Dasturxon ustida yotish. Kimki tushida dasturxon ustida yotganligini ko’rsa, shu paytgacha hech kimga bildir magan ziqnaligi el orasida oshkor bo’ladi. Odamlarping undan ixlosi qaytadi.
Dasturxonning uchishi. Dasturxon — oila va xotir jamlik ramzi. Shuning uchun kimki tushida oldida yozig’ liq dasturxonning uchganligini ko’rsa, ahli ayolidan va boyligidan ayrilar ekan.
Dastxat. Tushda mashxur kishilardan dastxat olish tush sohibining qat’iyligi va o’ziga ishonishidan dalolatdir. Kimgadir dastxat berish — kutilmagan yangilik va sovg’a.
Daftar. Ish topolmay bekor yurgan odam tushida daf tar ko’rsa, o’ngida ishga joylashadi.
Devor. Agar kishi tushida devorni ko’rsa, agar u butun devor bo’lsa, jamiyatdagi o’z mavqeini mustahkam deb bilsin, agar devor qiyshaygan va buzuq bo’lsa, zarar ko’rishiga yo’isin. Agar kishi tushida devorga sakrab chiqsa, oldidagi to’siqlar ni engib, muhim bir ishi muvaffaqiyatli yakun topadi.
Dengiz. Dengiz bilan bog’liq tushlar hamma uchun ham yaxshilikka yo’yiladi. Xususan, savdogar tushida dengiz ko’rsa va uning to’lqinlari ustida suzib ketayotgan bo’lsa, ko’p mol va boylikka erishadi. Agar qiz o’z mahbubi bilan to’lqinlar ustida bir tekisda suzayotganini tushida ko’rsa, uning orzulari amalga oshadi, vafo va sadoqat hamisha unga yo’ldosh bo’ladi.
Deraza. Agar tushingizda deraza ko’rsangiz va uning oynalari tiniq bo’lsa, demak, o’ngingizda hayotingiz rav shanlik bilan o’tar ekan. Yo’lda keta turib birovning de razasidan ichkariga qarasangiz, boshlagan ishingizda mu vaffaqiyatsizlikka yo’liqasiz.
Dimlama. Agar tushingizda dimlama esangiz, yaqin kun larda yaxshi turmush tarzi kechirishingizga ishoradir.