MAKTAB

MAKTAB

Maktab so’zi o’zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan.Maktab o’qituvchi rahbarligida yosh avlodga ta’lim beriladigan va tarbiyaviy ishlar olib boriladigan o‘quv-tarbiya muassasasi hisoblanadi. U yosh avlodga fan asoslarini o‘rgatadi, yoshlarning jismoniy taraqqiyotiga, axloqiy tarbiyasiga ko’maklashadi, mehnatda, ijtimoiy hayotda faol bo‘lishga tayyorlaydi.

Siz, albatta, maktabdagi birinchi kuningizni umrbod eslab qolgansiz…

Quyosh, sentabr tongi. Barcha sinf o‘quvchilari maktab binosi oldiga yig‘ilgan. Hammaning yuzida tabassum, qo’lida gul. Bu yerda siz birinchi marta sinfdosh o’rtoqlaringiz bilan uchrashasiz, o’qituvchingiz bilan tanishasiz. Sizga, birinchi sinf o’quvchilariga o’qituvchilar, maktab direktori, ota-onalar o‘z dil so’zlarini izhor etadilar. Siz uchun birinchi marta maktab qo‘ng‘irog‘i jaranglaydi.

Bahorda esa o’quvchilarning xuddi shun- day yig’ilishida sizning katta o’rtoqlaringiz – bitiruvchi sinf o’quvchilari uchun oxirgi marta maktab qo‘ng‘irog‘i jaranglaydi.

Maktabda asosiy rahbaringiz va do’stingiz – o’qituvchi doim sizning yoningizda boladi.

Har bir o’qituvchida birinchi, ikkinchi sinf o‘quvchilarini va umuman maktabning barcha bolalarini nimalarga o’rgatish kerakligini bel- gilab beruvchi dastur bo‘ladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yangi o’quv dasturlari ishlab chiqildi.

(Visited 1 148 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!