SHOK! kutilmagan yangilik Prezervativ

Prezervativ — bu lateksdan tayyorlangan uzunchoq qopcha bo‘lib, jinsiy aloqa vaqtida erkaklar undan foydalanadilar. Prezervativ qanday ta’sir ko‘rsatadi? Prezervativ jinsiy aloqa vaqtida spermaning qinga tushishiga to‘sqinlik qiladi. Shu bilan birga prezervativlar jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklar, shu jumladan OITSning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Prezervativdan kanday foydalaniladi? Har jinsiy aloqada yangi prezervativ ishlatish kerak. Prezervativ erkak jinsiy olatining ereksiya holatida qo‘llaniladi. Buning uchun prezervativ olatning boshchasiga kiygizilib, prezervativning zihi olat asosiga qarab burab tushiriladi. Buni jinsiy aloqa qilmasdan turib bajarish kerak. Sperma to‘kilib ketmasligi uchun jinsiy aloqadan so‘ng prezervativning zihini ushlab chiqarish kerak.

Usimlik yoki sun’iy moylardan qo‘shimcha surtish uchun foydalanmang. Prezervativlarni quruq va salqin joyda saqlang. Agar prezervativ o‘ralgan qog‘oz yirtilgan bo‘lsa, prezervativ qurib qolgan yoki yopishqoq bo‘lsa, undan foydalanmaganingiz ma’qul. Tarkibida spermitsidi, ya’ni spermatazoidlarni (erkak urug‘ hujayralarini) parchalovchi moddasi bo‘lgan prezervativlar yana ham samaralidir.

Uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar: Eskirgan yoki ishdan chiqqan prezervativlar jinsiy aloqa vaqtida yirtilib ketishi mumkin. Ba’zi juftlarda hissiyot susayishi mumkin. Muhim ma’lumot: Butun dunyoda 40 milliondan ziyod juftlar prezervativdan foydalanadilar. AQShda 15—44 yoshgacha bo‘lgan ayollarning 10% homiladorlikdan saqdanish uchun ushbu usuldan foydalanishadi.

Bu usuldan to‘g‘ri foydalanilganda homiladorlikning ro‘y berish xavfi 5% dan kam miqdorni tashkil qiladi. Prezervativlardan foydalanilganda OITS virusining tarqalish xavfi 70%ga kamayadi. Shu bilan birga bu usul jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi. Prezervativlar o‘smirlar va yoshlar uchun qulay usul hisoblanadi. DMPA — infeksiya yordamida yuboriladigan kontratseptiv modda. Inyeksion DMPA moddasi (depo- medroksiprogesteron atsetat yoki Depo-Provera) sun’iy gormondan tarkib toptan bo‘lib, tabiiy gormon — progesteron xususiyatlariga egadir.

Har uch oyda bir marta yuborilgan inyeksiya homiladorlikdan saqdanishni ta’minlaydi. DMPA qanday ta’sir ko‘rsatadi? Inyeksion modda tarkibidagi gormon tuxum xujayrasining yetilishiga to‘sqinlik qiladi. DMPAdan qanday foydalaniladi? Inyeksiyani shifokor yoki hamshira bajaradi. Bu dori quyidagi vaqtda qilinadi: hayz boshlanishining birinchi 7 kunida, abortdan keyin darhol, ko‘krak suti bilan emizmasa, ko‘krak suti bilan emizish davrida tug‘ruqdan so‘ng 6 haftadan keyin.

Afzalliklari: Yuqori samarador usul. Usulning qo‘llanilishi jinsiy aloqa bilan bog‘liq emas. Hayz davrida ketadigan qon miqsorini kamaytiradi (kamqonlik bilan xastalangan ayollar uchun qulay). Tug‘ruq va abortdan keyingi davrda qo‘llansa bo‘ladi. Emizishga salbiy ta’siri yo‘q. Endometriy raki, kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanishi va bachadondan tashqari tashqari homiladorlik xavfini kamaytiradi. Uchrashi mumkin bo‘lgan salbiy ta’siri: Inyeksiya qilingan boshlang‘ich davrda hayz oralig‘ida qindan qon surkalishi kuzatiladi.

