Oqqon uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

oqqon

Oqqon uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

 

Leykoz, leykemiya, oqqon, qon saratoni – qon yaratish tizimining o’sma kasalligi. O’tkir va surunkali bo’ladi. Oqqon kasalligida inson organizmida qizil qon tanachalarida gemoglabin kamayib ketishi, qonda oq tanachalari — leykotsitlar sonining haddan ziyod ortib ketishi kuzatiladi. Bemor doimiy dispanser nazoratida bo’lishi, shuningdek, sovqotish va infektsiyalardan saqlanishi, oftobda yurmasligi kerak.

* Chernika mevasi va bargidan tayyorlangan damlama, qaynatmalar oqqon, onkologiya, kamqonlik kasalida ishlatiladi. Oqqon kasalida chernika bargidan 5-6 osh qoshig’i ustiga bir litr qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 5 stakandan 3 oy davomida ichiladi, so’ng bir oy tanaffus qilinadi. Shu vaqt ichida boshqa o’simlik dorilaridan ham qabul qilish mumkin.

* Chernika mevasini kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan sut bilan iste’mol qilish kerak.

* Dalachoy, ertut bargi va tillaboshdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi.

* Ermon o’ti choy kabi damlab ichiladi.

* Taloq va jigar kasalida yovvoyi murchning yosh novdasi bilan bargini qo’shib, sarig’i chiqquncha qaynatiladi. Kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan ovqatdan yarim soat oldin 20 kun davomida ichiladi.

* Ro’yan, makkai sano, zubturum, qiziltasma, qo’ypechakdan teng miqtsorda aralashtirib, choy qilib ichish kerak.

* Oqqon kasalligida parhez sakdash lozim. Karam, oshqovoq, no’xat, loviya, piyoz va ko’katlar ko’proq iste’mol qilinadi. Tuzalgunga qadar sariyog’, qo’y go’shti, qovurma ovqatlarni emaslik kerak.

* Navro’zgul o’ti va qayin bargidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi.

* Andiz ildizi, gazanda o’ti va igir ildizidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan sovuq suv quyiladi. GTast olovda og’zi yopiq holda yarim soat qaynatiladi va yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga to’rt qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Na’matak mevasi va brusnika bargidan 100 g dan, jo’ka gulidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi.

* Kungaboqarning gul kosasidan yarim kg olib, mayda qilib chopiladi. Ustiga 2 litr o’tkir qizil vino quyib, 10 kun qorong’i va iliqjoyga qo’yiladi, vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan sut bilan bemor nurlanganda ichiladi.

* Chakanda moyi kuniga 3 mahal bir choy qoshiqdan dalachoy, yalpiz, moychechakdan
tayyorlangan choylarning biri bilan ichiladi.

* Qora bug’doy (grechixa) gulidan 15 g olib, ustiga yarim ml qaynoq suv quyiladi va 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan leykozda ichiladi.

* Qora bug’doyning quritilgan gulidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal yarim stakandan asal bilan ichiladi. E s l a t m a: qora bug’doyning ho’l o’ti, guli, barglari zaharli, qurigandan so’ng zaharli xususiyatlari yo’qoladi.

* Qashqarbeda, na’matak mevasi va oddiy bodrezakdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi.

* Qayin zamburug’laridan bir qismni sovuq suvda yuvib, sirli idishga solinadi. Ustiga 10 qism qaynatilgan iliq suv quyiladi va 4-5 soat tindirib qo’yiladi. Kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Kiyiko’tidan 15 g olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Qariqiz, qoqio’t, igir ildizlaridan va qo’ziquloq o’tidan 100 g dan olinadi. TTTu yig’madan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan sovuqsuv quyiladi va past olovda og’zi yopiq holda yarim soat qaynatiladi. Suzib olib, to’rt qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Marjon daraxti mevasi va may asalidan teng miqdorda olib, yaxshilab aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqtsan ichiladi.

* Yong’oq bargi, qoqio’t ildizi va gazanda o’tidan 100 g dan, tirnoqguldan 75 g, ermon o’tidan 50 g olib, aralashtiriladi. Undan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 2 stakan sovuq suv quyiladi va past olovda yarim soat og’zi yopiq holda qaynatiladi. Suzib olib, 4 qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Shirinmiya ildizi, igir ildizi, tog’ quddusi va qushtorondan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Past olovda og’zi yopiqholda yarim soat qaynatiladi. Suzib olib, 4 qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Brusnika mevasi yoki quritilgan bargidan 20 g olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. 5 daqiqa qaynatib, bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Sassiqkavrakning maydalangan ildizidan 60 g olib, ustiga yarim litr aroq quyiladi va 7 kun saqlanadi. Kuniga 3 mahal 25 tomchidan iste’mol qilinadi.

* Budra o’ti dorivor giyohlar ichida qon tozalovchi, organizmda modda almashinuvini yaxshilovchi eng yaxshi vosita hisoblanadi. U antiseptik, yallig’lanishga qarshi, og’riqni qoldiruvchi, qonni to’xtatuvchi va yaralarni tuzatuvchi xususiyatga ega. O’tning yangi sharbati, damlamasi va spirtli damlamasi metastazalarga qarshi xossaga ega, ayniqsa, jigar saratonida samarali vosita hisoblanadi.

* Budraning maydalangan o’tidan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan suv quyib, 15 daqiqa suv hammomida qaynatiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan yarim soat oldin chorak stakandan ichiladi.

* Budra o’tidan bir qism olib, aroqdan 10 qism qo’shiladi va 10 kun qorong’i joyda saqlanadi. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Suzib olib, qorong’i joyda saqlanadi. Kuniga 3 mahal 15-20 tomchidan suv bilan iste’mol qilinadi.

* Kichik bo’riguldan 100 g olib, ustiga bir litr o’tkir qizil vino quyiladi. 10 kun qorong’i va issiqjoyda saqpanadi, vaqti-vaqgi bilan chayqatib turiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi, orqasidan na’matak mevasining damlamasi ichiladi.

* Oqqon kasalligiga mubtalo bo’lgan bemorga o’z peshobini ichish tavsiya etiladi. Kuniga 2 mahal och qoringa 80-100 g dan ichgandan so’ng kamroq ovqat iste’mol qilish kerak. Davolanish muddati bir oy.

* Soxta kashtan guli va kartoshka gulidan 75 g dan, jo’ka guli va gazanda o’tidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Ertut bargi, dalachoy va tillaboshdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Igir va qoraandiz ildizlaridan 100 g dan, gazanda o’tidan 100 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan suv quyiladi. Past olovda 30 daqiqa qaynatib, yarim soat tindiriladi. Suzib olib, to’rt qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Igir va chakamug’dan 100 g dan, bo’yimodaron, tirnoqgul va qoncho’pdan 75 g dan
olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin 150 g dan ichiladi.

* Brusnika bargidan 100 g, jo’ka gulidan 75 g, na’matak mevasidan 100 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Ermon (achchiq shuvoq) 50 g, tirnoqguldan 75 g, yong’oq bargi, qoqio’t ildizi va gazanda o’tidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan suv quyiladi. Past olovda og’zi yopiqholda yarim soat qaynatiladi. Suzib olib, to’rt qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

(Visited 549 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!