Organizmning reaktivligi

Organizmning reaktivligi (lotincha reactio-qarshi ta’sir, aks ta’­sir, javob berish demakdir) deganda,organizmning atrof muhit ta’siriga yaxlit-bir butun holda o’z hayot faoliyatini o’zgartirib o’ziga xos javob qaytarish qobiliyati tushuniladi.

Ma’ruza maqsadi: Talabalarda organizm reaktivligi, hamda uni hosil qi­luvchi omillar to’·risida, hamda ularning patologiyadagi roli hamda yo’naltiruvchi tushuncha hosil qilish

Muhokama qilinadigan savollar:

1.Reaktivlik to’g’risida umumiy tushunchalar

  1. Reaktivlik va rezistentlik  tushunchalari orasidagi

o’zaro munosabat.

  1. Reaktivlikning evolyutsion shakllanishi
  2. Reaktivlik mexanizmlari

Organizm umumiy reaktivligi va rezistentligi

haqida tushuncha.

Organizmning reaktivligi (lotincha reactio-qarshi ta’sir, aks ta’­sir, javob berish demakdir) deganda,organizmning atrof muhit ta’siriga yaxlit-bir butun holda o’z hayot faoliyatini o’zgartirib o’ziga xos javob qaytarish qobiliyati tushuniladi.

Reaktivlik-butun tirik mavjudotning xuddi moddalar almashinu­vi,o’sishi,ko’payishi kabi muhim biologik xususiyati hisoblanadi.

Organizm rezistentligi (lotincha-resistentia-qarshilik ko’rsati­shi,bardoshligi demakdir) deganda,organizmning har xil, ayniqsa shikast­lovchi omillar ta’siriga bardoshligi,chidamligi tushuniladi.

Ikkala termin  ham tirik organizmning asosiy xususiyatlarini aks ettiradi va bir-biriga uzviy bevosita bog’liq. Ammo reaktivlik va rezis­tentlik tushunchalari aynan bir ma’noni bildirmaydi. Masalan, anafilaktik shokda organizmning reaktivligi oshgan,ammo rezistentligi, bardoshligi yoki shikastlovchi omilga nisbatan qarshilik qilish qobiliyati pasaygan bo’la­di.Ba’zi hayvonlarda qishki uyqu vaqtida organizmning umumiy reaktivli­gi pasayadi,ammo zararli omillarning (infektsiya) kasallik chaqiruvchi ta’­siriga nisbatan rezistentligi, ya’ni qarshilik ko’rsatish qobiliyati yoki chi­damliligi ortgan bo’ladi.Organizmga patogen qo’z·atuvchilar ta’sir ko’r­satganida uning reaktivligini har xil o’zgarishlari asosan himoya va mos­lashuv xarakteriga ega.Demak, reaktivlik organizmning rezistentlik mexa­nizmlarini ham o’z ichiga oluvchi umumiy belgilanishidir,rezistentlik esa reaktivlik jarayonlarining himoya-moslanishuv tarzida ifodalanishi xolos.

Shunday qilib, reaktivlik atrof – muhitning u yoki bu ta’siriga nisbatan hujayralarning,to’qimalarnin,organlarning,sistemalarning va qola­versa yaxlit organizmning bir-butun holdagi reaktsiyasidir.Organizmning bu murakkab reaktsiyasi quyidagi tomonlarga yo’nalgan bo’ladi:

1.Atrof-muhit bilan eng qulay o’zaro munosabatlarni saqlab turishi­ga;

  1. Organizmning ichki muhitning doyimiligi (gomeostazi) ni saqlash­ga;

3.Bardoshlik, chidamlik yoki qarshilik qilish qobiliyatini ta’minlashga;

4.Paydo bo’lgan patologik o’zgarishlarga himoya, moslashuv, kompensator va so·ayishning tiklanish mexanizmlarini jalb qilib barham berishga.

Demak, organizm javob qaytarishining-reaktivligining asosiy mazmu­ni doimo o’zgarib turuvchi atrof-muhit sharoitlarida o’z hayotini va sog’liqni saqlash uchun kurashidan iborat.

