Ko’ngil aynishi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Ko'ngil

Ko’ngil aynishi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

 

Ko’ngil aynishi — to’sh osti sohasi va halqumda sodir bo’ladigan o’ziga xos noxushlik hissi bo’lib, ko’pincha qusish bilan tugaydi. Ovqatdan zaharlanganda qorin bo’sh- lig’i a’zolari kasalliklari, spirtli ichimliklar, is gazi va boshqa zararli moddalarlan zaharlanganda, homiladorlikning boshlang’ich davrida, markaziy asab tizimi kasaxliklari va jarohatlanganda, o’tkir yuqumli kasalliklarda ro’y beradi.

Ko’ngil aynishi ko’richak, o’t pufagining yallig’lanishi kabi kasalliklarning dastlabki belgisi bo’lishi, shuningdek, surunkali kasalliklar og’irlashganda va moddalar almashinuvi buzilganda (masalan, uremiyada yoki qandli diabetning zo’rayish davrida) kuzatilishi mumkin.

Ko’ngil aynishi ba’zan qattiq hayajonlanganda, biron narsadan qattiq ranjiganda, kuyinganda kuzatiladi. Bunday hollarda paxtaga ozgina nashatir spirti tomizib hidlatiladi. Til ostiga validol tabletkasi qo’yiladi yoki bir osh qoshiq suvga yalpiz damlamasidan 10-15 tomchi tomizib ichiladi, toza havoga chiqish ancha engillik tug’diradi.

Ko’ngil aynish ichkilikdan zaharlanish tufayli vujudga kelsa, qusishni to’xtatmaslik kerak, qusib bo’lgandan keyin limonli qora kofe ichirish kerak, bemor boshini sovuq suv bilan yuvish kerak. Agar ko’ngil aynish zahar tufayli yuz bergan bo’lsa, bemorni tezroq qustirib, tanasidan zaharni chiqarish kerak. Kuchli zaharlanishda oshqozonni yuvish zarur.

Ko'ngil

Ko’ngil aynishi uy sharoitida davolash

Ko’ngil aynishi bezovta qilaversa, uning sababini aniqdash va tegishli davo olish uchun shifokorga murojaat qilish lozim.

* Sachratqi ildizidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.

* Mandarinning quritilgan po’chog’i tolqon qilinadi va 2 osh qoshig’i ustiga 250 g spirt quyib, 7 kun qorong’i joyda saqlanadi. Kuniga 3 mahal 20 tomchidan suv bilan ichiladi.

* Mandariniing yanchilgan po’chog’idan 2 osh qoshig’ini kechkurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi.

* Tarkibi foydali moddalarga boyligi tufayli limonli choy xalq tabobatida yurak tez urganda, ko’ngil ayniganda tavsiya etiladi.

* Limon po’chog’i tolqonidan 2 osh qoshig’i ustiga 250 g spirt quyib, 7 kun qorong’i joyda saqlanadi. Kuniga 15-20 tomchidan suv bilan ichiladi.

* Ertalab tuz bo’lakchalaridan bir nechtasini iste’mol qilib, ustidan toza suv ichilsa, doimiy ko’ngil aynishiga 10 kun davomida shifo bo’ladi.

* Aroqqa ozroqtuz solib ichiladi, ketidan apelsin sharbati ichiladi.

* Tirnoqgul o’tidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ko’ngil ayniganda, qusish, kekirishda ichiladi.

* Rayhon o’tidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal yarim stakandan ko’ngil ayniganda, qusishda ichiladi.

* Tog’rayhoni o’tidan 15 g olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Odam doimo tashna bo’lsa, ko’ngli aynisa, qizil g’ishtni gulxanda qizdirib, keyin suvli idishga solinadi va shu suvni tindirib qo’yib ichish kerak.

* Bir stakan suvga bir choy qoshiq choy sodasi solib, ertalab ichiladi.

* Quruq ko’k choyni chaynalsa, kuchli ko’ngil aynishi qoladi.

* Xom kartoshkadan tayyorlangan yangi sharbatini ovqatdan oldin yarim osh qoshiqdan ichish kerak.

* Zanjabil ildizini qirg’ichdan o’tkazib, taomga qo’shib iste’mol qilinsa, homilador ayollarning ko’ngil aynishiga foyda qiladi.

* Yalpiz damlamasidan har kuni 15 tomchidan qand yoki suv bilan ichiladi. Bolalarga 2-3 tomchi suv beriladi.

* Yalpiz bargidan damlangan choy homilador ayolning dastlabki oylardagi qusish, ko’ngil aynishiga qarshi eng yaxshi vositadir. Ko’plab shunday vositalar bor, ammo mutaxassislarning hammasi birinchi galda yalpizni tavsiya etishadi. U oshqozonni tinchlantiradi, elni haydaydi va asablarni tinchlantiradi.

* Yalpizning quritib maydalangan bargidan 2 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 15 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, damlamadan qultumlab ichib, 15 daqiqadan bir soatgacha qo’yiladi. Agar ko’ngil aynishi to’xtamasa, yana bir stakan damlama ichiladi. Zaruriyat bo’lsa takrorlanadi.

* Yalpiz bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan ko’ngil aynishiga, qusishga qarshi ichiladi.

* Ukropdan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va biroz qaynatiladi. Me’da kasalligidan kelib chiqadigan ko’ngil aynishiga foyda qiladi.

* Limono’tidan 4 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 4 soat damlab qo’yiladi. Keyin kuniga 4 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi.

* Qalampirmunchoq tolqonidan kuniga 3 mahal bir choy qoshiqdan ovqatdan bir soat oldin 5 kun kappalansa va orqasidan issiq suv ichilsa, ko’ngil aynishiga, qusishga qarshi foyda qiladi.

