Kekirganda

Kekirganda
Kishining me’dasida ozgina miqdorda havo bo’ladi. Bu havo og’izdan sezilmay, oz-ozdan chiqib turadi yoki o’n ikki barmoqli ichakka o’tadi. Biroq ayrim hollarda me’dada juda ko’p gaz hosil bo’ladi, ana shunda u beixtiyor og’iz bo’shlig’iga chiqadi – odam quruq kekiradi.

Yangi yopilgan non, no’xat, loviya, karam, ayniqsa, tarkibida karbonat angidrid bo’ladigan limonad, gazli suv va pivo singari ichimliklar me’dada gaz ko’payib ketishiga olib keladi. Odam gaplashib turib shoshib-pishib ovqatlanganda yo quruq narsalar eganda ham me’daga juda ko’p havo tushishi mumkin.

Kekirish kishi uchun juda xunuk hol. Bunday noxush holatning bo’lmasligi uchun maromida shoshilmasdan eyish darkor. Juda to’yib ovqatlanish yaramaydi, aks holda me’da og’irlashib, me’da ichi bosimi ortib ketadi va kishi kekiradi. Ovqat tanovul qilayotganda gazli ichimliklarni ichmaslik, ayniqsa, mineral suvni ichishdan oldin shisha og’zini ochib qo’yishi kerak. Ovqatdan so’ng bir oz piyoda sayr qilish foydalidir.

Ko’pincha me’da va o’n ikki barmoqli ichak kasalligi bor kishi ovqatlangandan so’ng ko’p kekiradi. Bu kekirik nordon, achchiq bo’ladi. Bunda, albatta, vrachga borish zarur.

(Visited 9 862 times, 2 visits today)
Rate article
DAVOLASH