Reaktivlik va rezistentlikning shakllari.

Reaktivlikni tashqi (qisman ichki) namoyon bo’lish darajasi «o’lchamiga» qarab shartli ravishda quyidagi shakllari farq qilinadi:

1.Normergik – javobning fiziologik me’yor chegarasida, ya’ni ta’sirga nisbatan reaktivlik mos holda ta’sirga nisbatan nihoyatda bo’rtgan holda javob bo’lishi.

  1. Giperergik-javobning alomatlari (o’zgarishlari) past bo’lgan holda .

3.Gipergik – javobning alomatlari (o’zgarishlari) bo’lgan holda.

Butun organizm darajasida reaktivlikning u yoki bu shakli alohida holda hech qachon uchramaydi va  shu sababli yaxlit organizmga reaktivlik­ning u yoki bu shaklini ustun bo’lishi haqida gapirish mumkin xolos. Orga­nizmning ayrim sistemalari va organlariga nisbatan reaktivlik u yoki bu darajasida gipergiya yoki giperergiya namoyon bo’lishi mumkin.

Rezistentlikning shakllari, ayniqsa immunitetning ko’rinishlari or­ganizm, adaptatsiyasini o’rganish asosida aniqlangan. Tabiiy rezistentlik organizmni qandaydir kasallik tarqatuvchi omilning ta’siriga berilmas­ligi, ya’ni kasallik yuqtirmasligi bilan ifodalanadi. Masalan, inson orga­nizmi yirik shoxli hayvonlarning toun kasalligiga rezistent, tuya orga­nizmi esa nisbiy rezistentlik bilan farq qiladi. Tuyaga oddiy sharoitda toun kasalligi – yuqmaydi,ammo uning organizmda umumiy reaktivligini pasaytiruvchi (masalan,charchash,sovuqda qolish,ochlik va h.k.)lar tufayli bunga o’xshash omillar ta’siriga, ya’ni kasalliklarga beriluvchi bo’lib qoladi.

Rezistentlikni faol va nofaol shakllari farq qilinadi. Faol rezis­tentlik organizmning shikastlovchi omillar ta’siriga javobi shaklida adaptatsion mexanizmlarini rivojlanishi va bunda rivojlanishga «javobgar» bo’lgan hujayralar, organlar,to’qimalar va sistemalar faoliyatining zo’ra­yishi bilan xarakterlanadi.Masalan,gipoksiyaga nisbatan rezistentlik o’p­ka ventiliyatsiyasi va qon aylanishi kuchayishi bilan, yuqumli kasalliklarda esa leykotsitlarning fagotsitar faolligini oshishi va antitelolar ishlab chiqarilishining kuchayishi bilan ta’minlanadi.

Nofaol rezistentlik organizmning himoya-to’siq, tuzilmalari va funk­tsiyalari bilan ta’minlanadi. Masalan,bosh miya kalla suyagi bilan orqa miya esa umurtqa po·onasi bilan yaxshi himoyalangan,o’pka,yurak,yirik tomirlar ko’krak qafasi bilan himoyalangan, jigar, buyraklar, me’da osti bezi taloq va boshqa organlar har xil mexanik ta’sirlardan qorin pardasi bosimi bilan to’silgan,bachadon va tuxumdonlar chanoq suyagi bilan o’ralgan,qon yaratuvchi organ-suyak ko’migi-suyaklarning ichiga joylashishi,tananing teri va shilliq pardalar bilan qoplanganki, ular turli ta’sirotlardan orga­nizmni saqlaydi.Masalan,teri va shilliq pardalar turli patogen qo’z·a­tuvchilar uchun murakkab to’siq hisoblanadi,to’qimalar bilan qon o’rtasida esa gistogematik bar’erlar (to’siqlar) mavjud.

Rezistentlik birlamchi,ya’ni umumlashtirib aytganda irsiyatga ikki­lamchi,shaxsiy hayotda orttirilgan bo’ladi. Ikkilamchi rezistentlik o’z nav­batida faol yoki nofaol rezistentlikga yuqori tog’lik sharoitiga moslashish natijasida organizmning gipoksiyaga nisbatan chidamligini ortishini misol qilib ko’rsatish mumkin.

Ikkilamchi-nofaol rezistentlikka esa faol immunizatsiyalangan donor organizmdan olingan qon boshqa odamga-retsipientga quyilganda uning do­norning antitelolari evaziga u yoki bu yuqumli ta’sirotga chidamliroq bo’g’lishi. Homila va chaqaloqning organizmning onadan o’tgan antitelolar hiso­biga barqarorlikka ega bo’lishi va h.k. keltirish mumkin.

Rezistentlik spetsifik-maxsus bo’lishi patogen omillarga va ayniqsa nospetsifik turli qo’zg’atuvchilarga qarshi yo’nalgan bo’lishi mumkin. Rezis­tentlik umumiy shaklda-butun organizmning yoki mahalliy holda ayrim to’qimalarning chidamligi, tana ayrim qismlarining chidamligining turli shak­lida namoyon bo’ladi.

Reaktivlik va rezistentlikning turlari.

Reaktivlik va rezistentlikni turlari tabiiy immunitet ta’limoti­ning rivojlanishi natijasida farq qilinadigan bo’ladi. Reaktivlini quyi­dagi turlari farqlanadi.

Turga taalluqli yoki biologik reaktivlik, turni to’da saqlashga shu­ningdek undagi har bir alohida zotni saqlashga qaratilgan.

Turning reaktivligi shu tur namoyondalarining irsiy anatomik-fizio­logik xususiyatlari bilan belgilanadi.

Tur reaktivligiga misol sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  1. a) sodda hayvonlarni muayyan maqsadga qarab harakatlanishi (toksik) va asalari,o’rgimchak va uning hayot faoliyatining murakkab – reflektor o’zgarishlari (instinktlar);
  2. b) baliq va qushlarning ko’payishi va atrof muhitning yil fasliga bo·liq o’zgarishlari bilan bo·liq bo’lgan mavsumiy migratsiyasi (harakatla­nishi);

v)hayvonlarning hayot faoliyatining mavsumiy o’zgarishlari (anabi­oz,qishki va yozgi uyquga kirishlar).

Turning reaktivligi organizmning u yoki bu kasalliklarga moyilligi bor yoki yo’qligini belgilaydi. Masalan,insonga itlarni touni yuqmay­di,hayvonlarga insonlarning tanosil kasalliklari (so’zak,zaxm va h.k.) yuqmaydi.

Guruxga ta’luqli reaktivlik-turning reaktivligi negizida shaklla­nadi. Ma’lum guruh reaktivligini aniqlashda shu guruhga kiruvchi alohida fardlarning reaktivlik xususiyatlari e’tiborga olinadi. Masalan, Gippok­rat insonlarni asosiy tiplarini ularning temperamentlariga qarab quyi­dagi guruhlarga ajratgan:

a)sangviniklar ;                    b)xoleriklar;

v)melanxoliklar;                  g)flegmatiklar;

Ular har bir tip namoyandalarini ma’lum kasalliklarga moyilligi bor deb hisoblardi. Masalan,I.P.Pavlov itlarni oliy nerv faoliyatiga qa­rab,quyidagi tiplarini farq qiladi:

  1. a) kuchli vazmin-harakatchan;
  2. b) kuchli vazmin-inert;
  3. v) kuchli bir xil turmaydigan,to’xtatib bo’lmaydigan;
  4. g) kuchsiz tip.

A.D. Ado va S.I.Vays itlarda surunkali tajribalarda anafilaktik reaktsiya o’rganib borib,quyidagilarni ajratdilar:

a)reaktivlik;                      b)o’rtacha reaktivlik;

v)sust;                              g)kam reaktivlik tiplar

shular jumlasiga kiradilar.

Insonlarni qonini immunogenetik belgilarga ko’ra 0(I), A(II), V(III),AV(IY) guruhlarga bo’linadi. Insonlarning qonini har xil immuno­logik ko’rsatkichlar bo’yicha o’rganish qon guruhlari va organizmni reaktiv­ligining xususiyatlari orasida o’zaro bo·liqlik mavjud.

Masalan, bronxial astmada bemorlarda qon guruhi M (sistema M ) va qon guruhi O(AVO sistemali),shuningdek gaptoglobinni (NR 2-2) tutgan­larning sonini ko’pligi kuzatilgan.

Har xil reaktivlik bir xil va teng kuchli qo’z·atuvchilarga har xil fardlar turlicha reaktsiya beradilar. Masalan,bolalarni difteriya (bo’·ma) anatoksini bilan immunizatsiyalaganda faqat 20,3% bolalarda antitelalar­ni faol ishlab chiqilishi kuzatiladi xolos,52% bolalarda antitelo ishlab chiqarilishi kamayganligi,27,7% da esa antitelolar ishlab chiqarilishi osh­kor qilingan.Ba’zi bolalarda immunitetning o’rniga allergiya paydo bo’la­di.Immunizatsiyalash sharoiti bolalarning yoshi va yuboriladigan antigenni miqdori bir xil bo’lgani holda reaktsiyalarni xar xil bo’lishi bolalar or­ganizmining reaktivligini fardiy xususiyatlari bilan bo·lanadi.

Xuddi shunday hodisa ommaviy epidemiyalar vaqtida kuzatiladi, bu za­mon ba’zilar o·ir xastalanadi va o’ladi,boshqalar o’rta og’irlikda kasal­lanadi,uchinchilari umuman kasallanmaydi.

Fardiy reaktivlik organizmning irsiy konstituttsional xususiyatla­riga,yoshiga,jinsiga va atrof muhitning ta’siriga bog’liq.Fardiy reaktiv­lik ikki turli-fiziologik va patologik bo’lishi mumkin.Fiziologik reak­tivlik organizmning ta’sirlovchilarga mos javob berishi va organizmda patologik o’zgarishlarning yo’qligi bilan ifodalanadi.

Patologik reaktivlik organizmga atrof-muhitning kasallik qo’z·a­tuvchi omillari ta’sirida paydo bo’ladi va kasallik paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi.

Masalan,bolalar organizmmi isib ketgandan,sovuq egandan,och qol­gandan so’ng har xil kasalliklarga beriluvchan bo’lib qoladi.Shu bilan birga ba’zi kasalliklarda qator funktsiyalarning kuchayishi ham bo’lishi mumkin.Bunga misol bo’lib patologik reaktivlik holatidagi isitma,nafas qisishi,terlash,qon bosimining ko’tarilishi kabilar hisoblanadi.

Patologik reaktivlik organizmning spetsifik va nospetsifik reaktsiya­lari bilan namoyon bo’ladi. Spetsifik reaktsiyalar bemorda har bir nozologik shaklni xarakterli manzarasini shakllantiradi(sil kasalligida do’mboqcha-

larning hosil bo’lishi,grippda yuqori nafas yo’llarining shikastlanishi,nur­lanishda qon yaratuvchi organlarning zararlanishi,gipertoniyada arteriola­larning spazmi va h.k.)

Nospetsifik reaktsiyalarga isitma,umumiy adaptatsion sindrom,himoya­ning nospetsifik gumoral omillari(komplement,lizotsim,properdin va bosh- qalar) kiradi.

Turga oid rezistentlik turga xos alomatlari bilan ifodalanadi,har xil turlar namoyandalarining turlicha chidamliligi bilan ifodalanadi. Ma­salan,gistaminni yuborishda har xil yuqumli kasalliklarining qo’z·atuvchi­lariga nisbatan xuddi shunday hodisa kuzatiladi.

Rezistentlik yana organizmning fardiy xususiyatlariga, yoshiga va jin­siga bo·liq.Shuni alohida qayd qilish kerakki, reaktivlik va rezistent­likning har xil alomatlarini alohida turlarga ajratish organizmning bu xususiyatlarida aniq ajratib bo’lmaydigan shakllar borligi tufayli ancha­gina qiyindir.

HAR XIL YoShLI BOLALAR ORGANIZMINING REAKTIVLIGI VA REZISTENTLIGI

Ontogenezning ilk  davrlarida(homilaning shakllanish davrida) reaktivlik va rezistentlik molekulyar darajada amalga oshiriladi.To’qimalar­ning o’sishi va tabaqalanishi (differentsiatsiyasi)ni boshqarishni yagona yo’li gen bilan boshqarish hisoblanadi.Keyinchalik neyroendokrin sistemaning shakllanib borishi va hujayralarda gormonlarni his qiluvchi retseptorlar­ning paydo bo’la boshlashi oqibatida,regulyatsiya qilish funktsiyasini gumoral omillar-katexolaminlar,atsetilxolin,serotonin va ehtimol prostaglandin­lar bajaradilar.

Ilk ontogenezning navbatdagi davrida reaktivlik va rezistentlik hujayralar darajasida amalga oshiriladi. Patologik hujayraviy reaktivlik rivojlanishning me’yoridan tashqariga chiqish nuqsonlarining paydo bo’lishi bilan namoyon bo’ladi.Homilaning oksigen tanqislikka sezgirligi va qator boshqa omillarga sezgirligi hujayralardagi oksidlanish jarayonlarining sur’atiga bog’liq.Moddalar almashinuvi sur’atining yuqoriligi va homila­ning har xil shikastlovchi omillar ta’siriga yuqori sezuvchanligi tufayli har xil patologik o’zgarishlarning paydo bo’lish xavfi ham yuqoridir.

Pusht va homilaning sezuvchanligi embriogenezning kritik (nozik) davrlarida ayniqsa yuqoridir. Bu davrlar quyidagilardan iborat:

1.implantatsiyagacha bo’lgan davr (homiladorlikning birinchi haftasi)

2.implantatsiya davri(3-6 haftalik homila davri)

3.organogenez va platsentatsiya (homilaning 9-12 haftalik davri)

Pusht va homila mana shu davrlarda dorilarning,ionlashtiruvchi nur­larning, bakterial toksinlarning ta’sirlarida osongina zararlanadigan bo’ladi.

Onaning kasalliklari uning dori iste’mol qilishi,zararli odatla­ri(chekish,alkogol iste’mol qilish,nos chekish) pusht va homila taraqqiyo­tiga zararli ta’sir ko’rsatadi. Embrional taraqqiyot davrida paydo bo’lgan patologik o’zgarishlar bola tu·ilgandan so’nggi postnatal davrida va hat­toki yoshlik davrida namoyon bo’lishi mumkin.

Patogen qo’z·atuvchilar pusht va homilaning rezistentligini pasayti­rishi va homiladorlikni muddatidan avval tugashiga va har xil tu·ma nuq- sonlarning paydo bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Alterativ hodisalar kattalarga nisbatan embrionda juda kuchsiz holda bo’ladi.

O·ir shikastlanishlar natijasida agar homila tirik qolsa,uning or­ganizmida chandiqlar hosil bo’lmaydi,to’qimalar regeneratsiyasi hisobi­ga(embrionda bu holat yaxshi namoyon bo’ladi) qaytadan tiklanadi.Homila hujayralari har xil ta’sirlarga (fizik,kimyoviy,biologik),o’sishning kuch­li darajada o’zgarishi bilan javob beradi.Bu esa embriogenezning buzili­shiga olib keladi.Bu borada faol bo’linuvchi hujayralar ayniqsa sezgir­dir.Qizilcha virusi va onaning boshqa yuqumli kasallik o’uz·atuvchi virus­lar(zardob gepatiti,epidemik paratit,qizamiq va b. viruslar)homilador­likning dastlabki ikki oy davomida teratogen ta’siri borligi isbot qi­lingan. Yana shu davrda homilaga zararlovchi ta’sir ko’rsatadiganlar qato­riga ba’zi dorilar, gipoksiya va ionlashtiruvchi nurlar ham kiradi.

Embrional davrda qon tomirlar reaktsiyasi (yallig’lanish reaktsiyasi) ekssudativ komponenti) yo’qligidan yalli·lanish reaktsiyasiga imkoniyat yo’qligi aniqlangan.

Ontogenezning erta davrlarida tabiiy rezistentlik asosan fagotsi­toz hisobiga sodir bo’ladi. Embrional taraqqiyotning birinchi yarmida fago­tsitoz kuchsiz holda yoki butunlay bo’lmaydi.Embrion rivojlana borishi bi­lan u ham mukammallashib boradi.

Retikuloendotelial sistema asta rivojlana borib pusht va homila­ning reaktivligi va rezistentligining shakllanishida ishtrok eta boshlay­di. Pushtda immunologik reaktivlik mavjud emas.Embrional taraqqiyotning birinchi davrida bu hodisa kuchsiz namoyon bo’ladi.

Homiladorlikning 20 haftasidan boshlab homila plantsenta orqali onasining immunoglobulinlarini qabul qiladi va ular homilaning passiv immunitetini ta’minlaydi. Plantsenta bar’eri orqali faqat IgJ o’tadi,shu tufayli homila qonidagi immunoglobulinninng miqdori onasining qonidagi

bilan barobar bo’ladi. Platsenta orqali quyidagi infektsiyalarga qarshi ho­sil bo’lgan antitanalar o’ta oladi:

-gripp,gerpes,virusli entsefalit,bu·ma,ko’kyutal,chechak,poliemielit epidemik paratit,qizilcha,qoqshol,toksoplazmoz va b.

T-limfotsitlar bilan bog’angan immunologik reaktsiyalar orasida bi­rinchi bo’lib transplantantning ko’chishi namoyon bo’ladi. 20 haftalik homi­ladorlikdan so’ng homilaning immun appparati etarlicha voyaga etganidan homilaning o’zida spetsifik antitanalar ishlab chiqarilishi mumkin.Shunday antitanalardan IgM plantsenta bar’eri orqali o’ta olmaydi.Taxmin qilini­shicha IgA plantsentada sintez bo’ladi.Shuningdek, homilaning IgJ sintezla­shi mumkinligi haqida ham fikrlar bor.Homilaning organizmi rivojlangan sari uning reaktivligi va rezistentligi, organlar va sistemalar dara­jasida amalga oshadi.Homila organizmining reaktivligi va rezistentligi­da endokrin,qon yaratuvchi, tomirlar,nerv va boshqa sistemalar ishtrok eta­di.

Ona qornidagi tarqqiyotning 5-6 oyligidan boshlab homila yalli·lani­shi reaktsiyasi bilan javob qilish xossasiga ega bo’la boshlaydi.Asosan al­terativ-proliferativ shaklda,so’ng esa eksudativ shaklda namoyon bo’ladi.

Tu·ilgandan so’ng hayot davomida reaktivlik va rezistentlik doim o’zgarib turadi. Chaqaloqlik davrida reaktivlik va rezistentlik homila antinatal davrining oxiridagi reaktivlik va rezistentlikka yaqindir. Tug’ilgandan so’ng organizmning hujayraviy immuniteti katta yoshlilarnikiga juda o’xshashdir.Bundan limfotsitlarning blast hujayralariga transformatsi­yalanishi va rozetka hosil qilish qobiliyati borligi dalolat berib turib­di.Shu davrda gumoral immunitet qismini ham faollashganlik alomatlari qayd qilinadi.IgA va IgM larning miqdori ko’paya boradi.Ular chaqaloqning limfoid to’qimasini hosil qilgan mahsulotidir.3-4 oylikkacha bo’lgan go’dakning qonida IgJning miqdori ona qonidagi miqdorga teng. Keyin shu im­munoglobulinning miqdori kamayib boradi va 6 oylik go’dakning qonida butunlay yo’qolib ketadi.Shu davrdan boshlab go’dakning organizmi o’zining xususiy immunoglobulinlarini hosil qila boshlaydi.Shunisi borki IgM tez­roq,IgJ esa sekinroq sintezlanadi.Chaqaloqning rezistentligi nospetsifik himoya omillari ishtrokida ham ta’minlanadi.

Chaqaloq tu·ilganda leykotsitlarning fagotsitoz qilish faolligi ona organizmining fagotsitlari faolligi darajasida bo’ladi. Hayotning 3-4 kun­larida go’dakda bu holat ortadi. Lizotsimning miqdori chaqaloqda onasiga nisbatan yuqoridir.Properdin va komplementlarning miqdori esa chaqaloqda onasiga qaraganda biroz kam.Gudak organizmida hayotning birinchi oylarida nomaxsus himoya omillari faolligining ortishi onaning  emizishi,ichakda mikrob florasi paydo bo’lishi,maxsus va nomaxsus antigen stimullaprining ta’siri bilan bog’liq.1-3 yoshgacha bo’lgan bolalar organizmining reaktiv­ligi va rezistentligi o’ziga xos xususiyatlarga ega.Bu passiv rezistent­likning zaiflashuvi va qator ta’sirlarga faol adaptatsiya mexanizmlarini rivojlanishi bilan namoyon bo’ladi.Keyinchalik reaktivlik va rezistentlik boshqa yoshli bolalar guruhlarida,shuningdek pubertat davrida endokrin sistemada yuzaga keladigan o’zgarishlar natijasida ham o’zgaradi.

Balog’at yoshiga etganda eng yuqori rezistentlik va kuchli ko’rinishdagi reaktivlik kuzatiladi,bu esa qator patologik jarayonlarning kechishida ko’rinadi va ular eng ifodalangan xarakterga ega bo’ladi.

Inson qariganida fiziologik va  shu bilan birga immunologik va al­lergik reaktivliklarning zaiflashuvi qayd qilinadi. Organizmning  rezis­tentligi ham susayadi.

Har xil  yoshli bolalar organizmining rezistentligi va reaktivligini ifodalovchi umumiy qonuniyatlar quyidagilardan iborat: bola qanchalik yosh bulsa kasallikning maxsus alomatlari shunchalik kam namoyon bo’ladi.Ammo shu davrda kasallikni nomaxsus belgilari yaqqol ko’zga tashlanadi.O’sayotgan bola organizmining eng muhim xususiyatlaridan biri o’sish va rivojlanishni stabillashtirish qobilyati hisoblanadi.Hattoki kasallik yoki ochlik holla­rida ham shular ta’sirida o’sish dinamikasining buzilishi sodir bo’lsa ham oldindan belgilangan o’sish qobiliyatiga qaytadi. Bolalar organizmining bu xususiyati katta yoshlilardagi gomeostazdan farqli ravishda gomeoraz deyi­ladi.Bu taraqqiy etayotgan sistemalar doimiyligini saqlash xususiyatidir.

 

ORGANIZM REAKTIVLIGI VA REZISTENTLIGINING

OMILLARI VA MEXANIZMLARI

Evolyutsiya jarayonida reaktivlikning mexanizmlari ham doimo o’zgarib borgan deb qarash kerak. Solishtirma tadqiqotlarning ko’rsatishicha hayvon organizmi qanchalik kam taraqqiy qilgan bo’lsa, uning reaktivligi ham shunchalik sodda shaklda namoyon bo’ladi.

Evolyutsion taraqqiyotning eng boshlang’ich davrlarida reaktivlik va rezistentlik molekulyar darajada moddalar almashinuvining o’zgarishi hiso­biga amalga oshishi mumkin edi.Masalan, eng sodda hayvonlarning va ko’p umurtqasiz hayvonlarning reaktivligi va rezistentligi asosan modda al­mashinuvi bilan belgilanadi.Atrof- muhitning salbiy ta’sirida moddalar almashinuvi osongina o’zgaradi.Ko’pincha esa moddalar almashinuvining har xil darajada pasayishi kelib chiqadi. Giporeaktivlik sezilarli darajadagi gipoksiyaga, sovuq haroratga bardosh berishga imkoniyat yaratadi. Agar modda­lar almashinuvining buzilishi rezistentlikning pasayishiga olib kelsa,u esa turning qirilib ketishiga olib keladi.

Bakteriyalar va sodda hayvolarda reaktivlik va rezistentlik o’zga­rishining sababi ularda moddalar almashinuvi hujayralar darajasida buzi­lishida yaqqol ko’rinadi. Bakteriyalar va sodda hayvonlarning muayyan kimyo­viy moddalarga nisbatan turlicha sezgirligi hammaga ma’lumdir.B akteri­tsid moddalar ko’pincha ularda moddalar almashinuvining keskin pasayishiga olib keladi,bu kislorod iste’mol qilishning pasayishida namoyon bo’ladi.

Organizmning reaktivligi va rezistentligining mexanizmlarida nerv,endokrin sistema shuningdek, biriktiruvchi to’qima va ovqatlanishning muhim ahamiyati bor. Nerv sistemasi reaktivlik va rezistentlikni hamma sohalarda,boshlan·ich zvenolarida,nerv yo’llarida,orqa va uzunchoq miyada po’stloq osti sohalar va katta yarim sharlar qobi·ida shakllantiradi.

Qishki uyquga kirgan hayvonlar oksigen tanqislikni anchagina engil o’tkazadi.Simpatik nerv sistemasining qo’z·alishi organizmda moddalar al­mashinuvi va reaktivlikning kuchayishiga olib keladi.Desimpatizatsiya­lash(eksperimentda ko’pchilik simpatik tugunlarni kesib olib tashlash)orga­nizm reaktivligining pasayishiga olib keladi.

Adrenalektomiya qilinganda organizmning mexanik jarohatlani­shi(travma),elektr tokining bakterial toksinlar t’siriga qarshilik qilish qobiliyati keskin kamayadi.Glyukokortikoidlarning yuborilishi organizmning odatdan tashqari qo’zg’atuvchilar  ta’siriga chidamliligini kuchaytiradi.

Organizmning reaktivlik va rezistentligi mexanizmlarida birikti­ruvchi to’qimaning holati muhim ahamiyatga ega. Bunday holatlarga makro­faglarning fagotsitar faolligi,hujayra elementlarining oraliq moddalar almashinuvida ishtirok etishi,plazmatik hujayralarning antitanalar ishlab chiqarilishi, semiz hujayralarning allergik reaktsiyalarda ishtirok etishi va b.lar kiradi.

Organizmning ovqatlanishi reaktivlik va rezistentlik mexanizmlari­ga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Alimentar distrofiya organizmning reaktivli­gini keskin pasaytiradi(bu vaqtda yallig’lanish jarayonlari sust kecha­di,anafilaksiya holatini hosil qilib bo’lmaydi, allergik reaktsiyalar yo’qo­ladi va h.k.)

Ovqatda oqsillarning etishmasligi alohida ahamiyatga ega. Ovqatda oqsilning yo’qligi natijasida organizmning infektsiyalar va intoksikatsiya­larga nisbatan rezistentligi pasayadi. Ovqatda vitaminlarning yo’qligidan organizmning reaktivligi zaiflashadi.

ORGANIZM REAKTIVLIGI VA REZISTENTLIGIDA TAShQI

VA IChKI ShAROITLARNING AHAMIYaTI

Atrof muhit organizmning reaktivligiga va rezistentligiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan,organizmning reaktivligini gipertermiya kuchay­tiradi,gipotermiya esa zaiflashtiradi.Nurli radiatsiya organizm reaktivli­gini pasaytiradi va buzadi,rezistentligini esa kamaytiradi. Gipoksiya retikuloendotelial sistemaning funktsiyasini o’zgartiradi,shuningdek immu­nologik va allergik reaktivlikka ham ta’sir qiladi.Ob-havoning keskin o’zgarishi, hamda yil faslari va iqlim ham organizmning reaktivligiga va rezistentligiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi.

Kuchi va ta’sir qilish muddati aynan bir xil qo’zg’atuvchilarga orga­nizmning yoz va qish vaqtidagi reaktivligi har xil. Reaktivlik organizm­ning holatiga bo·liq.Hushyorlik va uyqu,charchash va turli zaharlanishlarda reaktivlik ham o’zgaradi.

(Visited 3 329 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment