Sariq kasalligi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

sariq kasallik

Sariq kasalligi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

Sariq kasalligi yuqumli xususiyatga ega bo’lib, jigarda hosil bo’ladigan bilirubin — o’t pigmentlarining to’qimalarda to’planishi tufayli teri, ko’z oqi va shilliq pardaning sariqtusga kirishi. Kasallik qonda bilirubin miqdorining oshib ketishi natijasida paydo bo’ladi.

Sariq kasalikni bilgandan keyin birinchi qiladigan ish bolnitsaga yugurish bo’lsin

Kelib chiqish sabablari va hosil bo’lish mexanizmiga ko’ra, sariq kasali jigarda paydo bo’luvchi, mexanik va gemolitik xillarga bo’linadi.
Sariq kasali jigar hujayralarining yuqumli yoki toksik zaharlanishi natijasida paydo bo’lib, jigarda turli xil o’zgarishlar keltirib chiqaradi, jumladan, bilirubinni ichakka o’tkazadi, axlat rangi oqarib, siydik to’q tus oladi.

Jigar sarg’aymasi aksariyat Botkin kasalligi tufayli, shuningdek, jigar hujayralarining alkogol ta’sirida zaharlanishi oqibatida kelib chiqadi. Kasallikning mexanik xilida o’t safrosining o’t yo’llaridan o’ta olmasligi, masalan, o’t pufagida toshlar paydo bo’lishi natijasida o’tning ichakka o’ta olmasligi tufayli o’t yo’llarida to’xtalib qolgan safrodagi bilirubin to’g’ridan-to’g’ri qonga o’tib ketishi sababli kelib chiqadi.

Sariq kasalining mexanik xilida najasning rangi oq, siydikniki to’q bo’ladi. Sariq kasalini gemolitik xilida esa najasning ham, siydikning ham rangi to’q bo’ladi. Sariq kasalining bunday xilida eritrotsitlarning parchalanishi odatdagidan ancha tez, bilirubinning qondagi miqdori ko’p bo’lib, bu holat ba’zan tug’ma yoki ortgirilgan gemolitik kamqonlikda yuz beradi.

Odatda avval ko’z oqi, keyin yumshoq tanglayning shilliq pardasi, til osti terisi sarg’ayadi. Sariqlikning kuchli-kuchsizligi qondagi bilirubin miqtsorining ko’p – kamligiga bog’liq. Kasallikda ko’pincha teri qichishadi, chunki o’t kislota teridagi periferik nerv oxirlarini qo’zg’atadi.

Sariq kasali paydo bo’lganda darhol shifokorga murojaat qilish lozim. Shuni unutmaslik kerakki, sariq kasali, ayniqsa, virusli gepatit yuqumli bo’lib, atrofdagilar uchun o’ta xavflidir. Mexanik sariq kasali jarrohlik yo’li bilan davolanadi.

Sariq kasalligini davolashda ikki narsa maqsad qilib olinadi: sarikdikning o’zini yuvuvchi, ko’z uchun ishlatiladigan va burunga tomiziladigan dorilar. Shuningdek, sariq kasalligini paydo qilayotgan moddani tanadan chiqaruvchi surgi dorilar yordamida teridan va ko’zdan ketkazishdir. Sariq bo’lgan odamga sharob ichish ruxsat etilmaydi, lekin suv aralashgan sharobni ichish mumkin. Kasallikdan asoratsiz qutilishda parhez hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Xalq tabobatida sarg’aymani yaraqon deb atashgan va o’t suyuqligining to’lishi va qonda achchiq safro hosil bo’ladigan, ko’z hamda yuzning sarg’ayishidan alomati namoyon bo’ladigan xastalik, deb ta’rif berishgan. Ibn Sinoning aytishicha, sariq kasalligi badan ranggining xunuk suratda sarg’ayib yoki qorayib o’zgarishidan iborat. Bunga sariq yoki qora xiltning sasimasidan teriga va teri ostiga oqib borishi sabab bo’ladi.

