Kamqonlik uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot
Kamqonlik — bu tanada qonning kamayishi yoki qizil qon tanachalari (eritrotsit- lar) sonining kamayib ketishi, yoxud qizil qon tanachalarida (eritrotsitlarda) gemoglobin miqtsorining kamayishi, qon aylanishi buzilishi va qon buzilishining oshishidir.
KASALLIK KUCHAYIB KETMASDAN SHIFOKORGA MUROJAR QILING
Kamqonlik kasalligi qon yaratilish jarayoni buzilishi, to’satdan yoki surunkali ko’p qon yo’qotish, kesilgan joylar, me’da va yo’g’on ichak yaralari, yuqumli kasalliklar va gijjalar, o’pka sili va saratoni, bavosir va boshqalar natijasida paydo bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, qizil qon tanachalari (eritrotsitlar) ning me’yoridan ortiq darajada parchalanishi ham sabab bo’lishi ehtimol. Boshqa bir qator moddalar etishmasligi, masalan, temir moddasi tanqisligi oqibatida kamqonlik kelib chiqishi aniqlangan. U irsiy bo’lishi ham mumkin.
Kamqonlik kasalligiga iqtisodiy qiyinchiliklar, yaxshi ovqatlanmaslikni asosiy sabab qilib ko’rsatish to’g’ri emas. Konfetlar, novvot, shokolad, tort, qovurilgan go’sht, tuxum, kabob, qazi, oq undan tayyorlangan non iste’mol qilib, har xil sharbatlar, qahva, kakao ichib ham kamqonlikka yo’liqish mumkin. Aksincha, qaynatma ovqatlar, bug’da, suvda pishgan go’sht, tuxum, oddiy non, oq qand, shakar, turli mevalar, sabzavotlar iste’mol qilgan odam kamqonlik dardiga duchor bo’lmaydi.
Aslida bu dardni keltirib chiqaradigan omillar kam yurishdir. Har bir odam quvvatiga yarasha qimirlab tursa, badanga kamqonlik yopishmaydi.
Kasallikning asosiy belgilari — bu yuz, lablar, milklar rangining o’zgarishi, ko’zlar ostida kukimtir aylana dog’lar paydo bo’lishi, tez-tez sovqotish, madorsizlik, toliqish, charchash, bosh og’rig’i, bosh aylanishi, yurakning tez urishi, ishtaha yo’qo- lishi, nafas qisishi, hushdan ketish, badanning tirishishi, quloqda shovqin eshitilishi kabilarda kuzatiladi.
Kamqonlik tufayli organizmning asosiy a’zolari, avvalo bosh miya va yurak kislorod bilan etarli darajada ta’minlanmaydi. Bunday bemorlarning terisi quruq, tirnoqlari mo’rt bo’ladi. Kamqonlik homilador ayollarda ko’p uchraydi. Bunday ayollardan nimjon, zaif bolalar tug’iladi. Harorat ko’tarilishi tufayli turli xil og’riqlar bezovta qilishi, ko’p hollarda qon bosimi baland bo’lishi mumkin. Kamqonlik kasalligi qishloqlarda yashovchi ko’p bolali ayollar o’rtasida ayniq- sa keng tarqalgan.
Kasallikni davolash tadbirlariga ko’ra, ana’naviy muolajada tarkibida temir modtsalari mo’l bo’lgan dorilar, ovqatlar, darmondorilar, aminokislotalar tavsiya qilinadi. Kamqonlikni davolashda to’yimli ovqatlanishga asosiy e’tibor berish kerak. Xalq tabobatida go’sht, jigar bilan bir qatorda go’sht sharbati, ho’kizning xom qoni tavsiya etiladi. Zamonaviy tibbiyotda qaymoq, sariyog’, sut, tariqdan tayyorlangan bo’tqa, makkajo’xoridan tayyorlangan taomlar tavsiya etiladi.
Sariq rangli sabzavot, mevalar boshqa rangdagi mevalarga nisbatan darmondorilarga boy ekanligi aniqlangan. Qon tarkibini yaxshilash uchun ko’proq karafs, o’rik, asal, jigar, yong’oq iste’mol qilish kerak. Shuningdek, tabiblar bir shisha «Kagor» vinosi, 300 g shakarni 6 l suvda 5 l qolguncha qaynatib, undan har kuni 3 piyoladan ichib turishni, yoz oylarida tanaga dog’langan paxta moyi surkab, kuniga 2 soatdan quyoshda yotish yoki o’tirish, chanqaganda qatiq ichish, dam olganda uzoq qaynatilgan o’rik suvidan issiq-issiq ichib turishni maslahat beradilar.
Kamqonlikda sabzi shinnisini suvi qotgan non bilan iste’mol qilish, choy o’rnida na’matak, jiyda po’stlog’i, tut qoqidan qaynatilgan damlamalar ham yaxshi naf keltiradi.
Kamqonlik uy sharoitida davolash
* Sabzi sharbatidan 3 qism, ismaloq sharbatidan 2 qism olib, har kuni 3 mahal ovqatdan oldin, yarim stakandan ichiladi.
* Sabzini qirg’ichdan o’tkazib, sutda qaynatib iste’mol qilinsa, kamqonlikka foyda beradi.
* Sabzi, lavlagi va turp sharbatlaridan teng miqtsorda olib, har kuni uzoq muddatda 2 osh qoshiqtsan ichish tavsiya etiladi.
* Sabzini har kuni 100 g dan ovqatdan oldin, qaymoq yoki o’simlik yog’i bilan iste’mol qilish lozim.
* Sabzi, lavlagi va turpni qirg’ichdan o’tkazib, sharbatidan teng miqtsorda olib, jigarrang shishaga solinadi va og’zi xamir bilan suvaladi, ammo ichidagi suyuqtik bug’lanishi kerak. Tayyor aralashma kuniga 3 mahal ovqatdan oldin, bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi. Davolanish muddati uch oy.
* Qizil sabzi ham kamqonlikda davo bo’ladigan ne’matlardan hisoblanadi.
* Nama’takning maydalangan mevasidan bir osh qoshig’i ustiga bir litr suv quyiladi va 10 daqiqa qaynatiladi. Kechqurun o’rab qo’yiladi. Choy kabi ichiladi. Qon tizimini tozalaydi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Qaynatma vitaminlarga boy bo’lganligi uchun kamqonlikda, buyrak, siydik qopi, jigar kasalliklarida foydal anil adi.
* Dalachoydan 3 osh qoshiq, oq lamium va maymunjon bargidan 2 osh qoshiqtsan olib, maydalab aralashtiriladi. 3 stakan qaynoq suv quyib, 3 soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal issiqholda bir stakandan ichiladi.
* Behining bargi va po’stlog’ini teng miqdorda olib qaynatiladi va bir soat tindirib qo’yiladi va 10 kun davomida, 3 mahal yarim stakandan ichgan bemor tuzaladi.
* Bodomga barobar shakar qo’shib tuyiladi va 10 kun davomida, 3 mahal 100 gramm- dan iste’mol qilinadi.
* Tabobat sultoni Abu Ali ibn Sino kamqonlik kasalligida ismaloqdan keng foydalangan. Ismaloq qaynatmasidan kuniga 3-4 mahal 100 grammdan 15 kun davomida ichilsa, shifo bo’ladi. Qaynatmani tayyorlash uchun bir osh qoshiq ismaloq o’ti ustiga bir stakan suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi va bir soat tindirib quyiladi.
* Tut yoki tut qoqisidan 100 grammdan kuniga 3 mahal 15 kun davomida iste’mol qilinsa, turli kasalliklarda va kamqonlikda yaxshi foyda qiladi.
* Ikki kg novvotni 6 litr suvda qaynatib, kechasi ochiq joyda qodtsiriladi va saharda olib, qorong’i joyda saqtanadi. Kuniga 3 mahal 100 grammdan, 10 kun davomida ichilsa, bemor tuzaladi.
* Gazanda bargi, bo’yimodaron guli, qoqio’t ildizidan teng miqdorda olinadi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga bir yarim stakan qaynoq suv quyiladi va 3 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, ovqatdan 20 daqiqa oldin 3-4 marta ichiladi. Davolangai muddati — 8 hafta.
* Gazanda va oq qayin barglaridan teng miqtsorda olib aralashtiriladi. Undan 2 osh qoshig’i ustiga bir yarim stakan qaynoqsuv quyiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, ustiga yarim stakan lavlagi sharbati quyiladi. Bir kunda 3-4 marta ovqatdan 20 daqiqa oldin ichiladi. Davolanish muddati 8 hafta.
* Gazanda barglaridan olib, ustiga qaynoqsuv quyiladi. Salat holida iste’mol qilinsa, yaxshi samara beradi.
* Gazanda o’tidan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 150 g dan ichiladi.
* Gazanda o’ti, yong’oq bargidan 100 g dan olib aralashtiriladi. Shundan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga yarim stakandan 4 mahal, ovqatdan 30 daqiqa oldin iste’mol qilinadi.
* Gazaqtsaning yangi sharbatidan kuniga 3 mahal bir choy qoshikdan ichilsa, kamqon- likda, avitaminozda shifo bo’ladi.
* Sarimsoqdan 300 g olib, ustiga yarim litr aroq quyiladi va 21 kun qo’yib qo’yiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 10 tomchidan iste’mol qilinadi.
* Sarimsoqni rus tabiblari kamqonlikka qarshi engyaxshi vosita hisoblaydilar, uni tozalab, yuvib 300 g ni 2 litrli shishaga solib, ustiga bir litr 70 gradusli spirt quyib, 3 hafta tindirib qo’yiladi. Kuniga 3 mahal yarim stakan sutga 20 tomchi damlama tomizib ichiladi. Sarimsoq damlamasidan ko’ra uning o’zini ishlatgan foydali.
* Ermon (achchiq shuvoq)ning may oyida terib olinganidan 4 litrli shishaga solib, ustiga aroq quyib, 21 kun issiq va qorong’i joyda saqlanadi. Har kuni ertalab ovqatdan oddin besh tomchi damlamani bir osh qoshiq suvga tomizib, 3 hafta iste’mol qilinadi. Agar qon kamayishi kuchli bo’lsa, 2 hafta tanaffus qilib, keyin yana 3 hafta davom etgiriladi.
* Qizil lavlagini pishirib iste’mol qilsa, qon tarkibini yaxshilaydi, kamqonlikka foyda qiladi, qonni ko’paytiradi va tozalaydi.
* Qizil lavlagi, qora turp va sabzi sharbatidan teng miqtsorda olib, cho’yan idishga solinadi va 3 soat duxovkaga qo’yiladi. Kuniga 3 mahal bir osh qoshiqtsan, ovqatdan oldin iste’mol qilinadi.
* Turp, sabzi, qizil lavlagi sharbatidan teng miqtsorda olib, kuniga 2 osh qoshiqtsan 3 mahal ovqat oldidan ichiladi.
* Lavlagining xomidan olib qirg’ichdan o’tkaziladi va bir choy qoshiqtsan iste’mol qilinsa, ayniqsa, salatlar, vinegretlar tayyorlab foydalanilsa, kamqonlikka foyda qiladi.
* Sebarga gulidan 10 g olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 45 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 2 osh qoshiqtsan 3 mahal iste’mol qilinadi.
* Sebarga o’tining gullab turgan bosh qismidan 3 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal chorak stakandan kamqonlikda ichiladi.
* Qora bug’doy (grechixa) novdalaridan may oyida bir stakan olib, ustiga bir litr qaynoqsuv quyib, damlab qo’yiladi. Ko’ngil ko’targuncha ichiladi.
* Qora bug’doyning gullagan novdalaridan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal yarim stakandan, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.
* Tillabosh 75 g, ertut bargi 100 g, maymunjon bargi 75 g dan, olib arashtiriladi va 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi.
* Mumiyodan kuniga 0,3 grammdan ertalab va kechqurun 2 mahal 10 kun ichib, keyin 5 kun tanaffus qilinadi va 4 kurs takrorlanadi. 2 oy tanaffus qilinadi. Ikki oydan so’ng yana 4 kurs takrorlab, 2 oy tanaffus qilinadi. Keyin yana 4 kurs davolaniladi.
* Jenshen (odamgiyoh) ildizidan 20 g ini mayda ezib tolqon qilinadi va yarim litr asal bilan aralashtiriladi, bir hafta qo’yib qo’yiladi. Kuniga bir necha bor aralashtirib turiladi. Bir haftadan so’ng kuniga 2 mahal choy qoshiqtsan olib iste’mol qilinadi. Bu qondagi gemoglobin miqtsorini oshirishdagi yaxshi vosita.
* Jenshen o’simligining ildizi har xil a’zo va to’qimalar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, quvvatni oshiradi, toliqishni, xomushlikni yo’qotadi, modtsalar almashinuvini yaxshilaydi, qon bosimini tushiradi, yurakurishini, kamqonlikni yaxshilaydi va shifo bo’ladi.
* Qora zira mevasidan 2-3 choy qoshig’ini bir stakan qaynoq suvda damlab ko’yiladi va choy kabi bir kunda ishlatiladi.
* Ertut bargini choy kabi damlab, sut va shakar bilan ichilsa, kamqonlikka shifo bo’ladi.
* Ertut (qulupnay) mevalaridan kuniga 2-3 mahal bir kg dan 3 kg gacha sut, qaymoq, asal, shakar bilan iste’mol qilinsa, kamqonlikda shifo bo’ladi.
* Zubturum sharbatidan bir osh qoshig’ini har kuni 3 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin iste’mol qilish kerak.
* Olxo’rini ko’p iste’mol qilish (uyqu oldidan 20 g) qon tarkibida qizil qon tanachalarining ko’payishiga yordam beradi. Shu bilan birga qon bosimini ham pasaytiradi, ug’g’dan buyrak xastaliklarini davolashda ham foydalanish mumkin.
* O’rik mevasidan iste’mol qilinsa, kamqonlikni davolashda muhim o’rin tutadi. Bu ne’mat yurak, qon-tomirlar faoliyatini yaxshilaydi.
* Kamqonlikda va ko’z xiralashganda kuniga 3G’4 stakan o’rik sharbatidan ichib turish tavsiya etiladi.
* Behini urug’idan tozalab, to’g’rab termosga solinadi, ustiga 1:20 nisbatda qaynoq suv quyiladi. Kuniga 3 mahal yarim stakandan ovqatlanish arafasida ichiladi.
* Behining quruq to’g’ralgan mevasidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 20 daqiqa damlab qo’yiladi. Past olovda 10 daqiqa qaynatiladi. So’ngra olovdan olib, yana yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin bir osh qoshiqdan kamqonlikda, qandli diabetda iste’mol qilinadi.
* Limono’tidan 8 choy qoshig’ini choynakka solib, ustidan 2 stakan qaynoq suv quyiladi va 4 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, shu damlamadan kuniga 4 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichilsa, kamqog’g’likda, ovqat hazm bo’lishining buzilishida, yurak kasalliklarida foyda qiladi.
* Limono’tidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Bir soat tig’g’dirib qo’yilgandan so’ng suzib olib, kuniga bir osh qoshiqtsan 3-4 mahal kamqonlikda ichiladi. Davolanish muddati 3 hafta.
* Uyku oldidan bir hovuch mayizni piyolaga solib, ustiga qaynoq suv quyib qo’yiladi. Ertalab mayizi ham eyilsa, qondagi gemoglobin ko’payadi.
* Qoqio’t o’t va ildizidan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 4 mahal chorak stakandan ovqatdan oldin ichiladi.
* Petrushkaning bir dona ildizpoyasi bir stakan suvda 5 daqiqa qaynatiladi va 4-5 soat damlab qo’yiladi. Bir oy davomida bir stakandan iste’mol qilinadi.
* Petrushka urug’ining tolqonidan bir choy qoshig’i bir yarim stakan suvda 10 daqiqa qaynatiladi. Kuniga 4 mahal yarim stakandan qultumlab ichilsa, kamqonlik, ateroskleroz, gipertoniya, buyrak va ko’z kasalliklarida shifo bo’ladi.
* Na’matak mevasidan 2 choy qoshig’i bir stakan qaynoq suvda damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan keyin ichiladi.
* Sarimsoqdan 40 g olib, og’zi yopiq idishga solinadi va ustiga 100 g spirt yoki aroq quyiladi. Kuniga 10 tomchidan 2-3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.
* Kartoshkani po’stlog’i bilan pishirib, keyin po’stlog’idan tozalanadi va ozroq sariyog’ solib eziladi. Ustiga bir osh qoshiqda piyozdog’ qilingan ozroq yog’ qo’shiladi. Yana bir bog’ kashnichni to’g’rab, hammasi aralashtiriladi. Tayyor masalliq qotgan non bilan iste’mol qilinsa, kamqonlikka davo bo’ladi.
* Qorong’ida saqlangan aloy sharbatidan 15 g iga g’oz yog’i, sariyog’, asal va kakao kukunidan 100 g dan olib aralashtiriladi. Keyin shu omuxtadan bir osh qoshig’ini bir stakan qaynoqsutga qo’shib, kuniga 2 mahal iste’mol qilinadi.
* Aloy bargidan tayyorlangan yangi sharbatdan 150 g, asaldan 250 g va «Kagor» vinosidan 350 g olib aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan oldin bir osh qoshiqtsan iste’mol qilinadi.
* Cho’chqaning ichki yog’idan 400 g olib, mayda to’g’raladi. 6 dona kattaroq yashil olmani mayda to’g’rab aralashtiriladi. Past olovda eritiladi. Keyin 12 dona tuxum sarig’i bir stakan shakar bilan yaxshilab aralashtiriladi. Ustiga qirg’ichdan o’tkazilgan 400 g shokolad qo’shiladi. Yog’ bilan olmani elakdan o’tkazib, shakar, tuxum sarig’i va shokoladga qo’shiladi va sovitiladi. Tayyor mahsulotdan kuniga 3-4 mahal nonga surtib, sut bilan iste’mol qilinadi.
* Kartoshkaning xom sharbatidan kuniga 2-3 mahal yarim stakandan ovqatdan oldin 2-3 hafta ichish tavsiya etiladi (qizil kartoshka yanada maqsadga muvofiq).
* Qora smorodina (qorag’at) pishgan paytida har kuni iste’mol qilinsa, foyda beradi.
* Yalpizdan 75 g, na’matak mevasidan 100 g, sachratqi ildizidan 75 g olib aralashtiriladi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan iste’mol qilish kerak.
* Bo’yimodaron o’tidan 60 g olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal bir choy qoshiqdan iste’mol qilinadi.
* Bo’yimodaron o’ti va gulidan tayyorlangan 20% li spirtli damlamasiga suv aralashtirib, 2 osh qoshiqdan ovqatdan oldin ichiladi.
* Xina po’stlog’idan olib, ustiga aroq quyiladi. Tushlik oldidan bir qadah ichiladi (faqat kattalar uchun).
* Qatiq kamqonlik, oshqozon, ichak, yurak xastaligida ko’proq ichib turiladi.
* Kamqonlik va ozg’inlikni qadimgi rus tabiblari cho’chqa suti va mushuk suti bilan davolashgan.
* Kamqonlikni davolashda tabib Vanga 8 kun loy ichishni tavsiya etadi. Loy bilan davolash qizil qon tanachalari sonini oshiradi, buyrak, jigar, o’t faoliyatini yaxshilaydi.
* Zangori maymunjonni quritib maydalangan mevasidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 30 daqiqa damlab qo’yiladi. 2 mahal ovqatdan oldin kamqonlik, qandli diabet va tuz yig’ilganda ichiladi.
* Yong’oq, bodom, mayiz va bargakni teng miqtsorda olinadi. Go’shtqiymalagichdan o’tkazib, teng miqtsorda toza asal qo’shiladi. Nahorda ovqatdan 30 daqiqa oldin 2 osh qoshiq iste’mol qilinsa, kamqonlikka shifo bo’ladi.
* Tirnoqgul kamqonlikka barham berib, asabni mustahkamlaydi.
* Sabzi suvida asalni qaynatib eyilsa, qon tozalanadi.
* Bug’doyni o’stirib iste’mol qilish uchun o’rtacha 100 g gacha bug’doy tozalanib, suvda ivitiladi, suv yuziga qalqib chiqqan bug’doylar olib tashlanadi. Likopchaga solib ustidan suv quyiladi, suv bug’doy sathidan oshmasligi kerak. Usti 2-3 qavat doka bilan yopiladi, kun davomida 1-2 marta aralashtiriladi, nami qochgan bo’lsa ozroq suv quyiladi. Yoz kunlari 24 soatda, qish kunlari 36 soat davomida (uy haroratida) 1-2 mm li oq kurtak (nish)lar paydo bo’ladi.
Uni olib, 2-3 marta yuviladi, go’shtqiymalagichdan 2 marta o’tkazib, nahorda, tushlikda iste’mol qilsa bo’ladi. O’rniga yana yangi bug’doy tayyorlab boriladi. Birdaniga ko’proq tayyorlab sovitgichda saqlab, keragicha ishlatsa ham bo’ladi. Nish urgan bug’doydan yil davomida foydalanish mumkin. Shundan iste’mol qilib turilsa, immunitetni oshiradi, qonni ko’paytiradi, qon kislorod ta’minotini yaxshilaydi, yog’dagi xolesterin miqtsorini mo’’tadil saqlaydi, tanadan har xil zaharli va keraksiz modtsalarni chiqarib tashlaydi, inson umrini uzaytiradi.
* Bug’doyning nish urganini 2 marta go’shtqiymalagichda yoki boshqa elektr asbobida maydalab, ustiga 1-1,5 stakan qaynab sovigan suv quyiladi va 1-1,5 soatdan so’ng dokadan o’tkazib siqiladi. Hosil bo’lgan sutdek sharbatdan kuniga 3-4 mahal ichilsa, kamqonlikda shifo beradi.
* Bug’doy kepagidan 3 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 2 soat damlab qo’yiladi. Kuniga bir osh qoshiqdan ovqatdan yarim soat oldin kamqonlik, oqqon (leykomiya) kasalida iste’mol qilinadi.
* Turpni qirg’ichdan o’tkazib xantal urug’i qo’shib, kuniga 5-6 marta iste’mol qilinsa va ustidan suv ichilsa, kamqonlikda foyda qiladi. Davolash davrida bir oy davomida har kuni 20-30 dona xantal urug’idan bir marta iste’mol qilish kerak.
* Qizilqoncho’p (pashmak) bargidan, qora bug’doyning gullagan yuqori qismidan, gazanda bargidan teng miqdorda olinadi. 3 osh qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va 3 soat tindirib qo’yiladi. Kuniga 4 mahal yarim stakandan ichiladi.
* Bo’yimodaron guli, gazanda bargi va qoqio’t ildizidan teng miqtsorda olinadi. Bir osh qoshig’i ustiga 300 g qaynoq suv quyib, 3 soat tindirib qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 100-150 g dan 3-4 mahal bir oy davomida ichiladi.
* Qiziltasma (qushtoron)dan 500 g olib, 4 litr suvda 15 daqiqa mil-mil qaynatiladi. 20 kun 3 mahal 2 osh qoshiqtsan parhez bilan ichilsa, kamqonlikda, qon ketishida davo bo’ladi.
* Kamqonlikda har kuni bir dona baqlajon iste’mol qilish foydali, chunki unda ko’p miqtsorda mis borligi qonning tuzilishiga yordam beradi.
* Qora smorodina (qorag’at)ning maydalangan bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 4-5 mahal yarim stakandan kamqonlik, qandli diabet, buyrakda tosh bo’lganda ichiladi.
* Pashmak (qizilqono’t) o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal bir osh qoshiqtsan ichiladi.
* Ermon (achchiq shuvoq)ning ho’l bargi sharbatidan bir osh qoshiqdan kuniga 3 mahal kamqonlikda iste’mol qilinadi.
* Ermonni maydalab, 150 ml li idishga solinadi. Ustiga ozroq aroq quyib, qorong’i joyda 3 hafta saqlanadi. Kunigabir mahal bir choy qoshiqsuvga 1-2 tomchidan tomizib ichiladi. Davolanish muddati 3 hafta, 2 haftalik tanaffusdan so’ng muolaja takrorlanadi.
* Pishgan pomidor sharbatidan kuniga 3 mahal bir stakandan ovqatdan 10 daqiqa oldin ichilsa, kamqonlik, ateroskleroz va semizlikda foyda qiladi.