KURASH HAQIDA
KURASH HAQIDA Kurash – sportning qadimiy turi. U 5 ming yildan ortiq vaqtdan buyon ma’lum. Uning haqiqiy vatani O‘zbekistondir. 0‘zbek kurashida xalqimizning ruhiyatiga, asl xislatlariga azal-azaldan xos bo‘lgan mardlik, jasurlik, bag‘ri kenglik, raqibiga nisbatan olijanoblik, halollik, insonparvarlik fazilatlari mujassamlashgan. Bizning ona zaminimizda tug‘ilib-o‘sib, nomlari afsona-yu dostonlarga aylanib ketgan Alp Er To’nga (Afrosi- yob), Alpomish, Pahlavon Mahmud singari yelkasi yerga tegmagan bahodirlar kurash orqali o‘zbek yurtining dong‘ini butun olamga taratganlar.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Amir Temur hukmronligi davrida milliy kurashning 400 ga yaqin usullari ma’lum bo’lgan. Turli hududlardagi yakkama-yakka kurashning DU usullaridan ayrimlari hozirgi kunda sportchi-kurashchilar tomonidan qo‘llanib kelmoqda. Yaponlarning dzyu-do kurashida, samboda, yunon-rum kurashida, erkin <urashda gruzinlarning «chidaoba»sida, yoshlarning «xansagay», armanlarning ox», ozarbayjonlarning «gyulesh» deb «omlangan kurashish usullar oa o’zbek kurashiga o‘xshash tomonlar ko‘p.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha milliy qadriyatlar kabi kurashga ham e’tibor kuchaydi. Taniqli kurashchi, xalqaro toifadagi sport ustasi Komil Yusupov jahon andozalariga mos keladigan qonun-qoidalarva kurash kiyim-kechagini ishlab chiqdi.
Musobaqada hakamlar kurash gilamiga chiqqanlarida, o‘rtadagi hakam qo’lini ko‘ksiga qo‘yishi bilan chetdagi ikki hakam ham qo’lini ko‘ksiga qo‘yib, barobariga tomoshabinlarga va bosh hakamga qarab, egilib ta’zim qiladilar.
Milliy kurashda faqat tik holatda va qabul qilingan usullar qo‘llash orqali kurashiladi. Bellashuvda kurashchilar oyoqyalang, yashil va ko‘k yaktak, qizil belbog’ va oq ishtonda bo’ladilar. Bellashuv vaqti oldindan kelishib olinadi, lekin 3 minutdan kam, 20 minutdan ko‘p bolmasligi kerak. Bunda «To‘xtang» va «Kurash» shartli iboralari oralig’idagi vaqt hisobga kirmaydi. Bellashuvda bir kishi g’olib bo’lishi yoki kuchlar teng kelishi mumkin. Kurashchilar harakati quyidagicha baholanadi:
Kurashning jahon miqyosida tan olinishida, dunyoga yoyilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning xizmati katta. Uning tashabbusi bilan Termiz va Toshkent shaharlarida kurash bo’yicha xalqaro turnirlar o‘tkazildi. 1998-yil 6‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi musobaqalarida jahonning 28 mamlakatidan polvonlar qatnashdi. Shu yili xalqaro kurash assotsiatsiyasi tashkil etildi.
1999-yil 1 – 2-may kunlari Toshkentning «Yunusobod» tennis saroyi va «Jar» sport majmuida kurash bo‘yicha 1-jahon chempionati musobaqalari bo’lib o‘tdi. Unda o’zbekistonlik Akobir Qurbonov (73 kg vazn- da), Kamol Murodov (90 kg vaznda) va Tosh- temir Muhammadiyev (90 kg dan yuqori vaznda)lar jahon chempionlari boldilar. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yana 3 ta kumush, 4 ta bronza medali oldilar.