Sochlar oqarishi

Sochlar nima uchun oqaradi va qanday qilib buning oldini olish mumkin?

Organizmda sochlarning rangi uchun maxsus melanotsit hujayralarida ishlab chiqariladigan melanin pigmentlari javob beradi.

Pigmentlar ishlab chiqarilishi to‘xtatilgandan so‘ng oq sochlar paydo bo‘ladi.

Bu jarayonga qarish, genetik omillar, kasalliklar, chekish va B12 vitaminlarining yetishmasligi kabi omillar ta’sir qilishi mumkin.

Yoshga va irsiyatga bog‘liq ravishda pigmentlarning yo‘qolishiga qarshi choralar yo‘q.

Shuning uchun, maslahatimiz: oq sochlardan qutulmoqchi bo‘lsangiz ularni bo‘yashingiz mumkin.

Oq sochlarni sochlar uchun maxsus tush bilan bo‘yang. U alohida oq soch tutamlarini yashirish uchun juda mos keladi va suv bilan yuvib tashlash mumkin.

Oqargan soch ildizlarini bo‘yash uchun maxsus vositalardan ham foydalanishingiz mumkin. Ular sprey yoki upa ko‘rinishida chiqariladi va uni to shampun bilan yuvib tashlamaguningizcha saqlanib turadi.

Rangli shampunlardan foydalaning. U tez yuvilib ketmaydi va sochlaringizda bir necha kungacha turadi.

Agar sochlaringiz oqarishi yoshga ham, irsiyatga ham bog‘liq bo‘lmasa, u holda bu jarayonni orqaga surish mumkin.

Buning uchun:

  • Chekishni tashlang (yoki umuman boshlamang).
  • Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqatlarni iste’mol qiling, ayniqsa jigar: uning tarkibida B12 vitamini bor.
  • Maxsus vitaminli qo‘shimchalarni yaxshisi shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng qabul qilganingiz ma’qul.
  • Stress bilan kurashishga o‘rganing.
(Visited 1 009 times, 1 visits today)

Related posts