Ona suti kamligi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Ona suti

Ona suti kamligi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

 

Ona suti – bola o’chun to’laqonli oziqa hisoblanadi. U go’dak uchun botimli, quvvatbaxsh, steril, tayyor tabiiy oziqadir. Ona sutida 100 dan ortiqturli oziq moddalar bor.

Endigina tug’ilgan chaqaloq a’zolari fiziologik to’liq etilmagan, hazm qilish va modda almashinuvi faoliyati yaxshi takomillashmaganligi sababli unga faqat ona suti berish lozim. Ona suti turli kasalliklarni chaqiruvchi virus va mikroblarga qarshi kurashuvchi moddalarga boy bo’lganligi sababli, chaqaloqni turli yuqumli kasalliklardan himoya qiladi.

Ona sutini emib katta bo’lgan bolalar o’z tengqurlari orasida jismonan va aqlan ajralib turadi. Emizikli ayollarda ba’zi sabablarga ko’ra sut kamayib ketish hollari kuzatiladi. Ona sutining kamayib ketish sabablari ko’p bo’lishi mumkin: ko’krak bezlari tuzilishining xususiyati, yuqumli kasalliklar, atrof-muhitning ifloslanishi, ayollarning jismonan nosog’ligi, organizmning quvvatsizligi, noto’g’ri ovqatlanish, jizzakilik, asab toliqishi, serfarzandlik, kamqonlik va hokazo. Ona suti kamayib ketganda uni ko’paytirish uchun qadimiy xalq tabobatida qo’llanilgan beozor tabiiy vositalarga murojat etish lozim.

Ona suti kamligi uy sharoitida davolash

* Yong’oq bargidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi.

* Karam ildizidan 200 g ini qirg’ichdan o’tkazib, kechqurun yotish oldidan ko’krakka bozillama tarzida qo’yiladi.

* Na’matak mevasidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Abu Ali ibn Sino anjir sharbatini ona sutini ko’paytirishga yordam berishini aniqlab, quyidagi usulni qo’llashni tavsiya etgan. Anjir mevasining qoqisidan 15- 20 g olib, ustiga 200 g qaynoq suv quyiladi va 30 daqiqa damlab qo’yiladi. Kuniga 4 mahal 1 -2 stakandan ichiladi.

* Zubturumdan ikki hovuchi yaxshilab maydalanadi. Kechqurun yotish oldidan ko’krakka bozillama tarzida qo’yiladi.

* Tugmachagul bargi yoki gulidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal 1-2 osh qoshiqtsan ichish tavsiya etiladi.

* Rayhon choy, sedanali choy va arpabodiyonli choy ichish kerak.

* Oddiy bodrezak (chingiz)ning ezilgan yosh novdalaridan 3 osh qoshig’i ustiga kechqurun 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, 4 qismga bo’lib, ovqatdan bir soat oddin 15 g dan ichiladi.

* Arpabodiyon mevasi, ukrop mevasi va tog’ rayhonidan 25 g dan olinadi. Yaxshi aralashtirib, hovonchada tuyiladi va bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Suzib olib, kuniga 2-3 mahal bir stakandan ichilsa, ona suti kam bo’lganda foyda qiladi.

* Arpa, arpabodiyon urug’i bilan qo’shib qaynatiladi. Kuniga 3 mahal 100 g dan 10 kun davomida parhez bilan ichilsa, ona sutini ko’paytiradi.

* Sabzidan 2 kg olib, 2 litr suvda mil-mil qaynatiladi. Kuniga 3 mahal 250 g dan 10 kun davomida iste’mol qilinadi.

* Bir necha hafta davomida har kuni 2-3 mahal sutda pishirilgan sabzi iste’mol qilish kerak.

* Sabzi sutni nihoyatda ko’paytiruvchi samarali vositalardan hisoblanadi. Kuniga 3-4 mahal ovqatdan bir soat oldin yoki bir soat keyin bir stakandan sabzi sharbati ichish tavsiya etiladi.

* Qoqio’tning o’ti va ildizidan 10 g olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Sovigach, suzib olib, kuniga 4-5 mahal bir osh qoshiqtsan ichiladi.

* Lolaning barg poyasi arpa bilan qo’shib, qaynatib ichilsa, ona suti ko’payadi.

* Ukrop mevasi tolqonidan kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir grammdan suv bilan ichiladi.

* Ukrop urug’i qaynatmasidan kuniga 3 mahal 100 g dan 10 kun davomida ichiladi.

* Ukrop va tog’ rayhonidan 20 g dan olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 2 soat damlab qo’yiladi. Kuniga 2 marta ichiladi.

* Ukrop urug’ini maydalab, 2 choy qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyiladi va 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichiladi.

* Xalq tabobatida ukropning meva damlamasi sutni ko’paytiruvchi dori sifatida tavsiya etiladi.

* Ukrop urug’idan 100 g, arpabodiyon, karam va gazanda urug’laridan 50 g dan olinadi. Tolqon qilib va 500 g toza asal qo’shib, yaxshilab aralashtiriladi. Ertalab, kunduzi va kechqurun bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi, orqasidan g’ozpanja damlamasidan ichiladi. Damlamani tayyorlash uchun 2 osh qoshiqo’tni yarim litr qaynoq suvda bug’lab, 5 daqiqa past olovda qaynatiladi. Suzib olib, ona suti etarli miqtsorda kelguncha ichiladi.

* Ukrop mevasi va limono’ti bargidan 20 g dan, dorivor valeriana ildizidan 15 g, ukrop mevasidan ozroq olinadi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoqsuv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Kuniga 2-3 mahal 3G’4 stakandan ichiladi.

* Ukrop mevasi, qashqarbeda o’ti, arpabodiyon mevasi va gazanda bargidan bir qismdan olinadi. Shundan 2 osh qoshig’i ustiga 2 stakan suv quyib, biroz qaynatiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal ovqatdan so’ng yarim stakandan ichiladi.

* Arpabodiyonning ezilgan urug’idan bir stakan qaynoq suvga bir choy qoshiq solinadi. Og’zini yaxshi yopib, to’liqsoviguncha qo’yiladi. Damlamani 3 qismga bo’lib, kun davomida ichiladi.

* Arpabodiyon urug’idan 2 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, bir osh qoshiq shakar qo’shib, kuniga 4 mahal ovqatdan oldin 2 osh qoshiqtsan ichiladi.

* Arpabodiyon urug’idan 12 g yoki ukrop urug’idan 12 g, bo’rdan 6 g olib, tolqon qilinadi. Hammasi yaxshilab aralashtiriladi. 10 qismga bo’lib, kuniga 3 mahal bir choy qoshiqdan iste’mol qilinadi, orqasidan javdar yoki suli qaynatmasi ichiladi. Qaynatma tayyorlash uchun 3 osh qoshiqjavdar ustiga bir litr qaynoq suv quyib, 20 daqiqa qaynatiladi va suzib olinadi.

* Arpabodiyon va ukrop mevalaridan 20 g dan olinadi. Shu yig’mani tolqon qilib, bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 20 daqiqa damlab qo’yiladi. Sovigach, kuniga 3 mahal ovqatdan 15 daqiqa oldin bir stakandan ichiladi.

* Arpabodiyon urug’i, ukrop va dorivor ukropdan bir qismdan olinadi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 2 mahal 3G’4 stakandan ichiladi. Bu qorishma sutni ko’paytiradi.

* Bir osh qoshiqzira urug’ini bir stakan qaymoqqa solib, 3 daqiqa qaynatiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Kun davomida chorak stakandan ichiladi.

* Bertoliy tuzidan 28 g olib, 600 ml suvda eritiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdanoldin 2 osh qoshiqdan ichiladi. Sutni yaxshi ko’paytiradi, bir-ikki kundan so’ng yaxshi natija beradi.

* Bir choy qoshiq zirani bir stakan qaymoqqa solib, biroz qaynatiladi. Zira solib pishirilgan non bilan iste’mol qilinsa, ona suti ko’payadi.

* Zira urug’idan 2 osh qoshig’iga yarim stakan shakar va bir dona limonni maydalab qo’shiladi. Ustiga bir litr qaynoq suv quyib, past olovda 8-10 daqiqa qaynatiladi. Sovigach, kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Sedana moyidan kuniga 3 mahal 2-3 oy davomida 2 g dan ichilsa va ko’krakka surtilsa, ona sutini ko’paytiradi.

* Gazandaning quruq maydalangan bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 10 daqiqa damlanadi. Kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Gazandaning ho’l bargi sharbatidan olib, 1:2 nisbatda suv bilan aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal 1-2 choy qoshiqdan ichiladi.

* Limono’tidan 5 g olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir soat tindirib qo’yiladi. Kun davomida ichiladi.

* Petrushka urug’idan 15 g olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 15daqiqa past olovda qaynatiladi. Issiq holda suzib olib, kuniga 4-5 mahal chorak stakandan ichiladi.

* Tangayaproq (gozyaproq)ning quruq bargidan 4 choy qoshig’i ustiga bir stakanqaynoq suv quyib, 4 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal siydiktutilganda, ona suti kamligida yarim stakandan ichiladi.

(Visited 16 times, 1 visits today)

Related posts