Haqiqatan ham yaraqonda faqat yuz va ko’zlar emas, bemorning butun tanasida sariq va qoramtir ranglar paydo bo’lib, tanasida holsizlanish, lanjlik paydo bo’lib, ishtahasi yo’qoladi, ko’ngli aynib, qayt qilisi kelaveradi. Darhol shifoxonaga yotqizib, qoni va siydigi tahlil qilinib, mutaxassis shifokor nazoratida muolajalar kompleksi olib borilmasa, keyinchalik ham shifokor tavsiyalariga amal qilinib, bir necha oygacha parhez tutilmasa, jigarda og’ir alomatlar qoldirishi mumkin.

Shu boisdan ham xalq tabobatida kasallikning ilk bosqichidan parhezga amal qilinib, bemorga qatiq, tovuq sho’rvasi, anor, sachratqi suvi va boshqa engil, oson hazm bo’ladigan taomlar tavsiya qilingan. Shifo sifatida ayol sutida sedanani ivitib ko’z va burunga tomizish, yuzdagi va badandagi sariqni ketkizish uchun chuvalchangni suvda qaynatib, damlamasini ichirish, hazmi engil, asosan qaynatma ovqatlar buyurilgan.

Abu Bakr ar-Roziy har bir bemorning holati, yuz-ko’zi va badanidagi belgilarga qarab davo tayinlagan. Masalan, sariq va istisqo kasaliga uchragan bemorga har kuni uch dirham kofur qo’shilgan zirk kulcha dorisi, siydigi qora bemorga ertalabga sachratqi suvi bilan skanjubin va ermon sharobini ichib yurishni tavsiya qilgan.

Xullas, bugungi kunda ham dunyo miqyosida keng tarqalgan, ayniqsa bolalar ko’p chalinadigan, qaydadir sariq, qaydadir sarg’ayma, qaysi bir yurtda hamon yaraqon nomi bilan ataladigan va bir necha turi mavjud bo’lgan sariq kasalligi odamlar sog’ligiga chang solib, shifokorlar va xalqtabobati hakimlari bilan «bekinmachoq» o’ynab, ularning bilimi, tajribasi, iqgidor va kasbiga bo’lgan muhabbati, bemorlarga munosabati va sadoqatini sinab ko’rmokda.

Sariq kasalligi uy sharoitida davolash

* O’lmaso’t (bo’znoch)ning gulsavatchalaridan 3 choy qoshig’iga yarim l suv quyib, 3 soat damlab qo’yiladi. Kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi.

* Tol po’stlog’idan 60 g olib, bir litr suvda 15-20 daqiqa qaynatiladi va bir kun qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi.

* Tol bargining siqib olingan suvidan kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqtsan ikki hafta davomida ichilsa, jigardagi tiqilmalar va rutubatlarni ketkazadi va sariq kasalligiga yaxshi foyda qiladi.

* Na’matak mevasidan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, unga bir osh qoshiqasal qo’shiladi. Keyin to’rt qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Oddiy bodrezak (chingiz) mevasidan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, unga 1-2 osh qoshiq asal qo’shiladi. To’rt qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin iste’mol qilinadi.

* Makkajo’xori popuklaridan 6 oygacha choy qilib ichib yurgan bemor sariq kasalligidan qutuladi.

* Tol bargi qaynatilgan suvda yuvingan bemor darddan xalos bo’ladi.

* Shirin olma sarg’ayma kasaliga davodir.

* Sedanadan 7 donani maydalab, ayol sutida bir soat ivitib, burunga tomizilsa, sarg’ayma va ko’zning sarg’ayish xastaligiga foyda qiladi.

* Oshqovoq sariq va istisqo kasalligi bilan og’rigan bemorning haroratini pasaytiradi va jigar faoliyatini yaxshilaydi, siydik haydashda foyda qiladi. Bemor kuniga 3 mahal 200 g dan och holda, 15 kun davomida oshqovoq iste’mol qilishi kerak.

* Xalq tabobatida sarg’aymani davolash uchun qovoq po’stini xomligicha eyish tavsiya etiladi. Kuniga 3 mahal bir hafta davomida bemor shuni iste’mol qilsa, tuzaladi. Besh oylik jo’ja, no’xat, anor suvini tez-tez iste’mol etish va rovochni ezib, sharbatini suv o’rnida ichish tavsiya etiladi.

*Turp urugini damlab, choy qilib ichish sarg’ayma kasaliga davo bo’ladi.

* Ro’yanga asal qo’shib qaynatib, kuniga 3 mahal 50 g dan ichilsa, bemor tuzaladi.

* Qo’ziquloqning ildiz qaynatmasidan kuniga 3 mahal sirkaga qo’shib, 10 kun davomida ichilsa, sarg’aymaga foyda qiladi.

* Tokning novda va barglaridan tayyorlangan qaynatmadan kuniga 3 mahal 50 g dan 10 kun davomida ichilsa, sariq kasalligi, kamqonlik, qandli diabet dardlarini tuzatadi.

* Qora zira urug’i qaynatib ichilsa, bemor tuzaladi.

* Nordon anor suvi nahorda ko’zga tomizilsa, undagi sariqlik yo’qoladi.

* Qoqio’t bargi sharbatidan kuniga 3 mahal bir choy qoshiqtsan ichilsa, shifo bo’ladi.

* Qoqio’t ildizidan 2 choy qoshig’ini maydalab, ustiga bir stakan sovuq suv quyiladi va 8 soat tindirib qo’yiladi. Kuniga 4 mahal chorak stakandan ichiladi.

* Yalpizning qurug’idan 2 osh qoshig’ini kichik choynakka solib, qaynoq suv quyib, 10 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal parhezi bilan 10 kun davomida 4-5 piyoladan issiq-issiq ichilsa, sariq kasalligini davolaydi, asoratlarini begumon daf qiladi, me’dani mustahkamlaydi.

* Yalpiz bargidan 20 g, o’lmaso’ti gulidan 40 g, uchbarg bargidan 30 g, kashnich mevasidan 20 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Bo’yimodaron o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal 1G’3 stakandan ichiladi.

* Tirnoqgul gulidan 2 choy qoshiq olib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Kuniga 4 mahal yarim stakandan iste’mol qilinadi.

* Tirnoqgul gulidan spirtli damlama tayyorlab, kuniga 2 mahal 30 tomchidan bir choy qoshiqqacha etkazib ichiladi.

* G’ubbak daraxti yoki «qoracho’laq» deb ataluvchi shifobaxsh o’simlik Hisor va Bobotog’da ko’p uchraydi. Undan 2 osh qoshiq olib, kuniga bir mahal kappalansa va orqasidan qaynoqsuv ichilsa, shifo bo’ladi.

* G’ubbak daraxti po’stlog’ining tolqonidan 300 g olib, 3 litr suvda yarim soat asta-sekin qaynatiladi. Qaynatmadan kuniga 150 g dan ichilsa, jigar, o’t va ichaklar illatini yaxshilaydi, ich qotish va qorin damlanishini daf qiladi.

* G’ubbakning bargi, po’stlog’i va yog’och qismi qaynatmasidan kuniga 3 mahal ovqatdan bir soat oldin 100 g dan 8-10 kun ichilsa, dard tuzaladi va asorati qolmaydi. G’ubbak yog’ochini soya joyda yoki o’z joyida quritib, yanchiladi va qaynatiladi. Davolanish davrida parhezga qat’iy rioya qilish kerak. Qatiq, sut, qovurma ovqatlar, palov, qovun, sho’r, achchiq va sovuq narsalardan to’liqtuzalgunga qadar bemor o’zini tiyib turadi (tabib Hoji Mengnazar Rustam o’g’li tavsiyasi).

