Raxit (mechkay)davolash uchun BUNI XАMMА BILIShI ShАRT

Рахит

Raxit (mechkay) DАVOLАSh kasallik kelib chikish sabablari

Raxit (shirzada, mechkay) bolalar kasalligi boʼlib, D vitamini yetishmovchiligidan kelib chiqadi, fosfor-kalьtsiy almashinuvining
buzilishiga va suyaklarda kalьtsiy choʼkindilari kamayishiga olib keladi. Bunda suyak toʼqimalari ingichkalashadi va yumshaydi, nerv tizimi, ichki aʼzolar faoliyati buziladi. Kasallik 2-3 oydan 2-3 yoshgacha rivojlanadi, koʼproq zaif, chala tugʼilgan, qoʼldan ovqatlanadigan bolalarda uchraydi.

Bolaga yetarli qaramaslik, kunduzi ochiq havoda kam boʼlish, notoʼgʼri ovqatlantirish organizmga D vitamini kamayishiga yoki ulьtrabinafsha nurlari kamligi tufayli terida uning vujudga kelishi buzilishiga sabab boʼladi. Bolaning tez-tez ogʼrib turishi, homiladorlik vaqtida onaning yaxshi ovqatlanmagani va (keyinchalik bolaga) koʼkrak tutmagani raxit kasalligi rivojlanishiga turtki beruvchi omillardir.

Raxit alomatlari

Raxitning birinchi (engil) bosqichi

• Bola xulqining oʼzgarishi: injiqlik, yomon uyqu, serjahllik, koʼrqoqlik, boʼshashganlik.

• Qattiq terlash, ayniqsa uyqu vaqtida bolaning yuzi va ensasi qattiq terlaydi (yostiq hoʼl boʼladi).

• Ensadagi sochlar toʼkilib, oxirida qizgʼish dumaloq kal oʼrni paydo boʼladi.

Raxitning ikkinchi (oʼrta ogʼirlikdagʼi) bosqichi

• Organizmning suyak va boshqa tizimlari tomonidan hosil boʼluvchi oʼzgarishlar, anemiya.

• Mushaklar zaifligi ortadi, ularning faolligi susayadi; harakatlantiruvchi malakalar odatdagi muddatlardan kechroq paydo boʼladi; peshona oʼynoqlab chiqadi, qoq miyada va ensada suyaklar u-bu joyidan yumshab qoladi. Korin kattalashib ketadi, tez-tez ichi qotadi yoki ichi ketadi.

Рахит

Raxitning uchinchi (ogʼir) bosqichi

• Ichki aʼzolar tomonidan va ayniqsa suyaklarda yaqqol oʼzgarishlar boʼladi, teposhob vaqtida berkilmaydi, qobirgʼalarning toʼshga kelib tutashgan joylarda yoʼgʼonlik hosil boʼladi (raxit shishi), suyaklar (oyoqlarning X-simon yo O-simon qiyshayishi), shu jumladan, koʼkrak qafasida qingʼir-qiyshiqliklar yuzaga keladi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Raxit borligiga gumon tugʼilishi bilan pediatr shifokorga murojaat qilish kerak.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Raxit tashxisi qonda kalьtsiy, fosfor, ishqor fosfotazalari borligini tekshirish bilan tasdiqlanadi. Koʼrsatkichlar boʼyicha rentgenologik tekshirish oʼtkaziladi.

Рахит

Raxitda muolaja kilish

Raxit muolajasi ovqatlantiruvchi onaning va bolaning ovqatlanishini izga solishdan iborat, bunda tabiiy, aralash, sunʼiy ovqatlantirish koʼzda tutiladi, bolaning toza havoda boʼlish tartibiga rioya qilinadi; uqalash, muolaja gimnastikasi kanda boʼlmasligi kerak. Koʼrsatkichlar boʼyicha shifokorlar D vitamini va kalьtsiy shifobaxsh preparatlari, ulьtrabinafsha nur tayinlaydilar.

Parhez. Raxitning yengil darajasida muolajani bolaning yoshi va ovqatlanish turiga bogʼliq ravishda boshlaydilar. Аgar bola 2-4 oylik boʼlsa va onasining suti yetarli boʼlsa, (toʼliq tabiiy oziqlantirilsa) va shundan boshqa hech narsa unga berilmasa, boquvchi ona ozuqa sirasini D vitaminiga boy mahsulotlar (semiz dengiz baligʼi, sariyogʼ, tuxum sarigʼi, treska jigari) bilan boyitishi lozim. Аgar bolaga aralash ozuqa berilayotgan boʼlsa, onaning tegishli ozuqasi bilan bir qatorda bolaning ovqatini maromiga yetkazish uchun D vitaminiga boy aralashmadan foydalanish kerak.