Hayz kelmay qolishi mumkin. Bu holat amenoreya deb ataladi, lekin bepushtlikka olib kelmaydi va organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Tana vaznining oshishi kuzatilishi mumkin. Inyeksiyani yuborish to‘xtatilganidan keyin homilador bo‘lish xususiyati yana 6—9 oyga to‘xtashi mumkin. Quyidagi ayollarga DMPAni qo‘llab bulmaydi:

Homiladorman, deb gumonsiraganlarga. Avval va ayni vaqtda sut bezlarining xavfli o‘sma kasalliklari (rak) aniklangan bo‘lsa. Qindan sababi aniklanmagan qon ketishi kuzatilsa. Virusli gepatit va jigar o‘simtalari bo‘lsa. Qandli diabetning og‘ir formalari. Keyingi tibbiy nazorat: Har uch oyda shifokor huzuriga qatnab, navbatdagi inyeksiyani qildirish kerak. Quyidagi hollarda shifokorga murojaat qiling: Ko‘rish va gapirish qobiliyatining susayishi bilan kechuvchi bosh og‘rig‘i paydo bo‘lsa.

Qindan odatdagidan ko‘p qon ketsa. Qorinda qattiq og‘riqlar paydo bo‘lsa. Inyeksiya qilingan joyda shish, og‘riq bo‘lsa va bu yallig‘lanish tarqalib ketsa. Muhim ma’lumot: DMPA yuqori samarali usul hisoblanadi. Bu usulni qo‘llaganda homilador bo‘lish xavfi faqat 1% hollarda kuzatiladi.

Homiladorlikdan saqlanish, boʻyida boʻlishdan saqlanish — istalmagan homiladorlikka yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlari. Homiladorlikdan saqlanishning tabiiy va sunʼiy usullari mavjud.

Laktatsion amenoreya usuli (LAU) — bu homiladorlikni oldini olishning tabiiy usuli, uni ayollar tugʻruqdan soʻng dastlabki 6 oy ichida faqat koʻkrak suti bilan emizish davrida qoʻllashlari mumkin.

Simpotermal usul — bunda ayol oʻzini hayz kunlarini nazorat qilishi va homilador boʻlib qolish ehtimoli bor, yaʼni «xavfli» kunlarida jinsiy aloqada boʻlmasligi kerak.

Kontratseptiv vositalar: tabletkalar, prezervativ, bachadon ichi spirali va boshqa Tabletkalar tarkibida estrogen va gestagen gormonlari boʻlib, ularning miqdori juda kam va organizm uchun zararsiz (logest, marvelon, diane—35, novinet, femoden), shu sababli jigarga salbiy taʼsiri yoʻq. Hayz davrida ogʻriq va qon koʻp ketishini kamaytiradi. Jinsiy aʼzolarning oʻtkir yalligʻlanishi, qin, bachadon va tuxumdon rakining ayrim turlarini oldini oladi, lekin jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklardan saqlamaydi. Ayol oʻzi istagan paytda tabletka ichishni toʻxtatib, homilador boʻlishi mumkin.

Prezervativ — bu yupqa rezinadan tayyorlangan juda samarali vosita boʻlib, OITS (SPID), zaxm (sifilis), soʻzak (gonoreya) va boshqa jin-siy aloqa orqali yuqadigan kasalliklardan saklaydi.

BIV (bachadon ichi vositasi) — plastmassadan tayyorlangan kichkina moslama, uning atrofi ingichka mis ip bilan oʻralgan, pastki uchida 2 ta kichkina iplari bor. BIV yuqori samarador va oddiy muolaja boʻlib, uni maxsus oʻrgatilgan mutaxassis-shifokor bajaradi.

DMPA (depo—medroksiprogesteron atsetat yoki Depo-Provera) inʼyeksiya yordamida yuboriladigan kontratseptiv modda; sunʼiy gormondan tarkib topgan boʻlib, tabiiy gormon — proges-teron xususiyatiga ega, u tuxumhu-jayraning yetilishiga toʻsqinlik qiladi. Har 3 oyda bir marta yuboriladigan inʼyeksiya homiladorlikdan saqlanishni taʼminlaydi.

Homiladorlikdan saqlanish vositalarining oʻta afzalliklari bilan bir qatorda, uchrashi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlari ham bor. Har bir ayol organizmi oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, bir organizm uchun foydali narsa boshqasiga zararli boʻlishi ham mumkin. Shuning uchun Homiladorlikdan saqlanishni ahd qilgan ayol oʻziga beziyon kontratseptiv vositalardan foydalanishi va buning uchun albatta doimiy tibbiy koʻrigida boʻladigan oʻz shifokori bilan maslahatlashib olishi kerak. Hozirgi kontratsepsiya vositalari avval mavjud boʻlgan usullardan xavfsiz va yuqori samarali, ularni qoʻllash tez-tez abort qildirishdan koʻra afzalroq. Homiladorlikdan saqlanish usullarini qoʻllash — homilador boʻlish qobiliyatini yoʻqotmagan holda, ayol salomatligini saqlab qolishda eng maqbul yoʻl hisoblanadi.

(Visited 6 147 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!