* Shaftoli barglari qaynatmasidan kuniga 3 mahal 5 kun davomida choy kabi ichilsa, ko’ngil aynishi qoladi.

* Limono’ti bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 10 daqiqa damlab qo’yiladi. Kuniga bir necha marta 50-100 g gacha limon bilan ichiladi.

* Agar kishi tanasida darmondorisi kamayib ketsa, ko’ngil aynib, ishtaha bo’lmaydi. Bu holda tezda shu darmondoriga boy mahsulotlarni iste’mol qilish zarur. Ular qo’y go’shti, sut, pishloq, tuxumda ko’proq bo’ladi. Shulardan ko’ngil istagancha olib, iste’mol qilish lozim.

* Igir ildizidan bir osh qoshig’ini kechkurun termosga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal ovqetdan yarim soat oddin 50 g dan ichiladi.

* Mavrak o’tidan 2 choy qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, og’zi yopiq idishda 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi.

* Qora smorodina mevasining sharbatidan ichilsa, ko’ngil aynishiga shifo bo’ladi.

* Shirinmiyaning quritib, maydalangan ildizidan bir choy qoshig’ini termosga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. 20 daqiqadan so’ng suzib olib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin bir osh qoshiqtsan ichiladi.

* Tillaboshning quruqo’tidan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, past olovda 3-5 daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi.

* Zanjabil ildizpoyasini tolqon qilib, bir choy qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, 5 daqiqa qaynatiladi. Kuniga 3 mahal choy kabi bir stakandan ichiladi. Qadimiy yunonistondagi xalq tabiblari zanjabildan ishtahani ochish, ko’ngil aynishi va qusishni qoldirish uchun foydalanishgan.

* Zanjabilning maydalangan ildizidan bir osh qoshig’ini shisha idishga solib, ustiga 300 g aroq quyib, 10 kun qorong’i va issiq joyda saqlanadi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal bir stakan RSHIQ suvga 2 tomchidan tomizib ichiladi.

* Zanjabil tolqonidan yarim choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, past olovda 20 daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, oz-ozdan qultumlab ichiladi. Zanjabil qaynatmasi xalq tabobatida me’dani tinchlantirish, ko’ngil aynishi va qusishni qoldirishda eng ko’p qo’llanuvchi vosita hisoblanadi.

Ko'ngil

* Bo’tako’z gulidan bir yarim osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyib, 30 daqiqa damlab qo’yiladi. Ko’ngil ayniganda yarim piyola damlamaga qizil do’lana qo’shib ichilsa, tez shifo bo’ladi.

* Olxo’ri g’oyatda foydali ne’mat bo’lib, ko’ngil ayniganda, ishtaha ochishda unga teng keladigani yo’q. Ovqatni yaxshi hazm qildiradi, ichakning qisqarish va cho’zilish muvozanatini maromlashtiradi.

* Agar kishi ko’ngil aynishidan qiynalsa, avvaldan shakar solib qo’yilgan yalpiz bargini eyishi lozim. Yalpizni iste’mol qilish tanani balg’amdan tozalaydi.

* Ko’ngil behuzur bo’lganda kuniga 5-10 g maydalangan zira urug’idan 2-3 mahal ovqatdan oldin iste’mol qilish foyda beradi.

* Kiyiko’tining qurigan o’tidan 100 g olib, ustiga bir litr oq sharob quyiladi. 3 hafta qorong’i va salqin joyda saqlanadi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 50 g dan iste’mol qilinsa, ko’ngil aynishiga, qonli qusishga shifo bo’ladi.

* Behining qasqonda pishirilgani yoki murabbosi asal bilan iste’mol qilinsa, bexosdan qusganda, ich ketganda, ko’ngil ayniganda yaxshi foyda qiladi.

* Ermon (achchiqshuvoq) urug’ining tolqoni o’simlik yog’iga 1:4 ntssbatda aralashtirib, bir kun qo’yiladi. Vaqti-vaqti bilan chayqatib turiladi. Qandga bir-ikki tomchi tomizib iste’mol qilinsa, qusishda va ko’ngil aynishida foyda beradi.

* Dorivor issopning quritilgan o’tidan 100 g olib, ustiga 2 l «Kagor»ga o’xshagan vino quyiladi. Qorong’i va salqin joyda 2 hafta saqlanadi. Keyin og’zi yopiq idishda past olovda 10 daqiqa qaynatiladi, sovigach suzib olinadi. Kuniga 3 mahal ovqatdan 30-40 daqiqa oldin 50 g dan ko’ngil ayniganda, kekirganda, qusganda va gijja haydovchi vosita sifatida iste’mol qilinsa, shifo bo’ladi.

* Limon va limono’ti bargidan 50 g olib aralashtiriladi va maydalanadi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyib, yarim daqiqa qaynatiladi. Kuniga 50 g dan ichiladi.

* Sedana tolqoni bir choy qoshiqdan, kuniga 3 mahal 3 kun davomida kappalansa va ustidan qaynoq suv ichsa, ko’ngli aynib, qayt qiladigan kishi tuzaladi.

* Sunbula tolqoni sovuq suv bilan ichilsa, ko’ngil aynishi qoladi.

* Dolchin tolqoni sovuq suv bilan ichilsa, ko’ngil aynishi qoladi.

* Totum urug’ining qaynatmasi ko’ngil aynishini ketkazadi.

* Anor sharbati bilan yalpiz damlamasidan teng miqdorda olib, qultumlab ichilsa, ko’ngil aynishi, qusishga davo bo’ladi.

* Ko’ngil aynishini behi, bodom, jiyda to’xtata oladi.

(Visited 5 901 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!