Sunʼiy oziqlantirishda D vitamini boʼlgan aralashmalar tanlanadi. Аgar bola toʼrt oydan katta boʼlsa, unga tegishli qoʼshimcha ozuqani ancha erta bera boshlash kerak boʼladi. Raxit borligini hisobga olib, tvorog va tuxum sarigʼini 5,5-6 oylikdan emas, balki 4,5 oylikdan (1 gr sariqda 300 ME gacha D vitamini boʼladi), goʼsht va baliq pьyuresini 7 oylikdan emas, sal

oldin 6 oylikdan va goʼsht ovqatni (frikadelka, bugʼlangan kotlet) ham bir oy oldin berish kerak. Bolaga boʼtqani iloji boricha kamroq berish lozim, chunki yormalarda fitin moddasi bor, u kalьtsiyni ichakka bogʼlab, uning oʼzlashuviga xalaqit beradi.

Ikkinchi va uchinchi murakkablikdagi raxitda ham ovqatni oʼzgartirish muhim, ammo Dvitamini dori-preparatlari ahamiyati birinchi oʼringa chiqib oladi, ularni juda ehtiyot boʼlib va faqat shifokor maslahatidan keyingina ichiriladi. Bu muhim! Esingizda boʼlsin, D vitaminini ortiq darajada, xususan uning preparatlari hisobiga ichish raxitdan ham xavfliroq boʼlgan kasallik D gipervitaminozni keltirib chiqaradi.

Рахит

Ichiladigan dori vositalari

• D vitamini preparatlari: Аlьfakalьtsidol (Аlьfa D3 Teva, Etalьfa) • Kolekalьtsiferol (Vigantol) • Ergokalьtsiferol (Vitamin D2).

• Kalьtsiy preparatlari: Kalьtsiy glyukonati, • Kalьtsiysandoz forte • Kalьtsiy karbonati • Kalьtsiy laktati • Kalьtsiy sitrati.

• Kalьtsiyli D vitamini majmualari: D vitaminli kalьtsiy • Kalьtsiy D3, Nikomed.

Profilaktika. Raxitni davolash uchun homiladorlikning soʼnggi 2-3 oyida shifokor maslahati boʼyicha D vitamini va kalьtsiy dori-preparatlarini ichish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, ayol ochiq havoda uzoq vaqt boʼlishi va homiladorlik vaqtida, yaxshi ovqatlanishi kerak.

Yangi tugʼilgan chaqaloqning 3-4 haftasidan pediatrlar muolaja ulushlarida D vitamini preparatini buyuradilar. Bola ovqati sirasiga sabzavot va mevalarni oʼz vaqtida kiritishlari lozim. Koʼshimcha ozuqada vitaminlar, mikroelementlar yetarli miqdorda boʼlishi kerak. D vitamini va kalьtsiy (tuxum sarigʼi, tvorog va hokazo) tarkibli mahsulotlar katta ahamiyatga ega.

Nikriz (podagra)

Nikriz (podagra) surunkali kasallik boʼlib, siydik kislotasi turli aʼzolardagi, jumladan, boʼgʼimlarda tuz choʼkindilarining almashinuvi tufayli paydo boʼladi, bu aʼzolarning yalligʼlanishi(artrit)ga olib keladi. Bukasallikka koʼproq oʼrta va katta yoshdagi odamlar mubtalo boʼladi.

Siydik kislotasi asosan goʼsht va baliq ozuqa mahsulotlarida boʼladigan purin almashinuvi tufayli kelib chiqadi. Siydik kislotasi koʼp toʼplanishiga achchiq alkogolь ichimliklari va pivo, shuningdek, buyrakning siydik kislotasini chala chiqarib tashlashi sabab boʼladi. Nikriz yalligʼlanishi xurujini qoʼzgʼatuvchi omillarga yana jarrohlik amallari, jarohatlar, peshob haydovchi vositalarni ichish kiradi.

Рахит

Аlomatlari

• Nikriz (podagra)ning oʼtkir xuruji (podagra yunonchada «qopqonga tushgan oyoq» degani) odatda tunda, spirt va goʼsht moʼl-koʼl yeyilgan bazmi jamshiddan keyin boshlanadi, bunda oyoq boshmaldogʼi boʼgʼimida qattiq ogʼriq turadi. Boʼgʼim shishib, qizaradi. Badan harorati koʼtariladi.

• Xuruj 1-2 kundan (engil hollarda) 7-10 kungacha davom etadi.

• Birinchi xurujdan keyin ogʼriq uzoq vaqtgacha gʼoyib boʼladi, oʼzidan keyin hech qanday noxush sezgi qoldirmaydi, ammo davolash uchun hech qanday chora koʼrilmasa, xuruj tez-tez va kuchliroq takrorlanaveradi.

• Аsta-sekin boshqa boʼgʼimlar, jumladan, qoʼl barmoqlari boʼgʼimlari ham niqrizga uchray boshlaydi. Natijada xurujlar har oyda takrorlanib, haftalab, goho undan koʼproq vaqt davom etishi mumkin. Bunday holda biron narsa bilan yordam berishning iloji qolmaydi, chunki siydik kislotasi kristallari boʼgʼimlarni oʼziga kelmaydigan darajada ishdan chiqaradi.

• Siydik kislotasi kristallari teri qatiga aksariyat boʼgʼimlar ustiga (tirsak, tizza boʼgʼimlari) yoki quloq suprasi togʼay suyagiga chiqarib tashlanadi, u yerlarda ogʼriqsiz tugunlar tofuslar hosil qiladi.

• Niqriz bilan ogʼriganlarning 15-20 % ida buyrak toshi kasalligi kelib chiqadi, bunda buyrak sanchiqlari goho niqrizning birinchi alomati boʼlishi mumkin.

• Niqrizda muttasil qondagi siydik kislotasi darajasining oshishi kuzatiladi. Odatda erkaklar qoni zardobida 0,180,53 mmolь/l, ayollarda esa 0,15-0,45 mmolь/l siydik kislotasi boʼladi.

Рахит

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Niqrizning dastlabki alomatlaridayoq shifokorga murojaat qilish kerak, chunki aynan kasallikning dastlabki pallalarida davolash yaxshi samara beradi.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Siydik kislotasi almashinuvini chuqurroq tekshirish uchun shifokor maxsus tekshiruvlar oʼtkazishi mumkin:

• siydik kislotasi tarkibini aniqlash uchun qonni tekshirish;

• siydik kislotasi kristallari borligini aniqlash uchun boʼgʼim suyuqligi va teri tofuslarini tekshirish va hokazolar.

Muolaja

Parhezga rioya qilish va xuruj vaqtida nikrizga qarshi, ogʼriqni bosuvchi va yalligʼlanishga qarshi vositalardan foydalanish muolajaning asosiy usullari hisoblanadi. Niqrizni batamom tuzatib boʼlmaydi, ammo parhezga qatьiy rioya qilish va barcha muolaja tavsiyalarini bajarish xurujlarning takrorlanishi va kuchayishini kamaytirib, boʼgʼimlar qiyshayishini va buyrak kasalliklarining rivojlanishining oldini olishi mumkin. Niqrizda muolaja umrbod davom etadi. Parhez. Xurujsiz nikrizda muolaja xususiyatlari quyidagilardir:

• tana vazni yaxshi holatda oqsilni fiziologik jihatdan meʼyordagidek isteʼmol qilish, goʼsht va oshxona yogʼlari hisobiga yogʼni cheklash, shuningdek, ovqatning muqobil quvvatliligini taʼminlash uchun uglevodlarni koʼproq isteʼmol qilish;

• purinlari koʼp mahsulotlar bulьonlar, shoʼrvalar va goʼshtli, baliqli va zamburugʼli souslar, goʼsht kalla-pochalari

