Psixologiya faktlar

Psixologiya faktlar

Psixologiya faktlar Yaxshi baholar yomon baholarga nisbatan esda yaxshi qoladi. “A’lo” (5) baho 89% hollarda esda saqlab qolinadi, “Qoniqarli” (3) baho esa 29% hollarda esda qoladi. Shuning uchun ko`pchilik odamlar o`zlarining yoshlikdagi yomon baholarini eslay olmaydilar va yaxshi o`qiganliklarini eslab yurishadi.
Qora rangdagi forma kiyib olgan jamoalar hakam tomonidan ko`proq jazolanadilar. Bu MXL va MFL larning ko`pyillik statistikalari asosida tasdiqlangan.

.Notanish joyda ko`pchilik odamlar o`zlari bilmagan holda o`ngga burilishadi. Shuning uchun tiqilinchda qolmay yoki navbatda turib qolmay desangiz chapga

qarab yuring yoki navbatda turganlarning chap qatoriga o`ting.

Kiyim-kechaklar do`konida xaridor ayollar asosan betartib joylashtirilgan polka va veshalkalarga e’tibor berishadi. Ularning nazarida eng qiziq narsalar mana shu yerda joylashganga o`xshab ko`rinadi.
Do`kon rastalrida baholarni to`g`ri yozib qo`yish ham katta ahamiyatga ega. Misol uchun “Apelsin donasi 0.25 $” degan yozuvni “Apelsin donasi ¼ $”

deb almashtirish orqali savdoni ancha jonlantirish mumkin.

Agar siz o`zingizni qancha og`ir-bosiq tutsangiz atrofingizdagi odamlar sizning rayingizga unchalik qarshi chiqishmaydi. Aksincha, agar o`z nuqtai nazaringizni jon jahdingiz bilan, kuyib-pishib boshqalarga tushuntirmoqchi bo`lsangiz asoslangan va kuchli qarama-qarshilikka duch kelasiz.
Erkaklar va ayollar jinoyat sodir bo`lgan paytda ushbu jarayon detallarini turlicha xotirasida saqlab qoladilar.

 

Misol uchun jinoyatchi ko`chadan ketayotgan odamning sumkasini qo`lidan yulib olib qochsa ayollar uning yuzida nima aks etganini (xavotir, g`azab) yani uning his-tiyg`ularini eslab qoladilar. Erkaklar esa, aksincha jinoyatchining tashqi ko`rinishi(bo`yi, gavdasi, sochlari)ni eslab qolishar ekan.

 

Inson tashqi ko`rinishi va uning jinoyatga moyilligi orasida ma’lum darajada bog`liqlik bor. Asosan, jinoyatchilarning oddiy insonlarga nisbatan istarasi sovuq bo`ladi. Istarasi issiq, tashqi ko`rinishi chiroyli bo`lgan insonlar o`rtasida jinoyatga moyillik kam.

Manba: http://amuziyo.uz

(Visited 425 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!