Stomatitni uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

stomatitni

Stomatitni uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

Bu holat mustaqil kasallik holida kechishi, shuningdek, boshqa xastaliklar (qizamiq, qizilcha, gripp, kandidoz) belgisi bo’lishi ham mumkin.

KASALLIK KUCHAYIB KETMASDAN SHIFOKORGA MUROJAR QILING

Og’iz bo’shlig’i shilliq pardasining yallig’lanishi moddalar almashinuvi kasalliklari (avitaminoz, diabet), asab va ichki a’zolar kasalliklari, darmondorilar etishmovchiligi, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi oqibatida paydo bo’ladi. Chekish, spirtli ichimliklarga ruju qo’yish, juda issiq yoki juda sovuq, nordon va sho’r ovqatlar eyish ham og’iz bo’shlig’i shilliq pardasining yallig’lanishiga sabab bo’lishi mumkin.

Ayrim dorilarga nisbatan sezuvchanlik ortganda, xususan, odam o’z-o’zini davolaganda, balog’atga etish davrida, aql tishi chiqishi qiyinlashganda ham shunday holat ro’y beradi. Uning turlari har xil bo’lishiga qaramay, umumiy belgilari bor: og’iz bo’shlig’i shilliq qavati qizaradi, atrofdagi to’qimalar shishadi, bezillab turadi, jag’ osti limfa bezlari kattalashadi, stomatit o’tkir va surunkali kechadi.

Kataral stomatitda og’iz bo’shlig’i shilliq qavati qizaradi, biroz shishadi, ko’p so’lak oqadi, ovqat eganda og’riydi. Bu belgilar ko’proq angina, gripp va yuqumli kasalliklarda kuzatiladi.

Yarali nekrotik stomatit ko’pincha bolalarda, ba’zan kattalarda ham uchraydi, bunda milk kulrang karash bilan qoplanib, yiring bog’laydi, yara paydo bo’ladi, bemorda umumiy quvvatsizlik, harorat ko’tarilishi kuzatiladi, og’izdan qo’lansa yiring hidi keladi, pastki jag’ osti limfa bezlari kattalashadi, ovqat eyish qiyinlashadi.

Shilliq pardalarda ko’plab aftalarning yuzaga kelishi bilan ifodalanadigan stomatit mustaqil kasallik bo’lib, ko’pincha me’da-ichak va jigar kasalliklari bilan birga kechadi. Umumiy quvvatsizlik, og’izda sarg’imtir parda bilan qoplangan yuzaki yaralar hosil bo’ladi, qattiq og’riydi, harorat ko’tariladi, ovqat eyish va gapirish qiyinlashadi.

Bunday yallig’lanish o’tkir va surunkali kechib, ko’proq 1-3 yashar bolalarda uchraydi. Yallig’lanishning oldini olish uchun chirigan tishlarni va organizmning umumiy kasalliklarini o’z vaqtida davolash, shilliq qavati yallig’lanishiga sabab bo’ladigan omillarni bartaraf etish, og’izni ichimlik soda bilan chayib turish va parhez qilish kerak.

Stomatitni uy sharoitida davolash

* Moychechak gulidan 15-20 g olib, bir stakan suvda damlab qo’yiladi. 4 g borat kislotasi qo’shib, antiseptik vosita sifatida og’iz chayiladi.

* Sarimsoqning 3 bo’lakchasini bir osh qoshiqqatiq bilan aralashtirib, og’izda ozroqushlab turiladi. Boshlanishida kuyish bo’ladi, chidash zarur. Muolaja kuniga 3 mahal, bemor tuzalmaguncha amalga oshiriladi.

* Sarimsoqning 3 bo’lakchasiga 2 choy qoshiq yogurt qo’shib, ozroq isitiladi va og’izda ushlab turiladi. Kuyish bo’lsa ham muolaja kuniga bir necha marta takrorlanadi. Davolanish muddati 4-5 kun.

* Qirqbo’g’in o’tidan 2 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 2 stakan suv quyiladi. Past olovda 15 daqiqa og’zi yopiq holda qaynatiladi, keyin 15 daqiqa tindirib qo’yiladi. Suzib olib, og’iz chayilsa, stomatit, gingivit va tonzillitga shifo bo’ladi.

* Emantsing quritib maydalangan po’stlog’idan bir qism va bargidan 10 qism olinadi. Uning bir qoshig’i ustiga bir stakan suv quyib, 2-3 daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, kun davomida 4-5 mahal og’iz chayiladi.

* Eman po’stlog’idan bir osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga bir stakan sovuq suv quyiladi va past olovda 15 daqiha qaynatiladi. Suzib olib, iliqholda ogiz chayiladi.

* Uy guli bo’lgan qo’ng’irador kalanxoy bargi ustiga 1:10 nisbatda aroq quyib, 10 kun qorong’i joyda qo’yiladi. Keyin shu damlamadan bir choy qoshig’ini bir stakan suvga quyib, kuniga 4-5 mahal og’iz chayiladi.

* Marjoy daraxti gulidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 30-40 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, kun davomida 6-8 mahal og’iz chayiladi.

(Visited 5 times, 1 visits today)

Related posts