’l va oyoqlarning uzun suyaklari odatda cho’zilgan silindrsimon hism, ya’ni tanaga ega. Suyaklarning uchlari qalinlashib boradi va bo’g’im hosil bo’ladi. Hamma suyaklar, shu jumladan, yassilari ham g’ovak to’qimalardan tashkil topgan. Ushbu g’ovak to’qimalar kalTsiY va fosforli qattiq ashyo bilan qoplangan. Ular suyaklarga kerakli shakl beradi va mustahkamligini ta’minlaydi. Inson organizmida mavjud bo’lgan suyak va tishlar tarkibining 90 foizini kaltsiy tashkil etadi.

Suyakning ichki yumshoh qismi ilik deb ataladi. Bu modda sarih rangga ega, sababi, u yog’li hujayralar bilan to’lib-toshgan. Ular yog’ uchun omborxona vazifasini bajaradi va agar tana ehtiyoj sezsa bu yog’lar energiyaga aylanishi mumkin. Yassi suyak iligi va uzun suyaklarning uch tomoniga yakinrohda, shuningdek, umurtqada hizg’ich to’qimalar joylashgan.

Ushbu hayotiy muhim bo’lgan markazlar butun tana bo’ylab kislorod etkazib beruvchi hizil qon tanachalarini ishlab chiqaradi. Yuhumli mikroblarga qarshi kurashadigan oh qon tanachalarini ham iliklar hosil qiladi.

(Visited 967 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH