Saraton kasalligi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

Saraton kasalligi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

 

Saraton — tanani qoplab, uning barcha bo’shliqlarini o’rab turadigan to’qimasidan rivojlanadigan xavfli o’simta. To’qimalar hujayyrasi bor barrcha a’zolar — teri, shiliq qavvatlar, qizilonggach, opka, medaichak yo’li, siydiktanosil a’zolari, shuningddek, miyya va boshqa a’zolarda saratton paydo boladi. Rak hujjayralari juda tez bo’linadi va rivojjlanadi hamda atroffdagi hujjayralarni emirib boradi.

Kasallik odatda ozi ornashgan joydagi to’qimani emirish, retsediv, metostaz berishi va organizmni umumiy hollatiga ta’sir ko’rsatishi, bemor ozib-to’zib ketishi bilan havfsiz o’smalardan farq qilladi.

Saratton aloxdtsa virruslar faolliyati, shuningdek, turlli fizik, kimyovviy va biollogik omilar, kantserogen modalarning odam organizmiiga ta’siri hamda organizmni ozida soddir boladi ichki kantserogen modalar, radiaktiv nurrlar tasirida vujuddga kelishi mumkkin. Kasalikning olddini olish uchun tashqi muhitni sog’lomlashtirish, organizzmga zarrarli tasir etaddigan kantserogen modalarni yoqotish, shuningdek, saratton oldi kasaliklarini oz vaqttida aniqqlash va davolash lozim.

Juda qadimiy kasalliklar silsilasiga mansub bo’lgan saratonning inson jismida paydo bo’lishi va chirmovuqqa o’xshab, tanadagi barcha a’zolarga chirmashib, ularni emirishi haqida Luqmoni Hakimdan Ibn Sinogacha va undan keyin o’tgan minglab tabiblar o’z fikrlarini aytishib, bu «beadab» dardni jilovlash, bemorni uning iskanjasidan xalos qilish choralarini izlashib, taklif va tavsiyalarini bildirishgan.

Bugungi kunda ham dunyo miqyosida eng xavfli va xatarli kasallik sifatida faqat bemorlarni emas, inson salomatligini muhofazalash, sog’ligini tiklash yo’lida xizmat qilayotgan tib olimlari, mutaxassis shifokorlar, qolaversa, jahon miqyosida keng jamoatchilikni tashvishga solib, hamon «jilovlanmay» har yili millionlab kishilarning o’limiga sababchi bo’layotgan saratonning paydo bo’lishi, inson tanasida rivojlanishi va hayotiga xavf solishi haqida tabobatda ikkinchi muallim nomiga sazovar bo’lgan Abu Ali ibn Sino uni «sovuq shish» deb atagan va davolash uchun sovituvchi va ho’llovchi moddalarni tavsiya qilgan. U boshlanayotgan saratonni iloji boricha yaraga aylantirmay joyida to’xtatib, davolash

va mutlaqo yo’q qilish tadoriklarini izlagay. Mutlaqo — ildizi bilan yo’q qilishda jarrohlik amaliyoti yagona yo’l ekanini aytadi. «Saraton o’smasini butunlayin barcha ildizlari bilan chuqur kesib olish kerak, — deydi Ibn Sino— aks holda uning qolgan qismi (ildizi)dan yangi saraton o’sib chiqadi».

Buyuk tabibning bundan ming yil oldin aytgan bu gaplari bugungi kunda zamonaviy tibbiyot amaliyotida o’z isbotini topmokda. Saraton dardiga chalingan bemorni uning changalidan qutqarishda (boshqa davo usullari hozircha o’smaning yoyilishini bir muncha to’xtatib, bemor ahvolini engillashtirish, umrini uzaytirishga yordam bersa-da, mutlaqo bu darddan qutilib sog’ayib ketishiga hech kim kafolat berolmaydi) jarrohlik amaliyoti (agar operatsiya muvaffaqiyatli o’tsa) eng ishonchli va samarali yo’l ekanini natijalar ko’rsatmoqda.

Xalqtabobati muammolari, turfa kasalliklarning sabablari va davolash usullari haqida qator risolalar yozib, she’riyat sultoni Alisher Navoiy e’tiboriga tushgan, Bobur Mirzo va uning farzandlari xizmatida hurmat qozongan hoziqtabib Yusufiy boshqa kasalliklar qatori saraton bilan yuzma-yuz kelib, uning domiga ilingan bemorlarga imkoni qadar harakat qilarkan bu kasallik o’ta beshafqat, bo’ysunmas, qaysar ekaniga ishonch hosil qiladi.

saraton davolash
ÿÔˈ ‚ Û͇ı ‚‡˜‡

Saraton kasalligi uy sharoitida davolash

 

* Anjirning yangisi yoki sariyog’da bug’langani saraton o’smasini o’sishdan to’xtatadi.

* Kartoshka gullari rus xalq tabobatida saratonga qarshi davo vositasi hisoblangan. Gullari soyada quritiladi, bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 1-2 soat iliqholda qo’yiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqdan ichiladi. Bir marta davolanishga 4 litr damlama kerak.

* G’arbiy Evropa xalqlari tabobatida XIV asrdan boshlab katta qoncho’p me’da saratoniga qarshi ishlatilgan. Hozirgi kunda bu tajribada o’z isbotini topdi. Katta qoncho’p xavfli to’qimalar rivojlanishini to’xtatadi. O’t gullash paytida teriladi, ildizi kuzda olinadi. Katta qoncho’pdan bir osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyiladi va 3 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin 1G’3 stakandan ichiladi.

* Katta qoncho’p sharbatidan kuniga ertalab bir tomchidan 25 tomchigacha (har gal bir tomchidan qo’shib boriladi) so’ng 25 tomchidan bir tomchigacha kamaytirib, me’da saratonida ichib yuriladi.

* Katta qoncho’pning maydalangan ildizidan bir osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 200 ml qaynoqsuv quyiladi. Idish og’zini yopib, suv bug’ida 20 daqiqa qo’yiladi. Suzib olib, tayyor bo’lgan damlama miqdori 200 ml ga etkaziladi va salqin joyda 2 kundan ortiqsaqlanadi. Kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi.

* Katta qoncho’pning suvli suyuq ekstraktidan 20 g, yalpiz tomchilaridan
(dorixonalarda bor) 60 g, na’matak qiyomidan 300 ml olinadi. Shu aralashmadan har 3 soatda bir osh qoshikdan iste’mol qilinadi. Uch kundan so’ng 3 mahal ovqatdan oldin bir choy qoshiqtsan me’da-jigar saratonida ichiladi. Davolanish muddati bir oy.

* Tarvuzning pishgan mevasi jigar, taloq o’smalarini davolashda ishlatiladi. Ko’krak saratonini davolashda tashqi vosita sifatida qo’llaniladi. Saraton kasaliga chalingan bemorlar tarvuz asalini yoki kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin tarvuz tolqonini 2-3 g dan iste’mol qilishadi.

* Kichik bo’rigul zaharli o’simlik, undan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Quruq o’tidan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat og’zi yopiq holda damlab qo’yiladi.

* Kichik bo’rigul o’tining gullagan qismidan 50 g olib, ustiga yarim litr aroq quyiladi. 7 kun qorong’i va iliqjoyda saqlanadi. Suzib olib, saraton kasali bor bemor ertalab va kechqurun 5-7 tomchidan ichishi kerak.

* Budra o’simligi qonni tozalovchi xususiyatga ega bo’lib, og’riq qoldiruvchi, organizmda modda almashinuvini yaxshilovchi va qonni tiklovchi vositadir. O’tning sharbati va damlamasi saraton o’smalari tez o’sishiga to’sqinlik qilib, jigar saratonida samarali ta’sir ko’rsatadi.

* Qora bug’doy (grechixa) o’tining gullagan qismidan olib, quritiladi. Undan bir stakani ustiga bir litr qaynoq suv quyiladi. Damlama tayyorlab, oqqon kasalida cheklanmagan holda ichiladi.

* Marjoy daraxtining mevasi, guli, po’stlog’i va ildizidan tayyorlangan damlama, qaynatmalarni saraton kasalining oldini olishda va davolashda ichish tavsiya etiladi.

* Tuxumakning quruq bargi va gulidan bir osh qoshig’i ustiga 200 ml aroq quyib, 10 kun qorong’i joyda sakdanadi. So’ngra bozillama uchun ishlatiladi. Kuniga bir mahal bir soatga qo’yiladi.

* Kapalakgul o’tining ustki qismidan tayyorlangan damlama va qaynatma turli erda joylashgan saraton ni davolashda ishlatiladi.

* Kapalakgulning maydalangan o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 2 mahal ovqatdan keyin 1G’3 stakandan ichiladi.

* Kapalakgul gulidan damlama tayyorlab, o’simlik moyiga 1:5 nisbatda aralashtiriladi. Jarohatlangan teri o’smasiga tashqi vosita sifatida ishlatiladi.

* Sarimsoqni sutda qaynatib, ichki a’zolar saratonini davolashda ishlatiladi.

* Sarimsoq piyozni maydalab, undan 250 g olinadi. Ustiga 200 g 96% li spirt qo’shib, aralashtiriladi. Idish qopqog’ini yopib, salqin va qorong’i joyga qo’yiladi. 10 kundan so’ng suzib, 50 g sovuq suvga tomizib, har kuni 3 mahal ichiladi. Bunda birinchi kuni 8 tomchi qo’shib, 25 tomchiga etguncha ichiladi va keyin orqaga qaytariladi.

* Sarimsoqni har doim xomligicha eb yurgan kishi saraton kasaliga kamroq chalinadi. Xitoy tabiblari undan zahar kuchini kesuvchi, o’simliklarga ta’sir qiluvchi vosita sifatida foydalanishgan. Tabobat ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino sarimsoq mikroblarga, bir hujayrali sodda jonvorlar va zamburug’larga qarshi ta’sir kuchiga ega ekanini alohida ta’kidlagan.

* Oddiy bodrezak sharbati bilan asalni qo’shib, kuniga 3-4 mahal ko’krak saratonida ichiladi. Bodrezak sharbatidan bug’lash uchun ham foydalaniladi.

* Xalq tabobatida chakamug’ning damlamasi va yangi sharbatidan til saratonida foydalaniladi. Buning uchun bir osh qoshiq o’t ustiga 300 ml qaynoq suv quyib qo’yiladi. Damlama qattiq shish, yara, qo’tirda vanna, bozillama qilish, yuvish va chayish uchun foydalaniladi.

* Dalachoy o’tidan 50 g olib, ustiga 200 ml aroq quyiladi va 7 kun qo’yiladi. Me’da saratonida kuniga 3 mahal 25, tomchidan suv bilan ichiladi.

* Gulsafsar damlamasidan ko’krak saratonida bug’lash tarzida ishlatiladi.

* Yovvoyi nok sharbati bilan teri va ko’krak saratonini bug’lash va yuvish ijobiy natija beradi.

* Yovvoyi nokning bargi va ildizidan damlama tayyorlab, kuniga 3 mahal yarim stakandan teri va sut bezi saratonida ichiladi.

* Ermon ildizidan 20 g olib, ustiga 100 ml spirt quyib, damlama tayyorlanadi. Undan kuniga 2 mahal 25 tomchidan me’da, qizilo’ngach saratoni va ayollarning jinsiy a’zolari saratonida kuniga 3 mahal 25 tomchidan ichiladi.

* Me’da saratoni va kamqonlikda taomda qimmatbaho dengiz karami doimo bo’lishi lozim.

* Sabzavot sharbatlari orasida organizmni himoya qilishda, saraton kasalida yovvoyi sabzining yangi sharbatiga teng keladigani yo’q. U butun tanani maromga soladi. Kishi undan organizmi holatiga qarab, bir kunda yarim litrdan 3 litrgacha ichishi mumkin. Xalq tabobatida davolash maqsadida yovvoyi sabzining ildizi va urug’i ishlatiladi. Maydalangan yangi bargini yiringli saraton yarasiga qo’yish, sharbati va bargi qaynatmasi bilan yaralarni yuvish tavsiya etiladi. Yovvoyi sabzining ildiz sharbati xavfli teri o’smalariga qarshi ishlatiladi.

* Qariqiz ildizi xalqtabobatida bachadon saratoni, me’da yarasi va gastritda qo’llaniladi. Undan kuniga 3 mahal 1G’3 stakandan ichiladi yoki quritib maydalangan o’simlik damlamasidan foydalaniladi. Maydalangan o’tdan bir osh qoshig’i ustiga 100 g spirt va 100 g asal qo’shib, 7 kun sakdanadi. Kuniga 3 mahal bir choy qoshikdan ichiladi.

* Qariqiz gulidan 2 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 2 soat damlab qo’yiladi. Dokadan suzib, kuniga 2-4 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Qariqiz bargini (may oyida olingani ma’qul) yaxshilab ezib, sut bezi saratonida dorivor bog’lov qilib qo’yiladi.

* Brusnika bargidan bir osh qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, og’zi yopiq holda 15 daqiqa suv bug’ida qaynatiladi. 45 daqiqa sovitib, suzib olinadi. Kuniga 3- 4 mahal ovqatdan oldin me’da saratonida chorak stakandan ichiladi.

* Indovning quruq o’ti tolqoniga asal qo’shib, kuniga 2 mahal 5 kun davomida shishlarga surtilsa, foyda qiladi.

* Ittikanak o’simligining maydalangan er ustki qismidan 2 osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyib, duxovkaga 12 soat qo’yiladi. Suzib olib, kuniga chorak stakandan 3-4 mahal ichiladi.

* Chernika bargini 1:5 nisbatda qaynoq suvda damlab, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 1G’3 stakandan me’da saratonida ichiladi.

* Zubturumning quritilgan bargidan bir siqimini ezib, bir osh qoshiq shakar bilan aralashtiriladi va issiq joyga 3 hafta qo’yiladi. Ajralgan shiradan o’pka va me’da saratonida 10-15 kun davomida kuniga 3-4 qoshiqdan ichiladi. 15 kun dam olib, yana 15 kun iste’mol etiladi.

* Agar erkak kishi qovuq osti bezi saratoniga chalingan bo’lsa, qushqo’nmas o’simligining er ustki qismini maydalab, kuniga 1-2 g dan iste’mol qilish buyuriladi.

* Qora mayiz turli zararli o’smalarni davolab, inson quvvatini oshiradi.

* Saraton yaraga aylanganda, ituzum suviga kanop lattani botirib, yara ustiga quyiladi. Latta qurishga yaqinlashganida uni qaytadan ho’llab, bosiladi.

* Uzum g’o’rasini yanchib, saratonga bog’lash ham yaxshi natija beradi.

* Rus tabiblari saratonni davolashda yangi usul topishgan. Bunga ko’ra, shish ga cho’yanning mikrozarrachalari kiritiladi, bu esa shishni qizdirish imkonini beradi. Harorat shish bor joyda 43,5° ga ko’tariladi, natijada saraton hujayralari 100% gacha halok bo’ladi. Bu usulga 1991 yil noyabrda patent berildi.

* Ko’k choyni bir kunda 3 litrgacha ichish saraton kasali ildizini qirqadi, ter bilan chiqarib yuboradi.

* Saratonning bez va g’uddalarini jarrohtik yo’li bilan o’yib olgach, bemorga ikkinchi kun kechasi ovqatlangandan so’ng ertalabki soat b.OOda 300 g limon suvi ichirib, orqasidan 100 g sariyog beriladi. Soat 11.30 da yana 300 g limon suvi, 100 g sariyog ichiriladi. Kech soat 6.00,8.00 da ham shunday ish tutiladi (tabib Axat Sattorov tavsiyasi).

* Saraton yaraga aylanganda, odam o’z peshobini yaraning hamma yog’iga ho’l bo’lguncha tomizishi va lattaga peshobni shimdirib, yaraga kuniga 6-8 mahal qo’yishi kerak. Hamda o’z peshobini kattalar 60-100 g dan, bolalar 30-50 g dan kuniga 3-4 mahal ichishi tavsiya etiladi.

* Tirnoqgul va yong’oq bargi, gazandadan 75 g dan, kapalakgul va zubturum bargidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan sut bezi saratonida ichiladi.

* Saratonning turlari ko’p bo’lib, ko’rinishidan qisqichbaqa oyoqlari kabi tomir otishi sababli qisqichbaqa deb ham ataladi. Dard ko’pincha organizm ichkarisida paydo bo’ladi. Faylasuf Suqrotning aytishicha, saratonni bezovta qilmaslik kerak, chunki unga tegilsa, halokatga olib boradi. Agar uni o’z holiga qo’yib davolanilsa, ayniqsa arpa suvi, toshloq balig’i, ilitilgan tuxumning sarig’i va shularga o’xshash sovituvchi, ho’llovchi, tinch va bexavotir modda paydo qiluvchi narsalar bilan ovqatlanilsa, bir qadar sog’liq bilan umr uzayadi.

* Agar saraton yoyilsa, bemorga sigir qatig’ining yog’i olingan yangi ayroni va ho’l sabzavotlar, qovoqdan tayyorlangan ovqat beriladi.

* Yong’oqning quritib, maydalangan bargidan 10 g olib, ustiga 200 ml qaynoq suv quyiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Kuniga 4 mahal ovqatdan oldin 100 ml dan ichiladi. Bu esa organizmda modda almashinuvini yaxshilaydi, saraton kasalining oldini oladi.

* Gazanda o’tidan qaynatma tayyorlab, tashqi shishlarni yuvish va bozillama qo’yish uchun ishlatiladi.

* Katga qoncho’p sharbatidan bir qism olib, unga 4 qism vazelin yoki teng miqtsorda o’tining tolqoni qo’shiladi. Shu surtma teri saratonida ishlatiladi.

* Jigar shishida qoqio’tning ildizi va o’tidan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin chorak stakandan ichiladi.

* Lavlagini qirg’ichdan o’tkazib sharbati ichilsa, shifo bo’ladi. Yoki bo’tqasi bargi ustida shishlarga uzoq muddatga qo’yiladi, qurishi bilan almashtiriladi.

* Bir bosh sarimsoqni mayda to’g’rab, 100 g tirnoqgul guli va 200 g suvga qo’shiladi. Unga yana katta qoncho’p sharbatidan 200 g, 200 g spirt, 200 g suv, bir osh qoshiq oq qayin chagasi, 30 g igir ildizi tolqonidan qo’shib, qaynatiladi. Hammasini aralashtirib, 7-10 kun qorong’i joyda saqlanadi. Shundan keyin bir osh qoshiq oq vino quyiladi va qora moy qo’shib, jarohatga surtma tarzida qo’yiladi.

* May oyidagi asaldan 625 g olib, 375 g aloy sharbati qo’shiladi. Aloy o’simligi 5 yillik bo’lishi va kesguncha 9 kun sug’orilmagan bo’lishi kerak. Keyin unga bir shisha o’tkir qizil vino qo’shib, qorong’i va salqin joyda 5 kun saqlanadi. Birinchi 5 kunlikda kuniga 3 mahal bir choy qoshiqdan, keyingi kunlari 3 mahal bir osh qoshiqtsan ovqatdan bir soat oldin bachadon saratonida ichiladi. Davolanish muddati 3 haftadan bir yarim oygacha.

* Karam ildizining ho’li yoki qurug’idan bir osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyib, 8-10 soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3-4 mahal ovqatdan 15 daqiqa oldin chorak stakandan ichiladi.

* Karam sharbatidan kuniga 3 mahal yarim stakandan iliq holda o’smalarga qarshi ichittt tavsiya etiladi.

* Pomidor tarkibida organik kislotalar, qand, A, S, E vitaminlari va ko’plab mineral tuzlar mavjud. Ammo pomidor noyob mahsulot ekanligining sababi unda likopin pigmenti borligidir, shuning uchun ham u qizil rangda. Dunyo olimlari keyingi yillarda organizmda aynan shu likopin miqdori etarli bo’lishi halqum, ichak, o’pka, sut bezlari, oshqozon, bachadon saratonining oddini olishini o’rganib chiqishdi.

Bugungi kunda pomidorning shifobaxsh xususiyatlariga hech qanday shubha yo’q. Olimlarning xulosalari bo’yicha, likopin pigmenti yog’lar ta’sirida erir ekan. Agar pomidor qaymoq, o’simlik moyi yoki souslar bilan iste’mol qilinsa, shifobaxshlik samarasi bir necha bor oshadi. Garvard tibbiyot instituta ilmiy xodimlarining tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, qizil pomidordan likopin miqtsori ko’p bo’lgan mahsulotlarni tayyorlash mumkin ekan. Shular jumlasiga turli xil tomat souslari va ketchuplar ham kiradi.

Yapon olimlari saraton kasalining oddini olish uchun yaxshi pishgan pomidorni har kuni iste’mol qilishni tavsiya etadilar. Organizmning likopinga bo’lgan bir kunlik ehtiyoji pomidorning 2-3 stakan yangi sharbati yoki 0,4 kg pomidorda mavjud. Shu miqdor likopinga bo’lgan talabni to’liq ta’minlar ekan.

Likopin eng yuqori haroratda ham emirilmaydi. Ammo shuni qayd etish lozimki, sariq va yashil pomidorda kaliy miqdori eng yuqori darajaga etsa-da, ammo likopin pigmenti umuman bo’lmaydi. U faqat qizil rangdagi pomidorlarda bo’lar ekan.

Isroil shifokorlari likopin saratonning oddini olishdan tashqari, onkologik kasalliklarni davolashi mumkinligini, saraton hujayralari rivojlanishining oddini olishi va susaytirishini aniqlashdi. Saratonning oldini olish uchun pomidordan juda ko’plab mazali va foydali taomlar tayyorlash mumkin. Kuyida shunga doir ayrim tavsiyalarni keltiramiz.

* Pomidor sharbatidan 4 stakan olib, biroz qaynatiladi. Unga bir osh qoshiq quruq yalpiz, bir dona tuxum oqi, ta’m bo’yicha tuz va murch, ukrop qo’shiladi. Og’zi yopiqidishda 15-20 daqiqa saqlanadi, sovigach, suzib olib ichiladi.

* Pomidordan sho’rva tayyorlanadi. Buning uchun 600 g pomidorni to’g’rab, ustiga bir choy qoshiq sariyog’, bir dona to’g’ralgan piyoz qo’shib, bir yarim litr suvda qaynatiladi. Bir dona sabzi va 200 g petrushka ildizini yaxshilab yuvib, alohida idishda yarmigacha suv quyib, 10-15 daqiqa qaynatiladi. Keyin unga pomidorli qaynatmani va 30 G un qo’shib, biroz sho’rva qaynatiladi. Sho’rvaga ta’mga qarab tuz, murch, 250 g qaymoq va shakar qo’shiladi.

* Pomidordan 5-6 donasi va qattiq qilib pishirilgan 3 dona tuxum mayin qilib to’g’raladi va chuqur idishga solinadi. Ustiga ozroqtuz, ezilgan murch, 2-3 osh qoshiq o’simlik moyi, bir choy qoshiq tayyor xantal, bir choy qoshiq sirka, 2 osh qoshiq qaymoq va petrushka ko’katini, aralashtirib, salat tayyorlanadi. Bu salat olovda tayyorlanmagani uchun vitaminlarga va likopinga boy bo’lib, qaymoq va o’simlik moyi bilan beriladi.

* Oqbosh karamdan 500 g olib, mayda qilib to’g’raladi. Unga 3-4 dona o’rtacha pomidorni kubik qilib to’g’ralganidan qo’shib, chuqur idishga solinadi. Ustiga bir osh qoshiqqaymoq, 2 osh qoshiqsariyog’, ta’mga qarab shakar, limon kislotasi, mayda to’g’ralgan petrushka ko’kati, tuz, murch qo’shib, salat tayyorlanadi. Taomni bezash uchun bir dona bodring va bir band shovul, bir necha salat bargi va yashil nuxat qo’yiladi.

* Xalq tabobati kungaboqarning quritilgan gulidan damlama tayyorlab, onkologi k kasallarda choy o’rnida ichishni tavsiya etadi.
 

(Visited 1 467 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!