* Har kuni ertalab tuzlangan karam sharbatidan har 2-3 soatda bir stakandan tuzalguncha ichiladi. Davolanish muddati 1-2 hafta.

* Bir hovuch suli somoni ustiga bir litr suv quyib, yarmi qolguncha qaynatiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin ichiladi.

* Mavrak va ermondan 25 g dan olinadi. Shu yig’madan bir choy qoshig’i bir stakan qaynoq suvda bir soat o’rab, damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal 3-4 osh qoshiqdan ichiladi.

* Har kuni ovqat bilan 5-6 dona murch donasini iste’mol qilish kerak.

* Rovoch sharbati ichilsa, sarg’ayma kasalligini yo’qotishda foyda qiladi.

* Ermon (achchiq shuvoq) o’simligining shirasi katta foyda beradi.

* Moychechak gulining damlamasi peshob haydashda eng yaxshi vosita bo’lib, sarg’aymaga yaxshi shifo bo’ladi.

* Abu Ali Ibn Sino ro’yan ildizidan tayyorlangan qaynatmaga teng miqdorda asal qo’shib, sariq kasalligida va siydik haydovchi dori sifatida ishlatgan. Ro’yanning maydalangan ildizidan bir choy qoshig’ini og’zi yopiladigan idishga solib, ustiga bir stakan suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi. Dokadan suzib olib, asal aralashtirib, kuniga 4 mahal yarim stakanda ichiladi.

* Kungaboqar gulidan bir osh qoshig’ini og’zi yopiladigan idishga solib, ustiga bir stakan suv quyiladi. 15 daqiqa qaynatilib, bir soat damlab qo’yiladi. Dokadan suzib, kuniga 3-4 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Achchiq bodomning o’zi yoki moyidan kuniga 3 mahal bir choy qoshiqtsan ichilsa, foyda qiladi.

* Tojik xalq tabobatida sariq kasalini davolashda shirin bodom mag’zidan foydalaniladi. Buning uchun bemor birinchi kuni bodom mag’zidan 2-3 mahal 5 donadan iste’mol qiladi. Keyingi kun mag’izlar soni 5 tagacha ko’paytiriladi. Shunday qilib, 4-5-kunga borib, bemor o’rtacha 70 dona mag’iz eydi. Keyin mag’izlar soni 15 tagacha tushiriladi va iste’mol qilish to’xtatiladi. Bu usul ham yaxshi foyda beradi.

* Gazanda o’tidan 100 g, tirnoqguldan 75 g, na’matak mevasidan 100 g olinadi. Shu yigmadan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal 150 g dan ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Ermon (achchiq shuvoq) o’tidan 50 g olib, ustiga yarim litr o’tkir oq vino quyiladi. 10 kun issiq va qorong’i joyda saqlanadi, vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Ermonning ho’lligida siqib olingan suvi sariq va istisqo kasalligida 20 kun 3 mahal bir osh qoshiqtsan ichilsa, foyda qiladi.

* Bo’tako’z gulidan olib, ustiga 1:10 nisbatda aroq quyiladi. Bir osh qoshiqiliq suvga 20-30 tomchi shu damlamadan tomizib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin ichiladi.

* Tog’ quddusi, na’matak mevasi va yalpizdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal 150 g dan ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Har kuni sabzi iste’mol qilish kerak.

* Qadimgi sharq tabobatida sariq kasalini davolash uchun quyidagi usul qo’llangan. Sabzini o’yib, ichiga har kuni bola siydigini quyib turiladi. Siydikdagi suv bug’lanib, oxiri quruqshab qolgan zarrachalari (kristallari) bemorga beriladi. Kuniga 3-4 mahal 1,5 g dan ichib turilsa, sariq kasali 4-5 kunda tarqab ketadi.

* Kashnich o’tidan 100 g, na’matak mevasidan 100 g, tirnoqguldan 75 g olinadi. Shu yigmadan 3 osh qoshig’ini kechkurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv kuyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal 150 g dan ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

 

(Visited 3 957 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!