Kuyish uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Kuyish

Kuyish uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Kutilmaganda yong’indan yoki issiqlikdan, qaynoq suvdan, elektr tokidan yoki kimyoviy dorilardan odamning badani kuyib qolishi mumkin. Bu holat ayniqsa, ehgiyotsizlik oqibatida bolalarda ko’p uchraydi. Inson badanining kuygan joyida teri shikastlanadi. Kuygan joyning hajmiga qarab, uning og’ir-engilligi aniqlanadi.

KASALLIK KUCHAYIB KETMASDAN SHIFOKORGA MUROJAR QILING

To’qimalarning zararlanishiga qarab kuyish to’rt darajaga bo’linadi. Birinchi darajada teri qizaradi, biroz shishadi, 4-5 kundan so’ng tuzala boshlaydi. Ikkinchi darajada qizargan teri yuzasida tiniq, sarg’ish suyuqlik bilan to’la pufakchalar paydo bo’ladi, ular yorilganda terini yuza qavati ochilib bezillab turadi. Yaraga mikrob tushmasa, 10-15 kunda chandiqsiz tuzaladi. Uchinchi darajada teri qorayib ketadi, to’rtinchi darajada terilar va hatto suyaklar quyib ko’mirga aylanadi. O’lik to’qimalar bir necha haftadan keyin irib tushadi. Kuyish juda sekin tuzaladi, ko’pincha kuygan joyda chuqur chandiqlar paydo bo’ladi.

Ehtirosli bo’salar (o’pishish) xaqida

Ayniqsa, kishi yuzidagi chandiqlar husnni buzadi. Bo’yin va bo’g’im atrofidagi chandiqlar (og’ir turlari) harakatni cheklab qo’yishi mumkin. Kuyishning og’ir- engilligi faqat kuyish darajasiga qarab emas, balki tananing qancha qismi kuyganligiga qarab, ya’ni, shikastlangan kishining butun gavda yuzasiga nisbatan (foiz hisobida) aniqlanadi.

Gavdaning ko’p qismi kuyganda, organizmda og’ir o’zgarishlar ro’y berib, shok holati kuzatiladi. Kuygan joy gavda yuzasining kamida 30 foizini tashkil etsa, birinchi darajali kuyigtsda ham shok holati yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda shokga qarshi muolajalar o’rinli qo’llansa, bemor sog’ayib ketadi, ikkinchi-to’rtinchi darajali kuyishda sodir bo’ladigan shok holati esa, uzoq davom etadigan va xavfli jarayonning boshlanish davri hisoblanadi.

Bundan keyin kuyishdan zaharlanish davri (kuygan to’qimalardan ajralgan zaharli moddalar so’rilishi natijasida) — toksemiya — qonda turli zaharli moddalar paydo bo’lishi vujudga keladi. So’ngra kuygan joyning yiringlashi natijasida bakteriya toksinlaridan zaharlanish davri boshlanadi.

Uzoq davom etadigan bu davrda ancha joy chuqur kuyishidan bemor darmonsizlanib, ozib ketadi va yaraning bitishi to’xtab qoladi, natijada qonning zaharlanishi — sepsis ro’y berishi mumkin.

Termik kuyganda beriladigan birinchi yordam — yonayotgan yoki qaynoqsuv to’kilgan kiyim darhol echib olinadi. Birinchi darajali kuyganda kuygan joy 70 foizli spirt yoki odekolon bilan artiladi, so’ngra quruq steril bog’lov qo’yiladi. Kattaroq yuza kuysa, ayniqsa, pufakchalar yorilib ketsa va yiring yig’ilsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Kuyish

Kuyish uy sharoitida davolash

Xalq tabobatining kuyganda bemorga shoshilinch va davriy yordam ko’rsatish muolajalash usullari bo’lib, ming yillar davomida shakllangan, rivojlangan, qolaversa, har bir uslubi mavjud.

Тушда калит

* Ikkinchi darajali kuygan joy jabrlanganning kaftidan katta bo’lmasa uy sharoitida davolash ham mumkin, yuz yoki qo’l panjalari kuysa ham shifokorga muro- jaat qilish kerak.

* Uchinchi va to’rtinchi darajali kuyganda, yoki har qanday holda kuyganda og’riq 48 soat davomida qolmasa, albatga, shifokorga murojaat qilish zarur.

* Agar teri quyoshda kuysa, achchiq damlab (chorak stakan suvga bir choy qoshiq quruq choy solinadi) kuygan joyga bozillama qilinadi.

* Quyoshda kuyganda vannaga yarim stakan choy sodasi solib, sovuq vanna qabul qilinadi.

* Quyoshda kuyganda kartoshka kraxmalidan bir osh qoshig’ini bir stakan suvda eritib, kuygan joylarga malham tarzida qo’yiladi.

* Uchinchi darajali kuyganda zig’ir yog’ini pishirilgan piyozga qo’yib, bozillama kdlinadi vahar 12 soatda almashtiriladi.

* Kuygan joyga yangi uzilgan karam bargi yoki qirg’ichdan o’tkazilgan sabzi bog’lab qo’yiladi. U har 2 soatda almashtiriladi.

* Kuygan joyga kartoshka kraxmali choy sodasi bilan teng miqdorda aralashtirib sepilsa, foyda qiladi.

* Sulidan tayyorlangan kiselga kartoshka kraxmalini qo’shib aralashtirib, kuygan joyga bozillama qilib ko’yiladi.

* Yuz terisi kuyganda kartoshka po’sti bilan qaynatiladi. Keyin tozalanib, qaymoqqa aralashtiriladi va bo’tqasimon holda yuzga surtiladi.

* Agar tomoq va qizilo’ngach kuysa, darhol kartoshkadan sharbat tayyorlab yarim stakan ichish kerak. 30-40 daqiqadan so’ng yana yarim stakan sharbat ichiladi.

* Chakanda moyidan har 3-4 soatda kuygan joyga surtilsa, yoki moyli boylam kechqurun kuygan joyga qo’yilsa, dog’ qolmaydi, jarohat tez bitadi.

* Dalachoy moyi har 3-4 soatda kuygan joyga surtilsa yoki moyli bog’lam kechqurun kuygan joyga qo’yilsa, dog’ qolmaydi, tez bitadi.

* Dalachoyning quruqo’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoqsuv quyiladi. 10 daqiqa qaynatib, 2 soat termosda damlanadi va kuygan joyga dokani shimdirib qo’yiladi.

* Dalachoy o’tidan bir osh qoshig’i ustiga yarim litr suv quyib, suv hammomida qizdiriladi. Sovitib suzib olgach, kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Dalachoy moyidan 2 osh qoshig’ini 5 dona tuxum oqi bilan aralashtirib, kuygan joylarga surtiladi.

Tushda erkak ko’rsa nimalarga etibor berish kerak tush tabiri

* Dalachoyning yangi gullaridan bir yoki yarim stakanini bodom, zig’ir, zaytun, makkajo’xori, atirgul yoki kungaboqar yog’iga solinadi va 21 kun qo’yiladi. Suzib olgach, unga doka yoki salfetkani shimdirib, kuygan joyga qo’yiladi va har 4 soatda almashtirib turiladi. Tana kuchli (2G’3 qismi) kuyganda ham shu usulda tayyorlangan moy yaxshi davolaydi.

* Dalachoy 100 g, dog’langan yog’dan 0,5 l olinadi. 10 kun qorong’i va issiqjoyda saqlab, vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Suzib olgach, kuygan joyga surtiladi.

* Kuyganda tuxum yog’i eng yaxshi samarali vosita hisoblanadi. Uni olish uchun 30- 40 dona tuxum yaxshilab pishiriladi. Keyin sarig’ining har birini sanchqich yoki temir simga ilib, ochiq olov ustida 3-5 daqiqa tutib turiladi. Bir necha daqiqadan so’ng tuxum sarig’i ostida yog’ tomchisi hosil bo’ladi va uni sekin yig’ib olinadi. Uzoq muddatda jami 20-30 g tuxum yog’ini yig’ib olish mumkin, kuyganda undan yaxshi vosita yo’q

Kuyish

* Tuxum oqi kuygan joyga surtiladi.

* Kartoshkaning xomini qirg’ichdan o’tkaziladi. Dokaga shimdirib, kuygan joyga bozillama qilib qo’yiladi, isigandan so’ng almashtiriladi. Yoki kartoshkani yupqa parrak qilib kesib, kuygan joyga qo’yib chiqiladi.

* Xom kartoshka qirg’ichdan o’tkaziladi va xom tuxumning oqi bilan aralashtirib, kuygan joyga qo’yiladi.

* Abu Ali ibn Sino kuyish hollarida aloy sharbatidan foydalangan. U bog’lam tarzida yoki salfetkani sharbatga shimdirib, kuygan joyga qo’yiladi. Yoki bargini qirg’ichdan yoki go’shtqiymalagichdan o’tkazib, bo’tqasi kuygan joyga qo’yib bog’lanadi. Kuygan joyga yangi bargini qo’yish ham mumkin.

* Aloy bargi shirasidan 78 g, kastor moyidan 10,1 g, sorbat kislotasidan 0,2 g, evkalipt moyidan 0,1 g, emulgatordan 1-10,1 g dan olib aralashtiriladi. Kuniga 2-3 marta kuygan joyga yupqa qilib surtilsa, yaxshi shifo bo’ladi.

* Tirnoqgul damlamasi bilan kuygan joylar yuviladi va bir necha bor surtiladi va bozillama qilinadi. Damlama tayyorlash uchun bir osh qoshiq tirnoqgul guliga bir stakan qaynoq suv quyiladi.

* Tirnoqguldan 50 g olib, maydalanadi va shisha idishga solinadi. Ustiga 300 gramm cho’chqaning ichki yog’i qo’shiladi. Suv hammomida 2 soat past olovda qaynatilgach, kuygan joyga yupqa qilib surtiladi.

* Tirnoqgul gulidan 10 g ni tolqon qilib, 50 g vazelin qo’shiladi va jarohat joylariga surtiladi.

* Zig’ir urug’idan 50 g ni maydalab, ustiga 300 g kungaboqar yog’idan quyiladi. 10 kun qorong’i va issiqjoyga qo’yilib, vaqti-vaqgi bilan aralashtirib turiladi. Suzib olgach, kuygan joylarga yupqa qilib surtiladi.

Бронхит — сабаблари уй шароитида даволаса буладими? ташхислаш, даволаш

* Oshqovoqni ezib, bo’tqa qilib, og’rigan joylarga surtish kerak.

* Oshqovoqni qirg’ichdan o’tkazib, shikastlangan joyga bog’lam tarzida qo’yiladi.

* Gulsafsar ildizi yoki bargini qaynatib, og’rigan joylar yuviladi.

* Olmani qirg’ichdan o’tkazib, bo’tqa qilib, og’rigan joylarga surtiladi.

* Chernika mevasini ezib, kuygan joyga qalin qilib qo’yiladi. Har kuni almashtirib turiladi, kuygan joy zardob bilan yuviladi.

* Qariqiz ildizi bir yarim stakan suvda 20 daqiqa qaynatiladi. Suv bug’langandan so’ng pishgan ildizlarni sariyog’ bilan 1:4 nisbatda olib, kuygan joylarga surtiladi.

* Qo’ng’irador kalanxoy sharbati bog’lam tarzida kuygan joyga qo’yiladi. Yoki barglarini maydalab, bo’tqa qilib, kuygan joyga surtish ham mumkin.

* G’oz yog’i kuygan joyga surtilsa, dog’ qolmaydi va tez tuzaladi.

* Sabzini qirg’ichdan o’tkazib, bo’tqasi shikastlangan joylarga bog’lam tarzida qo’yiladi. Agar kuygan joy ko’proq bo’lsa, taomda sabzini ko’proq iste’mol qilish kerak.

* Zubturum bargi sharbati bilan birga kuygan joylarga surtiladi, bo’tqasi kechqurun bozillama tarzida qo’yiladi. Har 4 soatda almashtiriladi.

* Zubturum bargining qaynatmasi bilan kuygan joylarni yuvish kerak.

* Zubturumdan 50 g go’shtqiymalagichdan o’tkaziladi. Bir dona xom tuxumning oqini yaxshilab aralashtirib, og’rigan joyga surtiladi.

* Zubturumning yangi uzilgan bargini ezib, matoga qo’yib, og’rigan joyga bog’lanadi. Har 3 soatda, kuchli kuyganda har yarim soatda almashtiriladi.

* Qaymoqning yangisidan 50 g olib unga bir dona xom tuxum oqi va bir osh qoshiq kungaboqar yog’idan qo’shib, aralashtiriladi. Keyin kuygan joyga surtiladi.

* Gazandaning yangi o’tidan olib, aroqda damlanadi. Unga dokani shimdirib, kuygan joyga qo’yiladi.

* Gazanda sharbati shikastlangan joylarga surtiladi, bo’tqasi kechqurun bozillama tarzida bog’lanadi. Har 4 soatda almashtiriladi.

* Agar kuyish engil bo’lsa (ozroq qizarsa yoki og’risa), odekolon, aroq yoki ochiq pushti rangli margantsovka bilan artiladi.

* Karamning yangi uzilgan bargini bog’lam tarzida kuygan joyga qo’yiladi.

* Yangi karam barglarini maydalab, tuxum sarig’iga aralashtirgan holda kuygan joyga qo’yilsa, et olib tuzalishi tezlashadi va og’riq yo’qoladi.

* Eman daraxtining po’stlog’ini maydalab, bir osh qoshig’i ustiga bir stakan suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi. Kuygan joyni yaxshilab yuvib, bog’lam yoki bozillama tarzida ishlatiladi.

* Tana kuyganda, darhol qurbaqa qornini yorib, kuygan joyga qo’yish kerak.

* Chakamug’ning guli va barglarini aralashtirib, kuygan joyga malham sifatida qo’yiladi.

* Qiziltasma (qushtoron)ning yangi uzilgan o’ti yoki sharbati kuygan joyga malham sifatida yoki bozillama qilib qo’yiladi.

* Sebarga gulidan 2 osh qoshig’i ustiga ikki stakan suv quyib, 15 daqiqa qaynatiladi. Suzib olgach, dokaga shimdirib kuygan joyga bosiladi.

* Marjon daraxtining yosh barglarini sutda 5-10 daqiqa qaynatib, kuygan joylarga qo’yiladi.

* Oq qayin barglarining qaynatmasi bilan kuniga 2-3 marta kuygan joylarni yuvish kerak.

* Oq qayin novdalarini kuydirib, kuli kuygan joyga sepiladi.

Тушда сув курса нима болиши хакида малумот

* 6 dona tuxum sarig’i bilan 6 choy qoshiq dog’langan yog’ aralashtiriladi. Shu dorini dokaga shimdirib, kuygan joyga yotish oldidan 3-4 marta qo’yish kerak(tabib Vanga tavsiyasi).

* Bir dona piyoz to’rtga bo’linadi. Keyin maydalangan qizil lavlagi, marjon daraxti ildizidan 40 g dan, bog’ atirgulining gulidan 100 g, moychechak gulidan bir
chimdim olib, hammasi aralashtiriladi. Ustiga bir litr suv quyib, qaynashgacha olib boriladi va suzib olgach, kuygan joylarga qo’yiladi.

* Piyozdan tayyorlangan bo’tqa pufakchalar paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Bir- ikki dona piyozni mayda kesib, dokaga o’rab, kuygan joyga qo’yiladi.

* Agar pufakchalar paydo bo’lsa, ularni havodan himoya qilish kerak. Buning uchun 2 osh qoshiq zaytun yog’iga bir dona xom tuxum oqini aralashtirib, dokada kuygan joylarga qo’yiladi.

* Kuygan joyni suvga botirib olib, keyin ustiga choy sodasidan ko’proqsepish kerak.

* Karamning yangi uzilgan bargini maydalab, xom tuxum oqi bilan aralashtiriladi. Kuygan joyga qo’yilsa, tez tuzatadi.

* Qoqio’tning ildizidan tayyorlangan yog’li damlama kuyganni davolashda eng yaxshi samarali vosita hisoblanadi.

* Qoqio’tning yangi ildizidan 50 g olib, maydalanadi va shisha idishga solinadi. Ustiga bir yarim stakan kungaboqar yog’i quyib, 10 kun issiq va qorong’i joyga qo’yiladi. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Suzib olgach, kuygan joylarga yupqa qilib surtiladi.

* Bir hovuch yangi shuvoq bargidan olib, maydalanadi. Jarohatlangan joylarga dorivor bog’lam sifatida ishlatiladi.

* Qoncho’p o’tidan 50 g olib, shisha idishga solinadi. Ustiga 250 g echki yog’idan qo’yiladi. Suv hammomida past olovda 2 soat qaynatiladi. Keyin kuygan joyga yupqa qilib surtiladi.

* Sigirquyruq gulidan 2 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 2 stakan suv quyiladi va past olovda 15 daqiqa og’zi yopiqholda qaynatiladi. Keyin yana 15 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olgach, shu qaynatma bilan kuygan joylar yuviladi.

* Qo’y qumalog’idan ozroq olib, tovada quritiladi. Keyin tuyib, kuygan joyga sepiladi.

* Tillabosh o’tining yangi uzilganidan 100 g olib, ustiga yarim litr zaytun yog’i qo’yiladi. 10 kun qorong’i va issiqjoyda saqlanadi. Suzib olgach, shikastlangan joyga surtiladi.

* Bo’yimodarondan 50 g olib, ustiga 250 g kungaboqar yog’i quyiladi. 10 kun qorong’i va issiqjoyda saqlanadi. Suzib olgach, kuygan joyga surtiladi.

* Baliqni tozalash paytida shilimshiq moddalar chiqadi, ana shu narsa elim deyiladi. Baliqelimini olovda kuyish vaqgida paydo bo’lgan pufakchalarga kuniga 3 mahal 10 kun davomida surtilsa, foyda qiladi.

* G’ozpanjadan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan suv quyiladi. Keyin past olovda og’zi yopiqholda 30 daqiqa qaynatiladi. Suzib olgach, bozillama uchun ishlatiladi.

* G’ozpanja ildizidan bir osh qoshig’ini bir stakan tuzsiz sariyog’da qaynatiladi. Eritmani suzib olgach, kuygan joylarga qo’yish uchun ishlatiladi.

* Yulg’un kulidan olib, olovda kuygan joyga sepilsa, jarohat tuzaladi.

* Moychechak gulidan 10 g, tirnoqguldan 15 g, bo’yimodaron gulidan 28 g, dalachoy gulidan 10 g olinadi. Ustiga yarim litr qaynoq suv quyib, 2 soat tindirib qo’yiladi. Sterillangan dokani shu damlamaga shimdirib, kuygan joyga qo’yiladi.

* Olmadan tayyorlangan bo’tqa kuygan joyga qo’yilsa, shifo bo’ladi.

* Tirnoqgulning yashilidan 50 g olib, shisha idishga solinadi. Ustiga cho’chqaning ichki yog’idan 300 g quyib, past olovda 2 soat qaynatiladi. Keyin shikastlangan joyga yupqa qilib surtiladi.

* Tirnoqguldan bir qism, vazelindan 2 qism olinadi. Ikkovidan malham tayyorlab, kuygan joylarga surtiladi.

* Agar tomoq kuysa, zaytun yoki kungaboqar yog’ini, yoxud xom tuxum oqi bilan aralashgan suvni ichish kerak.

* Lavlagi bargining qaynatmasi kuniga 2 mahal 5 kun olovdan kuygan joyga qo’yib bog’lansa, yaxshi foyda qiladi.

* Lavlagining yangi uzilgan bargini olovda kuigan joyga qo’yish kerak.

* Karamning yangi uzilgan bargi ustiga xom tuxumning oqi yupqa qilib surtiladi va olovdan kuygan joyga qo’yiladi.

* Sabzini qirg’ichdan o’tkazib, kuygan joyga tezda qo’yilsa, zahrini olib, teri tez bitishiga yordam beradi.

* Tuxum oqi va sarig’ini aralashtirib, kuygan joyga surtiladi.

* Surmani yangi qo’y charvisiga ozgina aralashtirib, olovda kuygan joyga 8 kun 3 mahaldan surtib bog’lansa, foyda qiladi.

* Xinani qaynatib, og’zi kuygan go’daklarning og’zi artilsa yoki g’arg’ara qilinsa, davo bo’ladi.

* Behi urug’idan 5 g olib, ustiga bir litr sovuq suv quyiladi va 10 soat tindirib qo’yiladi. Keyin dokaga shimdirib, kuygan joyga bozillama qilinadi.

* Aytishlaricha, tabobat otasi Buqrot hakim(Gippokrat) teridagi kuygan yaralarni davolashda anorning suvidan foydalangan ekan

* Yarim osh qoshiq asalni 100 g qaynatilgan suvda eritib, keyin 2-3 qatlam dokadan suzib olib, kuniga 2-3 mahal kuygan ko’zga tomiziladi.

* Sirli idishga bir stakan asal solib, ustiga 50 g tuzlangan cho’chqaning ichki yog’ini quyiladi va past olovda qaynatiladi. Suzib olgach, kuygan teriga surtiladi.

* 100 g tuzlanmagan mol yog’idan olib, 2 dona yangi tuxum bilan aralashtiriladi va kuygan joyga qo’yib bog’lanadi. Quriganidan so’ng yangisi bilan almashtirish kerak. Bu malham katga o’lchamda kuygan jarohatlarni ham davolaydi.

(Visited 15 058 times, 3 visits today)
Оцените статью
DAVOLASH
error: Content is protected !!