Qanday qilib to’g’ri uxlash kerak?

Qanday qilib to’g’ri uxlash kerak?
Boshni Shimolga qaratib yotish kerakki, bu Erning tebranish fazasiga mos keladi.
Hammasidan yaxshisi ayvonda yoki havosi yangilanib turiladigan xonada uxlash kerak.

Agar ob-havo imkoniyat bersa, mutlaqo yalang’och holatda yoki yumshoq tungi kiyim-kechakda uxlash maqsadga muvofiqdir.
Eng yaxshisi boshga hech narsa qo’ymasdan uxlash kerak yoki yurak boshga qonni etkazib berishida og’irlik tushmasligi uchun yostiq yumshoh va tekis bo’lishi lozim.

Qattiq to’shakda yoki yumshoq parto’shak ostiga taxta qo’yib uxlash ham yaxshi. Bu mushaklarning bo’shashuviga imkon beradi, hayotiy muhim a’zolardagi bosimni pasaytiradi va qon aylanishini yaxsqilaydi. Agar yumshoh to’shakdan foydalanilsa ozmi-ko’pmi qon ohimi sustlashadi. Afsuski, aksariyat mehmonxona ma’murlari o’z mablag’larini mijozlarga hulay to’shaklar xarid qilishga emas, balki dabdabali kutish va dam olish xonalariga sarflashadi.

Men mehmon bo’lishimga to’g’ri kelgan juda ko’p xonadonlarda ham ahvol shunga o’xshash: yotoqxona – eskirib holgan o’rin-to’shaklar, garajlarda esa yap-yangi mashinalar… Mening uydagi to’shagim bu – to’rt oyoqli taxta va uning ustiga qattiq o’rin-ko’rpa solingan. Eqtimol, inson tanasi bunday to’shakka bir necha kun davomida o’rganishi kerakdir, ammo u keyinchalik judayam minnatdor bo’ladi.

Poezd, samolyot, avtobus va avtomobillarda yurishga to’g’ri kelganda, yumshoq ko’piksimon quloq po’kagidan foydalanish lozim, ular shovqin va tovushni o’tkazmaydi. Eng yaxshisi, batamom tinch joyda uxlash maqsadga muvofiqdir, aks holda tebranish shovhini yurakka, qontomirlari va asab tizimiga salbiy ta’sir qiladi.

Odam yolg’iz uxlashi kerak. Agar ikki kishi birga uxlasa, bu ularga sog’lomlik keltirmaydi, nega deganda, bir odamdan chihadigan zaharni ikkinchi kishining terisi shimib oladi. O’zlarining ovoz chiharib nafas olishlari, xurraklari, uyhuda bezovta bo’lishlari bilan bir-birlariga xalahit berishi mumkin.

Qachonki odam yolg’iz uxlanganda tun davomida katta hayotiy kuch-quvvat to’playdi. Agar er-xotinlar shaxsiy o’rin-to’shaklarida yonma-yon uxlashsa, uyquni yaxshi dam olgan va tetik holatda tark etishadi. Buning iloji bo’lmasa, krovat ikki kishiga mo’ljallangan bo’lishi kerak.

(Visited 935 times, 1 visits today)

Related posts