Istma uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

Istma

Istma uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

 

Isitma — kasallik qo’zg’otuvchi omillarga javoban organizmning himoya reaktsiyasi. Odam tanasida issiqpik boshqarilishining buzilishi va shuning natijasida gavda haroratining 37°ga ko’tarilishi bilan ifodalanadi.

Isitma keltirib chiqaradigan sabablar rivojlanish mexanizmlari, kechishi va boshqa xususiyatlariga ko’ra bir necha turga farqqilinadi. Isitma ko’tarilganda modda almashinuvi kuchayadi, infektsiyalarga qarshi kurash va chiqindilarning ketishi tezlashadi.

Virusli infektsiya ayrim holatda isitmani tushirishi mumkin, ammo ko’pincha isitma 40,5°ga ko’tariladi. Isitma ko’tarilishining asosiy sababi — bu virusli va bakterial infektsiyalar. Masalan, shamollash, angina, o’tkir otit, ichak va siydik infektsiyalari, chechak, qizamiq, tepki, o’pka shamollashi, ko’richak, meningit va boshqa turli kasalliklarda isitma holati turlicha kechadi: u bir xilda baland bo’lishi yoki bir kecha-kunduz ichida bir necha bor o’zgarib turishi mumkin.

Kuchli isitmada an’anaviy davolash usuli bilan isitma dorilar yordamida (aspirin, amidopirin) tushiriladi. Davolashda isitma ko’tarilishining asl sababini aniqlab, keyin asosiy kasallikni davolashga kirishish kerak.
Ibn Sino bu dardga shunday ta’rif bergan: «Isitma yuraqtsa alangalanib arteriya va venalardagi ruh va qonning vositachiligida butun tanaga tarqaladigan, natijada badanda ham alangalanib, kishining tabiiy holatiga zarar etkazadigan yot haroratdir».

Ibn Sino isitmani kasallik va belgi isitmasiga bo’lgan. Uning ta’kidlashicha, biror-bir kasallikning belgisi bo’lishi bilan birga, o’zi ham mustaqil kasallik sifatida namosn brishi mumkin. Mustaqtsh kasallik sifatidagi isntma shunday isitmaki, bunda isitma bilan uning kasallik deb hisoblanmaydigan sababi o’rtasida bog’lanish bo’lmaydi.

Masalan, chirish isitmasi. Bunda chirish isitmaning sababchisi bo’lib, o’zi kasallik emas. Shishlar va boshqa kasalliklar natijasida chiqadigan isitma belgi isitmasi hisoblanadi. Bunda isitma shish natijasida paydo bo’lib, unga ergashib keladi va asosiy kasallik — shish qaytmaguncha isitma ham tushmaydi. Vabo, qizamiq va har xil shishlar isitmali kasalliklar guruhiga kiradi.

Hoziq tabib Yusufiy (XVI asr) qon chiqarish, balg’am, safro, qon g’alabasidan bo’ladigan isitmalarning belgilarini aniqlab, har biriga davo dasturlarini tavsiya qiladi. Masalan, qon chiqarishdan bo’lgan isitmada qon oldirib, uch kungacha mulayyindan ichishni buyursa, safrodan vujudga kelgani xoh bir kun tutib, bir kun tutmaydigan, xoh doimiy isitma bo’lsin, skanjubin ichishni, agar u ichni qotirsa, huqna bilan yumshatishni tavsiya qiladi.

Ar-Roziy isitmasi doimiy bo’lib, eti uvishib, titraydigan va ich qotishi bor bemorga 30 dona olxo’ri suvini 20 dirham shakar qo’shib sahar payti, nonushtadan keyin skanjubin bilan o’n dirham gulqandni va oradan ikki soat o’tkazib, arpa suvini iste’mol qilishni buyurgan bo’lsa, har kuni titroq bilan isitma tutib, yuzidan sharros ter oqadigan, siydigi qip-qizil bemordan uning quvvati ko’targanicha qon olib tashlashni aytib, kasaliga rum arpabodiyonining suvi bilan gulqandni va qizil gulning kulcha dorisini iste’mol qilishni tavsiya etgan.

* Ertut mevasi isitmani tushiradi.

* Malinaning quritilgan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, choy kabi ichiladi.

* Guruchdan bir stakani ustiga 7 stakan suv, bir osh qoshiq yalpiz, bir bosh qirg’ichdan o’tkazilgan piyoz qo’shib, qaynatiladi. Har 2 soatda 1G’3 stakandan yuqori isitma, zotiljam va anginada ichiladi.

* G’o’ra uzum sharbatiga matoni shimdirib, bemor bola o’ralsa, isitmasi tushadi.

* Uzum g’o’rasining suvidan kuniga 2 mahal 50 g dan ichilsa, qusish va isitma darhol qaytadi.

* Sirka, aroq va suvdan teng miqdorda olib, choyshabga shimdiriladi va bemor bolaga o’raladi.

* 3 mahal sirkaga non to’g’rab eyilsa, isitma tushadi.

* Asal va malina iste’mol qilish foydali.

* Rovoch ildizi va mevasidan tayyorlangan qaynatmadan xalq tabobatida isitmani tushirish uchun foydalanilgan.

* Rovoch va petrushka urug’i iste’mol qilinsa, isitma tushadi.

* Rovoch ildizi qaynatmasi qovuqdagi ogriqaarni qoldiradi va davomli isitmalarda foyda qiladi.

* Kungaboqar guli va bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 15 daqiqa damlab qo’yiladi. Isitmadan davo sifatida yarim stakandan ichiladi.

* Sachratqi mevasidan bir choy qoshig’i ustiga 2 stakan suv quyib, biroz qaynatiladi va bir-ikki soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichilsa, isitmaga davo bo’ladi.

* Shotara (shohtara) o’simligi tarkibida alkoloidlar, glikozidlar, oshlovchi va bo’yoq moddalar, S, K darmondorilari va boshqa birikmalar bor. Xalqtabobatida bu o’simlikning er ustki qismidan tayyorlangan qaynatma isitmani tushiruvchi dori sifatida ichiladi.

* Yuqori isitmani tushirish uchun bir stakan bodring sharbati ichish va u bilan bemor tanasini yuvish kerak.

* Zubturum bargi qaynatmasidan 3 mahal 50 g dan 7 kun davomida ichilsa, kunora tutadigan isitmada foyda qiladi.

* Qamish ildizining tolqoni va qaynatmasi kuniga 3 mahal 10 kun davomida ichilsa, ich ketishi va kuchli isitmada foyda qiladi.

Jag’-jag’ning ildiz qaynatmasiga asal suvi qo’shib, kuniga 3 mahal 50 g dan 5 kun davomida ichilsa, davomli isitmalarga foyda qiladi.

* Shotutdan shinni tayyorlash uchun pishgan shotut mevasidan olib, sharbati sirli idishga solib qaynatiladi. Bu qaynatma xalqtabobatida haroratni pasaytiruvchi dori sifatida ichiladi.

* Binafsha gulidan damlab ichilsa, kuchli isitmani ham bartaraf qiladi.

* Bodom yog’ida tayyorlangan ovqatga yasmiq qo’shib eyilsa, hech qachon isitma chiqmaydi.

* Sedanadan ‘har kuni bir choy qoshiqtsan kappalansa, foyda qiladi.

* Qora zira urug’i kuniga 3 mahal choy qilib ichilsa, isitma tushadi.

* Qora terakning yangi bargi yoki kurtaklaridan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Kuniga 5-6 mahal ovqatdan keyin choy qilib ichilsa, isitmada foyda qiladi.

* Kashnich urug’idan damlangan choy och holda, kuniga 3 mahal 100 g dan ichilsa, isitma tushadi.

* Kashnich bargiga teng miqdorda shakar qo’shib, 3 kun 9 g dan nahorda eyilsa, issig’i chiqqan bemor 5-6 kunda tuzaladi.

* Me’da, jigar va buyrak kasalliklarida yangi limon isitma tushiruvchi dori sifatida qo’llanadi. Uning sharbatiga ozgina asal qo’shib ichilsa, isitma tushadi.

* Sholg’omning maydalanganidan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 15 daqiqa qaynatiladi. Sovigach, dokadan suzib olinadi va chorak stakandan ichiladi.

* Sholg’om go’sht bilan qaynatilganda kuchli oziqaga aylanib, me’dani to’qtutadi. Qaynatmasi isitma chiqqanda va yurak bezovtalanganda juda yaxshi shifo bo’ladi.

* Piyozni pishirib, sirkaga aralashtiriladi. Bemor uni 10 kun davomida 3 mahal hammomda o’ziga surtsa, eshakemi isitmasi yo’qoladi.

* Bo’yimodaron o’simligining quritilgan er ustki qismidan bir osh qoshig’ini og’zi yopiladigan idishga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlanadi. Dokadan suzilgach, kuniga 3-4 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqdan ichilsa, isitmani tushiradi.

* Kuniga anor eb turilsa, isitmada shifo ladi.

* Rayhon o’tining er ustki qismiga D0 nisbatda qaynoq suv qo’shib, damlanadi. Bir choy qoshiqni yarim stakan I ga solib, ovqatdan oldin kuniga 3 mahal ichiladi.

* Chilonjiyda mevasidan 20 g olib, usti 5ir yarim stakan suv quyib, yarim stakan qolguncha qaynatiladi. Kuniga 3 ma 18 kun 50 g dan ichilsa, foyda qiladi.

* Apelsin (po’rtaxol) sharbatidan har 3 soa bir stakandan ichilsa, isitmada chanqoqni qoldiradi.
Sholg’omning maydalanganidan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 15 daqiqa qaynatiladi. Sovigach, dokadan suzib olinadi va chorak stakandan
ichiladi.

* Sholg’om go’sht bilan qaynatilganda kuchli oziqaga aylanib, me’dani to’q tutadi. Qaynatmasi isitma chiqqanda va yurak bezovtalanganda juda yaxshi shifo bo’ladi.

* Piyozni pishirib, sirkaga aralashtiriladi. Bemor uni 10 kun davomida 3 mahal hammomda o’ziga surtsa, eshakemi isitmasi yo’qoladi.

* Bo’yimodaron o’simligining quritilgan er ustki qismidan bir osh qoshig’ini og’zi yopiladigan idishga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlanadi. Dokadan suzilgach, kuniga 3-4 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqtsan ichilsa, isitmani tushiradi.

* Kuniga anor eb turilsa, isitmada shifo bo’ladi.

* Rayhon o’tining er ustki qismiga 1:10 nisbatda qaynoq suv qo’shib, damlanadi. Bir choy qoshiqni yarim stakan suvga solib, ovqatdan oldin kuniga 3 mahal ichiladi.

* Chilonjiyda mevasidan 20 g olib, ustiga bir yarim stakan suv quyib, yarim stakan qolguncha qaynatiladi. Kuniga 3 mahal 18 kun 50 g dan ichilsa, foyda qiladi.

* Apelsin (po’rtaxol) sharbatidan har 3 soatda bir stakandan ichilsa, isitmada chanqoqni qoldiradi.

* Apelsin po’chog’i yuvib, maydalanadi. Ustiga 70 %li spirtni 1:10 nisbatda qo’shib, uy haroratida, qorong’i joyda 2 hafta qo’yiladi. So’ngra suzib, kuniga 3 mahal bir choy qoshiqtsan iste’mol qilinadi.

* Tarvuz urug’i 1:10 nisbatdagi sovuqsuvda eziladi. Har 2 soatda bir choy qoshiqtsan isitma chiqqanda iste’mol qilinadi.

* Sedana isitmani, xususan, balg’am bilan sovuqtsan bo’lgan isitmani qoldiradi (Abu Ali ibn Sino tavsiyasi).

* Sedana yog’idan 2-3 oy davomida 2 g dan kuniga 3 mahaldan ichilsa, sovuqtsan bo’lgan isitmada foyda qiladi.

* Sedana asal bilan bir choy qoshiqtsan iste’mol qilinadi.

* Za’faron gullaridan 2 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, sovitguncha damlab qo’yib, keyin suzib olinadi. Bir osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsa, terlatadi, siydik haydaydi va tinchlantiradi.

* Kashnichning yanchilgan mevasidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, ovqatdan yarim soat oldin, 2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichiladi.

* Moychechak gullaridan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 30 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, iliqholda ovqatdan oldin, yarim stakandan 3 mahal ichiladi.

* Oq akatsiya gulidan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Oq akatsiya gulidan 2 choy qoshig’i ustiga yarim stakan aroq quyib, bir hafta og’zi yopiq idishda saqdanadi. Suzib olib, kuniga 20 tomchidan suvga qo’shib ichiladi.

* Bo’tako’zdan 100 g, jo’ka gulidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini qaynatib, kuniga 4 mahal ovqatdan oldin 150 g dan ichiladi.

* Tunda qora tolning mayda va serbarg novdalari to’shab yotilsa, isitma tushadi.

* Qari xo’rozning sho’rvasi davomli isitmalarda yaxshi shifo bo’ladi.

* Bolaning harorati ko’tarilganda g’o’ra uzum qaynatmasida cho’miltirilsa, issiqlikni tez tushiradi (tabib Vanga tavsiyasi).

* Apelsin po’chog’idan 100 g olib, ustiga yarim litr aroq quyiladi. 7 kun qorong’i va iliqjoyda saqlanadi, vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Igir ildizidan 100 g olib, ustiga 0,6 litr aroq quyib, 10 kun qorong’i va iliqjoyda saqlanadi. Vaqgi-vaqgi bilan aralashtirib turiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin, bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Marjon daraxti gulidan 100 g, jo’ka gulidan 75 g, tog’ rayhonidan 100 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan isitmani tushirish uchun ichiladi.

* Abu Ali ibn Sino chuchukmiya idtsizining qaynatmasi bilan isitmani tushirgan. Buning uchun 15 g maydalangan ildizi ustiga bir stakan suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 4-5 mahal bir osh qoshiqtsan ichiladi.

* Maymunjonning mevasi va sharbatidan iste’mol qilinsa, isitmani tushiradi.

* Maymunjonning quritilgan yangi bargidan bir choy qoshiq olib, unga shu o’simlik urug’idan yarim choy qoshiq qo’shiladi. Yarim litrlik choynakka solib, ustiga qaynoq suv quyyladi va 5-6 daqiqa damlanadi. Choyga o’xshab ichilsa, isitmani tez tushiradi.

* Sulining yashil o’tidan 30 g olib, ustiga bir litr qaynoq suv quyiladi va 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 4-5 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Choy zamburug’ini damlab, 7-8 kun saqtanadi. Kuniga 3-4 mahal ovqatdan bir soat oldin yarim stakandan ichiladi.

* Turp suvidan bir kosa olib, unga 75,24 g asal qo’shiladi. Bemor hammomda ichib, qayt qilsa, 3-4 kunlik isitmani yo’qotishda nihoyatda foyda beradi.

* Olxo’rining ildizi, po’stlog’i va yosh novdalarini maydalab, hammasi aralashtiriladi. Undan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan suv quyib, 30 daqiqa qaynatiladi. Suzib, kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Arpabodiyon urug’idan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Kun davomida ichilsa, tana haroratini pasaytiradi.

* Arpabodiyonning urug’i va ildizini qo’shib, sovuq suv bilan ichilganda isitma vaqgidagi ko’ngil aynishi va isitmadan kelib chiqqan me’da achishuvida katta foyda qiladi.

* Qiziltasma (qushtoron)dan 500 g olib, 4 litr suvda 15 daqiqa mil-mil qaynatiladi. 10 kun parhez bilan 3 mahal 50 g dan ichilsa, kishini quvvatga kirgizadi, issiqni tushiradi, siydikni haydaydi, gijjalarni osongina tushiradi va qon oqishini to’xtatadi.

(Visited 3 488 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH