Qabziyatda
Qabziyat bo’lmasin, desangiz, ovqatning turini har xil qiling, ko’proq meva iste’mol qiling, jismoniy harakatni ko’paytiring. Tez-tez qabziyat bo’lib turadigan ayrim kishilar dori yoki klizmadan foydalanadilar. Bu usullarning salomatlikka foydasidan ko’ra ziyoni ko’proq.
Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, qabziyat holati ba’zi me’da yoki o’t pufagi kasalligida ham bo’lishi mumkin. Ayniqsa, bunday paytda qabziyatni davolashga ahamiyat berish kerak bo’ladi, chunki axlat organizmdan o’z vaqtida chiqarilmasa, uning tarkibidagi turli zaharli moddalar qonga so’rilib, asab tizimi faoliyatini buzadi, kishi hissiyotini yomonlashtiradi, bosh og’rig’i, tez charchashlik, asabiylashish hollari ro’y beradi.
Qabziyatning ich surish yoki ich ketish hollari ham uchrab turadi. Buning sababi juda ko’p. Masalan, mehmondorchilikda me’yoridan ortiq ovqatlanish, ko’proq yog’li taomlar iste’mol qilish oqibatida ham ich ketishi mumkin. Negaki, to’la-to’kkis parchalanmagan ovqat moddalari qonga yaxshi so’rilmaydi, natijada ich ketish sodir bo’ladi.
Ba’zi birovlar faqat sutli yoki sut iste’mol qilganida ichi suriladi. Bu – kasallik emas. Ma’lumki, odam organizmida ovqatlarni parchalaydigan ikki mingga yaqin fermantlar mavjud. Jumladan, sut tarkibida uglevod moddasi – laktoza (sut qandi)ning parchalanishi uchun maxsus ferment – laktoza darkor. Ayrim odamlarning ichagida laktoza fermenti butunlay bo’lmaydi yoki kam miqdorda bo’ladi. Agar bunday kishilar sut ichsalar, sutdagi qand moddasi – laktoza parchalanmaydi va natijada ich ketishi kuzatiladi.
1 oshqoshiq asalni 1 stakan qaynatib sovutilgan suvda eritasiz. Ertalab och qoringa oz-ozdan bo’shashtiruvchi sifatida kuniga 3 mahal ovqatdan oldin iste’mol qilasiz. Yoki asalni olma sharbatida eritsa ham bo’ladi.