SIGIR muchali sevgi

SIGIR muchali sevgi

SIGIR muchali sevgi SIGIR MUCHAL YILIDA TUG’ILGANLAR KIMLAR BILAN OILA QURISHLARI MUMKIN YOKI BUNGA TAVAKKAL  QNLMASLIKLARI LOZIM

SIGIR MUChALI – SIChQON MUChALI. Mazkur muchalda tug’ilganlar o’zaro baxtli hayot kechirishlari kuzatilgan. ChzgNki ikkisi ham mehnat va sarf-xarajat qilishni joyiga qo’yadilar. Bu borada Sichqon muchalida tug’ilganlar o’z juftlariga nisbatan uddaburon va epchilroqdir. Ushbu juftlikda Sichqon muchali sohiblari o’zlarini Sigir muchalidagi juftlari og’ushida xavfsiz va har jihatdan qulay hys etadilar. O’zaro oila qurishlari tavsiya etiladi.

SIGIR MUChALI – SIGIR MUChALI. Mazkur muchalda tug’ilganlarning o’zaro oila qurishlari ham omadli nikoh sanaladi. Ikkisi ham eskilik tarafdorlari, xurofotga berilmaydilar va bir-birlariga nima kerak ekanligini yaxshi tushunadilar. O’zaro oila qurishlari tavsiya etiladi.

SIGIR MUChALI – YO’LVARS MUChALI. Mazkur muchalda tug’ilganlarning o’zaro nikohi – o’zaro jan jal, to’polon bilan barham topadi. Bir oila bo’lib yashasalar, bir-birlarini adoyi tamom qiladilar. O’zaro oila qurishlari tavsiya etilmaydi.

SIGIR MUCHALI – QUYON MUCHALI. Quyon muchalidagilar bilan oilaviy hayoti (Quyon muchalidagi ayol
kishi bo’lsa) ko’ngildagidek kechishi mumkin. Quyon muchalidagi ayollar mas’uliyatli, tartibli va ustomon bo’lganliklari bilan oilani saqlay biladilar. O’zaro oila qurishlari tavsiya etiladi.

SIGIR MUChALI – AJDARHO (BALIQ) MUChALI. Mazkur muchalda tug’ilganlarning o’zaro oila qurishlari tavsiya etilmaydi. Chunki Ajdarho (Baliq) muchali sohiblari uchun Sigir muchalidagilar zerikarli bo’lib, ularning qo’polliklarini ham ko’tara olmaydilar.

SIGIR MUChALI – ILON MUChALI. Mazkur mu- chalda tug’ilganlar o’zaro oilaviy munosabatlarda birmuncha murakkabliklar, tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Birinchidan, Ilon muchalida tug’ilganlar jo’shqin jinsiy hayot-kechirishga moyildirlar. Bunga esa Sigir muchalidagi juftlari toqat qila olmaydi. Ikkinchidan, Sigir muchalidagilar o’z tabiatiga ko’ra, gumondor bo’lib, o’z juftining xatti-harakatidan shubha-gumonga boradi va ruhan qiy- naladi. O’zaro oila qurishlari tavsiya etilmaydi.

SIGIR MUChALI – OT MUChALI. Mazkur muchalda tug’ilganlarning oilaviy hayoti ham durust kechmaydi. Mustaqil va erkin hayotga intiluvchi Ot muchalidagilar Sigirlardan uzoqroq bo’lishga intiladilar. Chunki Sigir ularning erkinliklarini cheklab qo’yishi mumkin. Ertami-kechmi Ot muchalidagilar o’z juftidan qochib ketadilar. O’zaro oila qurishlari tavsiya etilmaydi.

SIGIR MUChALI – QO’Y MUChALI. Mazkur muchalda tug’ilganlarning ham o’zaro oilaviy hayoti barqaror emas. Qo’y muchalidagilarning injiqliklari va beqarorliklarini Sigir muchalidagilar ko’tara olmaydi. Sigir muchalidagilar Qo’y muchalidagi umr yo’ldoshiga nima kerakligini bir umr bilmasligi mumkin. Qo’y muchalidagilar esa, Sigir muchalidagilar bilan birga yashaganlarida o’z juftidan faxrlana olmasliklari, ularda xushmuomalalik etishmasligidan aziyat chekadilar. O’zaro oila kurishlari tavsiya etilmaydi.

SIGIR MUChALI – MAYMUN MUChALI. Maymun muchalida tug’ilganlar Sigir muchalidagilarni o’zlariga maftun eta oladilar. Chunki maymunda bor xislatlar Sigirda yo’dda. Shuning uchun Sigir muchalidagilar Maymun muchali sohiblariga oshiku beqaror bo’ladilar. Agar Maymun muchalidagilarning ham Sigir muchalidagiga nisbatan ko’ngli bo’lsa, bunday juftlik baxtli hayot kechiradi. O’zaro oila kurishlari tavsiya etiladi.


SIGIR MUChALI – TOVUQ MUChALI. Mazkur muchalda tug’ilganlar o’zaro muvofiq bo’lib, ikkisi ham eskicha qarashlarga moyildir. Tovuq muchalidagilar o’zlarini har jihatdan namoyon qilishga intilsalar, Sigir muchalidagi turmush o’rtog’i bunga yo’l qo’yadi va o’z imkoniyatini ishga solishiga yordam beradi. O’zaro oila qurishlari tavsiya etiladi.

SIGIR MUChALI – IT MUChALI. Mazkur muchalda tug’ilganlarning oilaviy hayoti o’zaro muvofiq tushmaydi. Chunki It muchalidagilarning inqilobiy tarzdagi hayot kechirishlari, turmush tarzi, Sigir muchalidagilarni mutlaqo qoniqtirmaydi. O’zaro oila kurishlari tavsiya etilmaydi.

SIGIR MUChALI – TO’NG’IZ MUChALI. Mazkur muchalda tug’ilganlarning oilaviy munosabatlarida ham birmuncha murakkabliklar yuzaga kelishi kutiladi. Ko’ngilchan To’ng’iz muchalidagilar har narsaga chidashlari mumkin, faqat zo’ravonlikni ko’tara olmaydilar. Ularga nisbatan qattiqqo’llikni yoqtirmaydilar. To’ng’iz muchalidagi jufti bilan uzoq va baxtli hayot kechirishni istasalar, Sigir muchalidagilar o’z juftiga nisbatan sabrli, qanoatli va bosiq bo’lishlari talab etiladi.

(Visited 6 146 times, 1 visits today)

Related posts