va shovul kislotasiga boy narsalarni (dukkaklilar, koʼk loviya, yaproqli koʼkatlar, yongʼoq, ravoch, sitrus mevalari, shovul, ismaloq, kakao, shokolad va hokazo) ni koʼproq cheklash; • yurak-tomir tizimi va buyrakka yomon taʼsir qilmasa koʼp suyuqlik ichish (kuniga 2 l gacha). Ovqatlar sirasiga meva (asosan sitrus) va sabzavot sharbatlari, sut va qatiq ichimliklari, tuzli maʼdan suvlari, naʼmatak qaynatmasi, peshob haydovchi choy nastoyi va h.k.larni kiritish lozim; • alkogolni, xususan pivo va vinoni cheklash yoki istisno etish kerak; • sut mahsulotlari, sabzavotlar, mevalar, ularning sharbatlaridan yengillashgan kun (tana vaznidan qatʼi nazar haftasiga 1 marta). Toʼla ochlik xavfli, chunki u kasallikning kuchayishiga sabab boʼladi; • niqriz va semirish baravar kelganda semirish parhez muolajasi (q. Semirib ketish) katta ahamiyat kasb etadi, biroq ovqatlar sirasida goʼsht va baliqni cheklab, sut mahsulotlari, jumladan, tvorog va sut-qatiq ichimliklari ulushi orttiriladi. Niqriz xuruj qilganda ovqatlar sirasidan goʼsht, baliq mahsulotlari va alkogolь butunlay istisno etiladi. Parhez suyuq va yarim suyuq ovqatdan iborat boʼladi: sut qatiq ichimliklari, meva va sabzavot sharbatlari (ayniqsa suv qoʼshilgan limon va greyptfrut sharbatlar), kisellar, kompotlar, sabzavot shoʼrvalari, suyuq boʼtqalar, ishqorli maʼdan suvlardan iborat. Sutkasiga kamida 2 l dan ortiq suyuqlik ichish kerak. Ichiladigan dori vositalari

• Niqriz (podagra)ga qarshi dorilar: Аllopurinol (Umupol, Purinol) • Kolxitsin (Kolhikumdispert) • Etebenetsid (Etamid).

• yalligʼlanishgʼa qarshi va ogʼriq qoldiruvchi vositalar: Diklofenak (Volьtaren, Diklonat II) • Ibuprofen (Brufen retard, Burana, Nurofen) • Ketoprofen (Fleksen) • Ketorolak (Dolak, Ketanov, Ketorol) • Naproksen (Nalgezin) • Nimesulid (Аponil, Nayz, Nimesil, Nimika) • Piroksikan (Erazon) • Tempalgin.

Рахит

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Chetanning pishgan mevalarini xom, qaynatilgan va ivitilgan holda kunda 2-3 mahal ovqatdan keyin 50-70 gr dan isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Tuyatovon yaprogʼi 10 gr, qayin bargi 10 gr, brusnika yaprogʼi 10 gr, qichitqioʼt yaprogʼi 10 gr, 1 oshqoshiq aralashmani 1 stakan qaynatilgan suvga solib, soviguncha tindiriladi. Kunda 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi.

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari Bosh karam yaproqlari yalligʼlangan boʼgʼim ustiga bosilsa, ogʼriq pasayadi.

Maymunjon mevasi va yaprogʼining nastoyi xushboʼy vanna uchun qoʼllaniladi va 20 daqiqa davomida muolaja qilinadi. Tayyorlash: 50 gr maymunjonni 10 l qaynatilgan suvga solinadi, usti yopiq idishda 30 daqiqa past olovda qaynatilib, suvli vannaga agʼdariladi. Vanna harorati 38-39°C. Myolaja boʼgʼimdagi ogʼriq va shamollashni qoldiradi.

Moychechak gullari osh yoki dengiz tuzi aralashmasida nastoy koʼrinishida qoʼl va oyoqlar shishganda vanna uchun ishlatiladi. Tayyorlash: 100 gr moychechak gulini 10 gr qaynatilgan suvga solinadi, qaynatilgan suvga 200 gr osh yoki dengiz tuzi solingan boʼladi. 38°C gacha sovutiladi. Vanna vaqti 30 dan 60 daqiqagacha, bir kurs muolaja 15 kun.

Muborak giyohi qaynatmasi solingan vannalar qoʼl va oyoq boʼgʼimlari ogʼriganda qilinadi. Tayyorlash: 100 gr giyohni 6 l qaynatilgan suvga solib, yopiq idishda 10 daqiqa qaynatilib, 37°S gacha sovutiladi. Ogʼrigan boʼgʼimlar 30 daqiqa bugʼga tutiladi (bemorning ahvoliga qarab). Bir oy davomida sutkada 1 martadan uyqudan oldin vanna qilinadi. Boʼgʼimoldi shishlarini qaytarib, ogʼriqni bosadi.

Shamollagan boʼgʼimlar atrofini asalari chaqsa ogʼriq ketib, modda almashuv jarayonlari tiklanadi. Oyoq boshmaldogʼi niqrizida 7-10 marta urilgan nish uning faoliyatini toʼla tiklaydi. Bir kunda koʼpi bilan 2 marta chaqdiriladi, 2-3 kundan keyin yana takrorlanadi.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

(Visited 630 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment