Ma’ruza maqsadi: talabalarga yog’ va yog’simon moddalar almashinuvining tipoviy buzilish sabablari, mexanizmlari, ko’rinishlari va oqibatlari haqida yo’naltiruvchi ma’lumotlar berish.
Muhokama qilinadigan savollar: 1.Yog’ almashinuvi buzilishi etaplari
2.Alimentar yog’ etishmovchiligi
3.Yog’larning qonda aylanishi buzilishi
4.Yog’ to’qimasida yog’ almashinuvining buzilishi
5.Semirish va oriqlash
6.Yog’ infiltratsiyasi va distrofiya
7.Yog’ almashanuvining oraliq buzilishlari
Yog’larning, aniqrog’i uchglitseridlar (neytral yog’) va yuqori yog’ kislotalari (S16-S18) almashinuvlarining buzilishlari shartli ravishda besh guruxga (ularni o’zgarish jarayonlarini nazarga olgan holda) bo’lishi mumkin.
1)yog’larning so’rilishi va ajralishi;
2)yog’larning qonda tashilishi-transporti va qondan to’qimalarga o’tkazilishi;
3)yog to’kimalarida yog’lar almashinuvining buzilishi (yog’lar ortiqcha va etarli darajada hosil bo’lmasligi yoki to’planmasligi);
4)yog’ to’qimalariga taalluqli bo’lmagan organ xamda to’qimalarda yog’larning to’planishi ( yog’li infiltratsiya va distrofiya);
5)yog’larning oraliq almashinuvlarining buzilishlari.
Albatta bunday bo’lish ma’lum darajada sun’iy yoki shartlidir, chunki yog’lar almashinuvining ko’pincha patologik xolatlarida ta’kid etilgan buzilishlarning barcha turlarini Ayni vaqtda birga kelishi kuzatiladi.
Yog’lar so’rilishini buzilishlari, alimentar yog’lar etishmovchiligi.
Yog’larning normal so’rilishini ta’minlovchi asosiy shartlardan biri ularning ingichka ichakda 0,5mkr.dan kata bo’lmagan, ya’ni ichak shilliq pardasining qon tomirining kanalchalari diametriga mos keluvchi emulsiyalarining tomchilarini xosil qilishdan iboratdir. Bunday holat o’t xamda yog’ kislotalarining ma’lum nisbatida yuzaga keladi va olingan ma’lumotlarga ko’ra qabul etilgan yog’larning 25-45% glitserin va yog’ kislotalariga qadar parchalanadi. Ularning parchalanishi va so’rilishida o’t kislotalaridan tashqari oshqozon osti bezi shirasidagi va ichak lipazasining normal hosil bo’lishi, ichakka tushishi va faolligi, shuningdek tekshirishlar natijasiga qaraganda kaltsiy va magniy tuzlarining, ya’ni yog’ kislotalarini eruvchan xolatga o’tishini ta’minlovchi moddalarning ma’lum bir miqdor xamda nisbatda va x.k. bo’lishiga bog’liq..
Ichak epiteliysida uch glitserinlarning resintezi yog’larning normal so’rilishi va o’zlashtirilishining asosiy shartlaridan biridir, bu esa karbonsuvlar almashinuvining fosforillangan maxsuloti- glitserofosfatni, shuningdek oraliq almashinuv maxsuloti-fosfolipidlarning mavjudligini talab qiladi.Shular tufayli ularni idora etishda qatnashuvchi buyrak usti bezi gormonlari, asosan mineralokortikoidlarining etarli miqdorda ishlab chiqarilishini talab qiladi.
Yog’lar so’rilishining buzilishi ichak epiteliysining infektsion xamda toksik agentlar ta’sirida, kofermentlar va ichak fermentlari faolligiga aloqador xamda V vitaminlari etishmaganda (ayniqsa, bolalarda) yaqqol ko’rinadi. Bu jarayonda xolinning roli (u fosfolipidlarning ichak devorida xosil bo’lishida qatnashadi) katta, shunga ko’ra ovqat moddalarida xolinning etishmovchiligi yog’larning so’rilishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Oqsillar , mazmunan ba’zi vitaminlarning etishmovchiligi ayrim tropik va tropik xisoblanmaydigan kasalliklarda ichak epiteliysining shikastlanishlari (spru , tselliakiyaning turlari , chunonchi Dji-Xebner-Xerter kasalligi va xokozo)
Yog’larning so’rilishiga nerv va endokrin sistemalar faoliyatining o’zgarishi chuqur ta’sir ko’rsatadi. Bu haqidagi ma’lumotlar bir necha ekspremental va klinik axborotlarda ma’lumotlar va tegishli bo’limlarda yoritilgan.
Ma’lumki , organizm (laborotoriya xayvonlarida o’tkazilgan tajribalar natijasiga ko’ra) agar uning ovqati tarkibida yog’lar mutloqo bo’lmagan taqdirda ham fiziologik xolatda bo’lishi mumkin. Odamlarda o’tkazilagan kuzatishlar xam ana shu jarayonning o’rtacha xisobda 3-4 oy davom etishi mumkiniligini ko’rsatadi, ammo ana shu muddatdan o’tishi, ya’ni kritik-qaltis chegaradan o’tib ketilsa, og’ir patologik oqibatlarni yuzaga kelishiga olib keladi. Bu ayniqsa, bolalarda oldin , kuchli va og’ir o’tadi.
Kata yoshdagi odamlarda xam na shunga o’xshash ko’payish (urchish ) ning buzilishlari, terining egzematoz o’zgarishlari, yallig’lanishning arzimagan sabablariga ko’ra rivojlanishi , ayniqsa biriktiruvchi to’qimaga chuqur o’zgarishlarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Bunday o’zgarishlarning patoginetik mexanizmlari avvalo to’yinmagan (ayniksa 2 bog’liklarga ega bo’lgan) organizmning normal xayoti uchun zarur bulgan yog’ kislotalarining ( xuddi o’rnini qoplash mumkin bo’lmagan aminokislotalar taqchillegidek) etishmovchiligida ekanligi tasdiklangan. Ma’lumki , o’rnini koplab bo’lmaydigan yoki organizmning o’zida sintez kilinmaydigan yog’ kislotalariga birinchi navbatta linol , linolen va araxidon, ya’ni tegishli ravishda 2,3 va4 ikki bog’liqli keslotalar kiradi. Bunday kislotalar xolestirin almashinuvi, uning jigarida o’zgarishlari va o’t bilan ajralishiga be’vosita ta’sir ko’rsatishi xaqida ma’lumotlar olindi. Albatta bunda peridoksin (V 6 vitamini) ga uxshash boshka kofermentlar rolini o’tovchi omillarning axamiyati kata.
Yog’ning qonda tashilishi va uning qondan to’qimaga o’tishi. Giperlipemiya.
Ichak devorida resintezirilgan (qayta xosil bo’lgan) va parchalanmay so’rilgan uch gletsiridlar oqsil bilan birlashgan (kompleks) xosila sifatida limfatik sistemaga (unga uch gletsiridlar xamda fosfolipidlarni hosil qilishda foydalanilmagan yog’ kislotalari ham tushadi) o’tadi. Qisqa zanjirli yog’ kislotalari davoza venasiga (emulsiyalangan uch gletsiridlar bilan birga) o’tadi. Limfatik ko’krak yo’liga so’rilgan yog’ maxsulotlari nomsiz venaga o’tadi va xilomikronlar nomini olgan mayda tomchilar sifatida qon tarkibida xarakatda bo’ladi.
Xilomikronlar kichik zichlikka ega (0,96), diametri 0,3-1,5mkr.tarkibi 0,2 dan to1% gacha oqsillar, 99%yog’lar (ularning 88%-uch glitseridlar, 8%-fosfolipidlar, 4%-xolesterindan iborat).Bular, ya’ni xilomikronlarning yo’lida turuvchi birinchi organ, bu o’pkadir va uning bu faoliyati lipopeksik deb ataladi.Bundan chiqdiki, o’pka o’ziga xos, ya’ni arterial qonga yog’larning tushishini idora etuvchi «surgich» (S.M.Leytes) vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, o’pkadagi lipaza xisobiga yuqori yog’ kislotalari hamda uch glitseridlar, keton tanachalarining oksidlanishi yuz beradi. Yog’larning to’planib qolishi esa o’pkaning mezenximal to’qima tarkibiy qismlarida yuz beradi.
Shunday qilib, yog’larning almashinuvida o’pkaning muhim o’rin tutishi, ammo bu masalada xali echimi oxiriga etmagan tomonlarning ko’pligi o’z-o’zidan ma’lum.
Xilomikronlarning ichakdan umumiy qon aylanish doirasiga o’tishi to’qima hujayralarni va ularning maxsulotlaridan biri-geparinni ko’plab tushishi xamda lipoproteid lipaza faolligini oshishiga, bu esa xilomikronlarning bir qismini gidrolizlanishi, buning asosida esa yuqori erkin yog’ kislotalarning xosil bo’lib o’zlashtirilishi va buning asosida giperlipemiyaning oldini olishga erishiladi.Bu jarayonlarni amalga oshirishda retikulo-endotelial sistemaning mohiyati nihoyatda katta, chunki unda xosil bo’luvchi geparin, «yoro’glantiruvchi omil» va x.k. ahamiyati tajriba va klinik misollarda o’z tasdig’ini topgan. Bunda yog’ to’qimasidagi jarayonlar kata rolni o’ynaydi. Xozirgi kunda ma’lumki, yog’larning ichak-limfa-qon-to’qima va organlar tomon yo’nalinganda ko’pgina idora etuvchi (nerv-endokrin, simpatik parasimpatik) bo’limlar gormonal va biologik omillar kata ahamiyatga ega. Ularning o’zaro munosabati va idora etilishi ilgarigi tasavvurlarga ko’ra unchalik soda emas. Bunda bir qancha omillar, murakkab bo’lgan tuzilma va biokimyoviy mexanizmlar qatnashadi.
Yog’ to’qimasidan qonga yog’ asosan yuqori erkin (esterifitsirlanmagan) yog’ kislotalari (YuEYoK) sifatida o’tadi. Ular o’z navbatida yog’ to’qimasida uch glitseridlarning gidrolizi-lipolizi natijasida hosil bo’ladi. Anna shu masalada Ushbu soxaning yirik mutaxasisi taniqli olim S.M.Leytesning o’xshatishini ko’rsatish joiz bo’lsa kerak: «Yog’ depolaridagi uch glitseridlar (neytral yog’) yog’lar almashinuvida jigardagi glikogen karbon suvlar almashinuvidagidek, YuEYoK esa glikogenni fosforilizi natijasida xosil bo’ladigan glyukoza rolini o’ynaydi».
Albatta , Ushbu jarayonlarni qaysi vaqtda uch gletsiridlarni bevosita qonga o’tish , yog’ to’qimasining va uning kapilliarlarini shikastlanishi xamda ularning xilomikronlar shaklida aylanib yurishi ( masalan og’ir intoktsikatsiyalar vaqtida, qandli va eksperement alloksan diabetda ) va x.k. oid masalalar o’z echimini talab etadi. Qonga o’tgan YuEYoK albuminlar tomonidan adsorbtsiyalanib-so’rilib organ xamda to’qimalarni endotelial xujayralari darajasida ajralib ularga o’tadi. Jigarda resintez jarayonlari amalga oshadi-yog’ kislotalarining bir qismi hosil bo’layotgan fosfolipidlar hamda xolestirin efirlari tarkibiga qo’shiladi. Jigrada xosil bo’lgan lipidlar kata o’lchamdagi betta-lipoproteidlarning molekulalarining tarkibiga qo’shiladi va sh u shaklda (beta-lipoprteidlar molekulasida) uch glitseridlar jigardan qonga o’tadi.Kapillarlarning endoteliysi darajasida lipoproteid lipaza ta’sirida YuEYoK ajraladi va ular yog’ to’qimasida uch gletsiridlarga resintezlanib to’planadi. Boshqa organ va to’qimalarda esa oksidlanib energetik ma’nba sifatida sarflanadi.
Demak, ovqat bilan organizmga tushuvchi uch gletsiridlar asosan xilomikronlar, endogen uch gletsiridlar esa beta –lipoproteidlar tarkibida qonda bo’ladi
Ovqatga alimentar (ya’ni ko’plab yog’ iste’mol etilanda) va ovqatga bog’liq bo’lmagan giper lipemiya patogenezida (masalan, aterosklerozda) qonda uch gletsiridlar miqdorini ko’payishi giparinni kamayishi xamda « yorug’lantiruvchi omilning» faolligi pasayishi Bilan , nefrozda esa plazmada albuminlar konsentraitsiyasini kamayishi va sh u tufayli YuEYoK ning adsorbtsiyasi pasayishi oqibatida yuz beradi.
Diabetik giperlipidemiyada oshqozon osti bezidan lipokainning (u «yorug’lantiruvchi omilning» qonga tushishini faollashtiradi ) tushishini etishmovchiligi natijasida yuz beradi.
Endogen giperlipimiya qonda lipoproteid lapazaning ingbitorlarini paydo bo’lishiga xam bog’liq bo’lishi mumkin (chunonchi qonda o’t kislotalarini paydo bo’lishi va x.k. )
Giperlipimiya yog’ to’qimasidan yog’larni ko’plab safarbar etilishi va Ayni vaqtda ularni qonda Ushbu to’qimaga o’tishi- elemenatsiyasi zailashganda yuz berishi mumkin. Bunday o’zgarish jigarda glikogen kamayganda ( masalan, ochlikda, stress xolatida) albatta simpatik nerv sistemasi va gormonlar ishtirokisiz yuz bermaydi.
Yog’to’qimasida yog’lar almashinuvining buzilishi. Semirish va oriqlash.
Hozirgi kunda ma’lumki, yog’ to’qimasi yog’larning oddiy to’planish joyi – deposi emas. Unda doimo yog’larning jadal almashinuvi uch gletsiridlar ni sintezi va parchalanishi, yog’ kislotalarini gidroginezatsiyasi hamda degidro genizatsiyasi, oqsillarning hosil bo’lishi va parchalanishi, glyukozaning glikolitik hamda fosfogyukanat (pentoz) yo’li bilan almashinuvi, karbonsuvlar va oqsillardan yuqori erkin yog’ kislotalarini xosil bo’lishi amalga oshirilib boriladi.
Yog’ to’qimalarida yog’larni to’planishi yog’larning mo’l bo’lishidagina emas , balki asosan karbonsuvlardan yog’larning yangidan hosil bo’lishi hisobiga amalga oshadi . Buning biokimyoviy asoslari va mexanizmlari nihoyatda murakkab hamda o’z ichiga bir necha hujayra –to’qima- organlar hamda idora etuvchilar (nerv-endokrin tuzilmalariga) bog’liqdir . Yog’ kislotalari nisbatan ko’p bo’lsa yog’ to’qimasi xujayrada to’planadi , agarda glyukozani iste’mol etish yoki undan energiya manbayi sifatida foydalanish qiyinlashsa (masalan, qandli diabetda) YuEYoK yog’ to’qimasidan chiqib glyukozaning energetikmodda sifatida safrbar etiladi. Umuman, Ushbu barcha nozik jarayonlar ularga adaptatsiyalanish va x.k. nerv xamda endokrin sistemalar orqali idora etiladi.
Semirish asosan uch patoginetik omillar orqali yuzaga keladi:
- A) ovqatning (karbonsuv, yog’larning ) ko’plab iste’mol etilishi va yog’larni unga nisbatan energetik manb’a sifatida kam sarflanishi ekzogen yoki alimentar semirish);
- B) yog’ depolaridaki yog’lardan energetik ma’nba sifatida kam foydalanish ( yog’larni mobilizatsiyalanishi- safarbar etilishi)ning kamayishida;
- V) karbonsuvlardan yog’larni ortiqcha-ko’plab xosil bo’lishida metabolik semirish).Semirishning asli tubida ikki tur o’zganish-yog’ to’qimalarida genetik shartlangan yog’ xujayralarining ko’payishi (semirishning mustahkam omili va ovqatlanishga bog’liq bo’lgan hujayralar hajmini kattalashishi ( semirishning o’zgaruvchan – labil omili) yotadi.
Organizmga ozuqa moddalarning , shu jumladan yog’lar va karbonsuvlarni tushishi bosh miya po’stlog’i va po’stloq osti miyaning o’zan qismida joylashgan nerv markazlari orqali idora etiladi (I.P. Pavlov). Ishtaha va ochlik hissiyotlari anna shu markazlar faoliyatining ko’rinishlaridan biri. Funktsional birlashgan markazlardan orqa gipotalamusda joylashagan vento-lateral va vento medial yadrolar katta rolni o’ynaydi. Ularni o’rni va mohiyati nihoyatda nozik elektrolitik emirilish bilan o’tkazilgan tajribalar , klinik kuzatishlar o’z tasdig’ini topgan.
Yuqorida keltirilgandek , yog’larni to’planishi va safarbar etilishi markaziy va vegetativ nerv sistemalaridan tashqari bevosita gormonal va gumoral omillarning idora etuvchi ta’siriga bo’y sunadi. Ammo bunga oid ma’lumotlar ushbu hollarda tegishli bo’limlarga qisqacha bo’lsada keltirilgan.
Yog’li infiltratsiya va distrofiya.
Agar qon bilan organ va to’qimalarda yog’ yoki uch gletsiridlar parchalanmasa, oksidlanmasa, yoxud chiqarilmay, hujayra elementlarida uzoq vaqt qolib ketsa, yog’li infiltratsiya deyiladi. Yog’li infiltratsiyaning hujayra protoplazmatik tuzilishi hamda uning ohsilli komponentlarining buzilishi ayni vaqtda sodir bo’lsa yog’li distrofiya vaqtida (faneroz), ya’ni protoplazmatik struktur hujayraviy oqsillarning struktur (tuzilishiga kiruvchi) fiziko kimyoviy bog’lanishni buzilishi xam kuzatilishi mumkin. Yog’li infiltratsiya va distrofiyaning umumiy sababi bo’lib yog’lar almashinuviga tegishli gidrolitik va oksidlantiruvchi fermentlar faolligini pasayishi xisoblanadi. Bunday holat toksik-infektsion, qizish, gipoksik va xokazo. Jarayonlarda rivojlanadi. Patogenetik omillardan biri sifatida qonga uzoq vaqt davomida yog’larni qo’pol dispers- xilomikronlar holatida (bo’lakchalar diametri 0,3-1,5mkr) saqlanib turishi mumkin. Bunday holatlarda yog’larni jigar va retikuloendotelial sistema elementlari, xususan taloq tomonidan yutilishi kuzatiladi.
Muskullarda ba’zan kuzatiladigan yog’li distrofiya nerv sistemasining ta’siri (ma’salan, falaj, denervatsiya, E-avitaminozida) karbonsuvlar- fosfor almashinuvini buzilishi va shu tufayli karbonsuvlarning ko’proq yog’larga aylanishining oqibati bo’lishi mumkin.
Yog’li infiltratsiya ko’proq jigarning shikastlanishida kuzatiladi va og’ir hollarda og’ir distrofiyaga aylanadi. Jigarning yog’li infiltratsiyasi asosan uch yo’l orqali amalga oshishi mumkin. Birinchisi –alimentar yog’li infiltratsiya, ya’ni ovqat tarkibida yog’lar xaddan tashqari ortiqcha iste’mol qilinganda, chunki jigar kapilyarlarining endoteliysi (kupfer xujayralari) cheklovchi membranaga ega emas va shu sababli yog’lar gepatotsitlar tomonidan ushlab qolinadi. Ayni vaqtda ozuqa moddalar tarkibida xolesterinning organizmga ko’plab tushishi, beta-lipoproteidlarning gidrofob fraktsiyalari hosil bo’lishi, uch glitseridlarning lipolizini, fosfolipidlar hosil bo’lishi va nihoyat yog’ kislotalarning oksidlanishi tormozlanishi jigarning yog’lanishi («moy bosishi») ni kuchaytiradi. Yog’li infiltratsiyaning boshqa yo’li-bu yog’ kislotalar safarbar etilishining faolligining kamayishi va jigarga ularninng ko’plab tushishidir. Jigarga tushgan yog’ kislotalari uch glitseridlarga aylanadi, yog’ depolaridan yog’ yog’larning mobilizatsiyasi uch glitseridlarning xisobiga yuz bersa ular xuddi alimentar giperlipemiyadagi kabi shu organda to’planadi. Bunday chiqib kelishga ega bo’lgan yog’li infiltratsiyalar jigarda glikogenning turg’un kamayishi (masalan, ochlik, florizin Bilan zaxarlanish, shuningdek uning u yoki bu sababga ko’ra pasayishi) ni kiritish mumkin.
Jigarda glikogenning turli nerv sistemasining tuzilmalarining shikastlanishlari , endokrin-gormonal omillarning (adrenalin, noradrenalin,STG, tireoid gormonlar vax.k.)buzilishlarida kuzatiladi. Ammo shuni ko’rsatib o’tish kerakki, yuqorida qayd etilgan omillar , masalan jigarda turg’un yog’li infiltratsiyani asosan yog’larni undan chiqishi) lipolizi xamda YuEYoK-ning oksidlanishining, bu esa gepatotsitlar mitoxondriysi fermentlari, chunonchi A-koenzimi, faolligi buzilishi shuningdek, gistotoksik hamda tsirkulyator gipoksiyada va h.k.
Jigarning yog’li infiltratsiyasida fosfolipidlar hosil bo’lishining buzilishlari katta ahamiyatga ega, chunki bu jarayon o’z navbatida yog’larning nozik disperslanishi, cho’kma hosil qilmasligi va shu organdan osonlik bilan chiqib ketishini ta’minlaydi. Bunda fosfolipidlarni –leytsitinningtuzilish komponentlaridan biri xolindir.
Uning ovqat tarkibida organizmga etarli tushmasligi yoki u bu sababga ko’ra endogen hosil bo’lishining buzilishlari leytsetinning kamayishi va sh u orqali jigarning yog’lanishiga olib keladi. Xolinning hosil bo’lishi esa metil guruhini donatori- metionin-aminokislotasidir. Shunga ko’ra ovqat tarkibida faqat xolinning emas, balki metioninning kamchiligi xam (asosankazein,inozit,nuklein kislotalarining) ozuqada fosfolipidlar hosil bo’lishini etarli bo’lmasligiga olib keladi. Metil guruhlarning kamchiligi metionin oqsillarning sintezi uchun kuchaygan vaqtda (nisbiy lipotrop etishmasligida, metioninning antimetaboliti-etionin organizmga ko’p kiritilganda) ko’proq sarflanishida kuzatiladi. Ya’ni, umuman alipotrop holatlarga olib keluvchi barcha ta’sirlarda (nikotin kislotasini tushishi ko’payganda, V12 vitamini etishmovchiligida v ax.k.) jigarning alipotrop yog’li infiltratsiyasi yuzaga keladi. Lipotrop ovqat omillarining fosfolipidlar hosil bo’lishini faollashtiruvchi ta’siridan tashqari lipoproteid birikmalar sintezini oshiruvchi va ularning jigardan chiqarilishini rag’batlantirish xususiyati ham ma’lum o’rin tutsa kerak. Jigarning yog’li infiltratsiyasida endogen lipotrop –lipokain (oshqozon osti bezining mahsuloti, S.M.Leytes), kabi ayniqsa qandli diabetda kuzatiluvchi jigarning yog’li distrofiyasida muxim patogenetik rolni o’ynovchi omilning o’rni muhim ahamiyatga ega.
Jigarning yog’li distrofiyasi ushbu organning asosiy funktsiyalarini pasayishi kuchayib borsa uning keskin sariq distrofiyasiga olib keladi. Surunkali yog’li distrofiya jigarning atrofik tsirrozi bilan tugaydi. Ana shunday oqibatlarga olib keluvchi sabablardan birinchi navbatda surunkali alkogolizm va so’ng qandli diabetni ko’rsatish mumkin.
Oraliq yog’ almashinuvining buzilishlari.
Yog’ almashinuvining birinchi yoki boshlangich etapi yog’ning (uch glitseridlarning) lipolizi va yog’ kislotalarning ajralib chiqishidan boshlanadi. Uch glitseridlarning parchalanishi ketma-ket amalga oshuvchi beta-oksidlanish orqali bo’ladi. Bu jarayon quyidagi –koenzim-A Bilan kondensatsiyani (ATF ishtirokida), beta- karbonning oksidlanishi va ikki karbonni ajratib atsetilkoenzim-A ni (faollashgan sirka kislotasini) hosil qilish davrlarini o’z ichiga oladi. Ushbu tsikl bir necha marta, to yog’ kislotasini zanjiri atsetilkoenzim-A molekulasiga parchalanmaguncha takrorlanadi. Atsetilkoenzim-A shovul sirka kislotasi bilan birikib Krebs tsikliga kiradi va unda karbonat kislotasi va suvgacha oksidlanadi.
Atsetilkoenzim –A ning bir qismi normada jigarda boshqa ya’ni beta-oksi –beta-metil-glutaril-KoA o’zgarishlarga uchraydi. Bunday o’zgarishning boshlang’ich moddasi yuqori yog’ kislotalarining beta oksidlanishini mahsulot-atsetilkoenzim-A. Ushbu qayd etilgan tsiklda atsetilkoenzim-A ning uch molekulasi beta-oksi-betta-metil-glutaril-KoA ga kondensirlanadi. Bu birikma diatselaza fermenti ishtirokida atsetosirka kislotasiga va yana tsiklga kiruvchi atsetilkoenzim-A ga parchalanadi. Atsetosirka kislota beta-oksimoyga u esa dekarboksillanish natijasida atsetonga aylanadi.
Shunday qilib, jigar organizmda atsetosirka, beta-oksimoy kislotalari va atseton hosil bo’luvchi deyarli yagona (o’pkada qisman bo’lishi xaqida xabarlar bor) organ hisoblanadi. Keton tanachalari jigarda qonga o’tib atsetilkoenzim –A orkali Krebs tsiklida boshqa organ xamda to’qimalarda (muskullarda, o’pkada, buyraklarda) oksidlanadi. Ushbu organlarda deatsilazaning yo’qligi va atseto-atsetil –suktsinal –tioforazanin birligi atsetosirka kislotasining faolligini tezda yo’qotib uning oksidlanishiga olib keladi. Jigarda esa bunday ferment yo’q .
Keton tanachalari energiya manbai sifatida foydalaniladi, bir qismi esa yuqori erkin yog’ kislotalariga (masalan, sutlanayotgan ko’krak bezida) aylanadi.
Organizmda hosil bo’layotgan keton tanachalarining miqdori ularning jigarda hosil bo’lish suratiga, undagi diatselaza faolligiga va Krebs tsiklida atsetilkoenzim –A ning oksidlanishi suratiga bog’liq. Krebs tsiklining asosiy substrati karbon suvlar almashinuvida hosil bo’luvchi birikma (pirouzum va shovul sirka kislotalari) bo’lganligi tufayli Krebs tsikliga jalb etilayotgan atsetoatsetilkoenzim_A ning miqdori karbon suvlar almashinuvining normal kechishi va tezligiga bog’liq.
Aylilgandan quyidagicha xulosa qilish mumkin. Oraliq yog’ almashinuvining buzilishi qonda keton tanachalarinning ko’payib ketishi giperketonemiya va ularni ko’plab siydik orqali ajralishi-ketonuriya bilan ifodalanuvchi ketoz holatidir.
Organizmda karbonsuvlarning taqchilligi ketoz rivojlanishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Bunda jigar glekogenining kamayishi tufayli Ushbu organga yog’ to’qimasidan yuqori yog’ kislotalarining ko’plab tushishi natajasida keton tanachalarining hosil bo’lishi kuchayadi. Ikkinchi tomondan karbonsuvlarning etishmasligi keton tanachalarining oksidlanishi va yuqori yog’ kislotalarga resintezlanishini pasaytiradi. Ochlikda , isitmada, operatsiyadan keyingi davrda, uzoq vaqt ortiqcha (toliqib) jismoniy ishlashda yuzaga keluvchi ketozning patogenizi ana shundan iborat.
Simpatik nerv sistemasining davomli qo’zg’alishi ruhiy taranglanish (masalan, stresda) glyukokortikoidlar sekretsiyasi oshganda oqsillar parchalanishining kuchayishi tufayli ham ketoz rivojlanishi mumkin.
Ketoz jigarning turli toksik va infektsion shikastlanishlarida kuzatiladi. Ammo jigarning nixoyatda og’ir patologiyasida unda keton tanachalarining hosil bo’lishini buzilishi tufayli gipoketonemiya yuzaga kelishi mumkin.
Shuni aytib o’tish lozimki, giperketonemiya hatto keton tanachalari ko’plab hosil bo’lganda ham ayni vaqtda ularning oksidlanishi –parchalanishi etarli amalga oshmasligi tufayli yuzaga keladi. Demak, gipoksiya holatlari, ayniqsa to’qima- gistotoksik gipoksiya, karbon suvlar oksidlanishini (masalan, qandli diabetda), ammoniy tuzlarining ko’plab hosil bo’lishida (masalan, jigar va uremik komada) va x.k.t Ketozning og’ir darajada yuzaga kelishini va kechishiga olib keladi. Bu borada ayniqsa qandli diabet ketozning deyarli barcha sabab hamda shart-sharoitlarining yuzaga kelishi tufayli aloxida o’rin tutadi. Bunga oid ba’zi ma’lumot va muloxazalar tegishli bo’limlarda xam keltirilgan.
Xolesterin almashinuvining patofiziologiyasi aloxida diqqatga sazovordir.Ma’lumki, xolesterin tsiklopentano-pergidrofekamtrenning maxsuloti yuqori molekulyar tsiklik cheklanmagan bir atomli ikkilamchi spirtdir. Kata yoshdagi (vazni 70 kg) odamda o’rtacha xisobda 140 g (vaznining 0.2%) xolesterin bo’lib, uning ko’proq qismi (4.5-10%) buyrak usti bezlarida, miya va nerv sistemasida (2% ga yaqini), so’ng jigarda (0.3%), terida (0.3%), ko’mik hamda yog’ to’qimasida (0.25%), qonga (0.2%ga yakini) va x.k. joylashgan. Miya va nerv to’qimasida deyarli barcha xolesterin esterifikatsiyalanmagan (erkin) holda, boshqa organlarda bog’langan, ham erkin (masalan ,jigarda 80% erkin va 20% boglangan) bo’ladi. Xolesteraza xolesterinni xam gidroliz etuvchi, ham xolesterin esterinning sintezini kataliz qiluvchi ferment bo’lib oshqozon osti bezining shirasida, ichakning shilliq pardasida, jigarning mitoxondriyalari va mikrosomalarida (zardob xolesterin esterlarning asosiy manbai), taloq va buyraklarda mavjud.
Odam organizmiga bir kunga ovqat bilan 0.4-0.5 g xolesterin tushadi va uning o’zida o’rtacha hisobda 2g xolesterin sintezlanadi. Demak, xolesterinning asosiy qismi organizmning o’zida sintezlanadi.
Xolesterin hosil bo’luvchi asosiy substrat- manba faollashgan sirka kislotasi –atsetilkoenzim-A. Bu esa oqsillar, yog’lar va karbon suvlar oraliq almashinuvining umumiy maxsuloti. Sirka kislotasi miqdoriy jixatdan ko’proq yog’ almashinuvi natijasida yuzaga kelganligi sababli u endoen hosil bo’luvchi xolesterinning asosiy manbai xisoblanadi. Xolesterinning biosentezining ham, parchalanishining ham asosiy joyi- jigar. Ovqatdagi xolesterinning so’rilishi o’t kislotalari, fosfolipidlar (yuza tarangligiga despersiyalanishni faollashtiruvchi moddalar) ta’sirida yaxshi amalga oshiriladi. Ichak devorida erkin xolesterin eterifikatsiyalanib xilomikronlar tarkibiga kiradi. Beta –lipoproteidlar tarkibida erkin xolesterin 8-10%, bog’langani esa 15-48% ni tashkil etadi. Ma’lumki, o’zining cho’kish tezligi va qator boshqa fizik- kimyoviy xususiyatlarga ko’ra sinflarga bo’linadi. Xolesterin beta-globulinlarga boy bo’lgan kichik molekula fosfolipidlarni kam ushlagan lipoproteidlar tezroq cho’kma xosil qiladi. Qon devoriga yirik molekulali va ko’proq uch glitseridlarni tutgan, ayniqsa beta lipoproteidlar tushganda lipoproteidlipaza ta’sirida ular parchalanadi. Buning natijasida molekulasining o’lchami kichiklashgan lipoproteidlar tarkibida xolesterin tomir devoridan ichki qatlamlarga o’tishi, ichakka ajralib chiqishicha, parchalanishi va maxsulotlari (asosan o’t kislotalari sifatida ichak orqali so’rilib) jigarga tushib qayta ishlanishi yuz beradi. Uning bir qismi yo’g’on ichakka o’tib undagi flora ta’sirida koprosteringa ishlanib najas Bilan chiqariladi.
Xolesterin moy bezlari orqali, juda kam miqdorda siydik orqali ham tashqariga chiqariladi.
Xolesterin almashinuvining idora etilishi masalasiga bag’ishlangan tadqiqodlar nihoyatda ko’p bo’lishiga qaramay, mavjud bo’lgan ko’p savollarga to’liq javob berib bo’lmaydi. Masalaning bazi bir tomonlarigina bir muncha aniqlangan xolos.Chunonchi, qalqonsimon bez gormonlarining xolesterin sintezi hamda parchalanishiga bevosita ta’sir ko’rsatishi o’z tasdig’ini topgan. Buyrak usti bezlari, jinsiy gormonlarning roli haqida aniq ma’lumotlar bor. Shubhasiz, markaziy nerv sistemasining qondagi xolesterin miqdoriga ta’sir etishi aniqlangan bo’lsada, ammo xali shu masalada bevosita ma’lumotlarga erishilgani yo’q.
Albatta, xolesterin almashinuvining buzilishlari xaqida fikr yuritilar ekan, xolesterinning biologik mohiyatidan avvalo uning hujayra membranasining muhim struktura elementi- doimiy tarkibiy qismi, buyrak usti va jinsiy steroid gormonlar xamda D3 vitamini sintezining fosfolipidlar Bilan nisbatining membranalar o’tkazuvchanligida tutgan muhim ahamiyatidan kelib chikishi lozim.
- Xolesterin almashinuvi buzilishining asosiy ko’rinishlaridan biri uning qondagi mikdorini o’zgarishlaridir. Qonda uning miqdorining ortishi (200-220% dan ko’p) giperxolesterinemiya qator sabablar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin.
O’z tarkibida xolesteringa boy ovqatlardan avvalo tuxum(0.468%) , tuxum sarig’i (2%), miya(2%), jigar (0.32-0.61%), buyrak (0.4%), sariyog’ni (0.2–.3%) qayd qilib o’tish kerak.Endogen xolesterinning manbai oqsillar karbonsuvlar, va ayniqsa yog’lar bo’lgani uchun faqat xolesteringa boy maxsulotlarni emas, balki umuman ovqat ko’p eyish tufayli giperxolesterinimiyaga sabab bo’ladi. Tarkibida to’yinmagan yog’ kislotalarini tutgan o’simlik moylarini iste’mol etish giperxolesterinimiyani chaqirmaydi. Bunday moylar qatoriga zig’ir, pista, makkajuxori, paxta, soya, o’rik, shaftoli danaklaridan olinadigan x.k. moylar kiradi. Bu moyda uch glitserid va xolesterin yaxshi oksidlanada, parchalanib o’zlashtiriladi.