KO’NGIL AYNIGANDA
Xalq tabobatida shaftoli mevasi taomni hazm qildiruvchi, qayt qilishni to’xtatuvchi vosita sifatida tavsiya etiladi. Shaftoli bargining sharbati yoki qaynatmasi oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Buning uchun bir qism shaftoli bargini olib, choynakka solib damlanadi, undan bir piyola ichilsa, biroz o’tgach, kishi terlaydi, bosh og’rig’i va ko’ngil aynishi qoladi.
(Visited 1 796 times, 1 visits today)