Isitma – bu gomoyotermli jonzotlarga xos tipik patologik jarayon bo’lib, organizmni temperatura gomeostazini idora etilishini qayta qurilishi (perestroyka) natijasida tana temperaturasini oshishi bilan xarakterlanadi.
Ma’ruza maqsadi:Eng ko’p tarqalgan tipik patologik jarayon isitma tushunchasi, sabablari, mexanizmlari, to’qima va a’zolardagi bo’ladigan o’zgarishlar, turlarining diagnostik ahamiyati haqida yo’naltiruvchi ma’lumot berish.
Muhokama qilinadigan savollar:
- Termoregulyatsiya va uning buzilishi
- Isitma tushunchasi va etiologiyasi
- Patogenezi va bosqichlari
- Pirogen moddalar
- Isitmada organizmdagi o’zgarishlar
- Isitmada modda almashinuvi buzilishlari
- Isitmaning biologik ahamiyati
Isitma – bu gomoyotermli jonzotlarga xos tipik patologik jarayon bo’lib, organizmni temperatura gomeostazini idora etilishini qayta qurilishi (perestroyka) natijasida tana temperaturasini oshishi bilan xarakterlanadi.
Isitma gomoyotermli jonzotlar evolyutsiyasi davrida infektsion agentlarga nisbatan moslashuv reaktsiyasi shaklida yuzaga kelib, organizmni tabiiy rezistentligini oshiradi. Ayrim vaqtlarda zarar ham keltirishi mumukin.
Tana temperaturasini ko’tarilishi bilan o’tadigan hamma kasalliklar qadimdan «isitma» deb atalgan.Isitma hozir mustaqil kasallik deb hisoblanmasa ham, ba’zi kasalliklar hamon isitma deb ataladi(masalan bezgak isitmasi, iskabtopar isitmasi, Ku isitmasi).Isitmaning sabablari va rivojlanish mexanizmlari 19 asrda organizm va tashqi muhit o’rtasidagi issiqlik almashinuvi haqidagi ma’lumotlar paydo bo’lgandan keyin chuqur o’rganila boshladi. 20 asrning ikkinchi yarmida har xil bakteriyalarning pirogenlik xususiyatlari o’rganildi.Mikroblarning patogenligi va pirogenligi o’rtasida bog’liqlik yo’q.Kuchli pirogen gram manfiy mikroblarning endotoksini bo’lib, termostabildir.
1950 yillarda bakterial preparatlar organizmga kiritilganda qon va limfada ikkilamchi(endogen) pirogenlar hosil bo’lishi aniqlandi.Uning farqi termolabilligidadir.Bu moddadalarni donador leykotsitlar ishlab chiqarishi aniqlandi.
Termoregulyatsiya
Ma’lumki, qon va ichki organlar harorati 37oS, kun davomida 1,0-1,2oS ga o’zgarib turadi. Bu farq 2,5-3,0oS atrofida bo’lsa, kishi yomon ahvolga tushadi, 43oS da hayot tugaydi.
Haroratning ma’lum bir darajada o’zgarmagan holda ushlab turilishi, ya’ni gomotermiya(yoki issiqlik gomeostazini) ta’minlash,uni hosil qilib ajratib turish,umumlashtirib aytganda kimyoviy va fizikaviy boshqarish omillari hamda mexanizmlari orqali amalga oshiriladi.
Issiqlikni asosiy manbai oziq-ovqat moddalaridir.Organizmda hosil bo’lgan energiyaning deyarli 30-40% bevosita issiqlik ko’rinishidagi holidir.Bu ikkilamchi issiqlikdir.
1.Ximiyaviy termoregulyatsiya-bu quyidagilar hisobiga issiqlik hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi:
– skelet mushaklarining maxsus qisqarishi xisobiga. Mas., odam tinch yotganida mushaklarini taranglasa issiqlik hosil bo’lishi 10% ga oshadi,ozroq harakat qilsa 50-80% ga oshadi.O·ir ish qilganda issiqlik hosil bo’lishi 400-500% gacha oshadi.
– sovuqdan mushaklar titrasa issiqlik hosil bo’lishi 2-3 barobar ortadi.
– sovuqda jigar va buyrakda issiqlik hosil bo’lishi ortadi.
2.Fizikaviy termoregulyatsiya- bu 3 yo’l-mexanizm orqali amalga oshiriladi: 1.issiqlikni u yoki bu qismga (muhitga) o’tkazish; 2.issiqlikni nurlanish orqali atrofga tarqatish;
3.terlash va nafas yo’li bilan bu·latish. Bu quyidagi yo’llar bilan uzatiladi:
– tomirlarda qonning to’lishi, oqish tezligining ortishi hisobiga teri orqali issiqlik yo’qotiladi. Qo’l orqali asosiy almashinuvda hosil bo’lgan issiqlikning 60% yo’qotiladi.
– teri orqali peripiratsiya hisobiga, ya’ni epiteliylar orqali suv chiqib bu·lanishi hisobiga 20% issiqlik yo’qotiladi. 1g suv bu·lansa, 0,58 kkal energiya yo’qotiladi.
– tana holatini o’zgarishi hisobiga. Mas., hayvonlar sovuqda buklanib oladilar.
– sovuqda «·oz terisi» bo’lganda teridagi tuklar ko’tarilib, katalgalar hosil qilinib, issiqlik ushlab qolinadi.
Haroratni idora etish va bir me’yorda ushlab turish issiqlik hosil qilish va uni ajratish jarayonlarini o’zaro munosabatlarini, ularning bir biriga muvofiqligini,qolaversa muvozanatini idora etish nerv va endokrin tizimlari, ularning turli bo’limlari, bo’g’imlari orqali amalga oshiriladi.
Epiteliy ostida terining chuqur qavatida va tomirlar devorida sovuq va issiqlikni sezuvchi retseptorlar bor. Asosiy termoregulyator markaz gipotalamusda joylashgan bo’lib,uning oldingi qismida sovuq va issiqni sezuvchi neyronlar joylashgan.Ularga ma’lumot periferiyadagi termoretseptorlardan keladi.Bundan tashqari bu zonalar harorat o’zgarishlarini to’g’ridan-to’·ri ham sezadilar.Gipotalamusning orqa qismida esa harorat ma’lumotlari integratsiyalanadi va fizik hamda ximik termorugulyatsiyalarni boshqaruvchi effektor stimullar hosil bo’ladi.Bu markazlar uchun qo’z·alishni o’tkazuvchi maxsus moddalar:atsetilxolin,serotonin,noradrenalin. NaQ,KQ ionlari kontsentratsiyasining bosh miya qorinchalarida ortishi bu neyronlar qo’z·aluvchanligini o’zgartiradi.
Odamda sovuq va issiq sezuvchi retseptorlar qo’zg’alganda termoregulyatsiya markaziga impulslar keladi. Bu impulslar simpatik nerv yo’llari orqali moddalar almashinuvini,ion almashinuvini o’zgartiradi,titrash va hansirashlarga olib keladi.
Etiologiyasi. Isitma ko’p kasalliklarning tipik simptomi bo’lib,organizmga mikroblar,ularning toksinlari, qon, oqsil, yog’lar quyilganda yuzaga keladi. Klinikada infektsion va noinfektsion isitmalar tafovut etiladi. Isitma chaqiruvchi moddalar pirogen moddalar deyiladi. Ular ikki xil bo’ladi:
1.Birlamchi pirogenlar:
– mikroblarning endotoksinlari. Gram manfiy mikroblarning endotoksinlari 3 qismdan iborat: lipoid, polisaxarid va oqsil. Lipoid qismi intoksikatsiya va isitma chaqiradi.
– asseptik yallig’lanish va infarktlarda
– viruslar, rikketsiyalar, spiroxetalar va oqsillar
Bu moddalarning o’zi isitma chaqirmaydi,lekin ular ta’sirida organizmdagi hujayralarda ikkilamchi pirogenlar ishlab chiqariladi.
2.Ikkilamchi pirogenlar:granulotsit va monotsitlarda birlamchi pirogenlar ta’sirida hosil bo’ladi.Ular endogen leykotsitar pirogen yoki interleykin-1 deyiladi.
In vitro sharoitida pirogen moddalar ta’sirida neytrofillar 16-18 soat davomida, monotsitlar esa 35 soat davomida leykotsitar pirogenni ishlab chiqaradi. Ulardan tashqari yana interferon, lizotsim, PG va boshqalar ham ishlab chiqariladi.
Patogenezi. Isitmaning asosida leykotsitar pirogenlar tomonidan termoregulyatsiya markazlari ishining qayta qurilishi yotadi. Bu esa markazning o’ziga kelayotgan signallarni(sovuq,issiq) sezish bo’sag’asining o’zgarishi bilan xarakterlanadi, ya’ni sovuqqa sezgir neyronlarning aktivligi oshadi,issiqqa sezgir neyronlarniki esa tormozlanadi. Natijada termoregulyatsiya darajasi yuqoriga ko’tariladi.
Birlamchi pirogenlar ta’sirida mikro- va makrofaglar aktivlashib leykotsitar pirogen ishlab chiqariladi.Bu modda qon orqali miyaga borib gipotalamusning oldingi neyronlariga ta’sir qiladi.Natijada bu neyronlarda PG E1 ishlab chiqariladi.Bu modda hujayra ichidagi ts-AMFni parchalovchi ferment fosfodiesterazani ingibirlaydi.Natijada adenilattsiklaza aktivligi ortib,ts-AMF miqdori oshib termoregulyatsiya markazlari neyronlarini sovuq va issiqqa sezgirlik darajasi o’zgaradi: sovuqqa sezgirlik ortadi,issiqqa sezgirlik ortadi.Natijada tana harorati sovuq deb qabul qilinadi,ximik va fizik termoregulyatsiya mexanizmlari ishga tushib tana haroratini ko’tarilishi ta’minlanadi.
Isitmada teromoregulyatsiya markazi faoliyatining qayta qurilishi quyidagicha tushintiriladi: odatda periferiyadan kelgan impulslar termoregulyatsiya markazida integratsiyalanib fizik va ximik termoregulyatsiyaga ta’sir qiladi.Markaz aniq belgilangan rejimda ishlaydi.Markaz ishining buzilishi favqulotda ta’sirlar natijasida, ya’ni isib ketish yoki sovub ketish vaqtida bo’lishi mumkin. Buning mexanizmi quyidagicha tushintiriladi:
1.Pirogen moddalar markazning termosezgirmas neyronlari faoliyatini buzadi,natijada markazning sovuqqa va issiqqa sezgir neyronlari signallarini solishtiruvchi faoliyati o’zgaradi.Bu esa harorat gomeostazi nuqtasini o’zgartiradi.
2.Harorat gomeostazining nuqtasi sovuqqa va issiqqa sezgir neyronlarning funktsional holati bilan ifodalanadi.Pirogenlar sovuqni sezuvchi neyronlarning aktivligini oshiradi,issiqni sezuvchi neyronlarnikini esa pasaytiradi.Natijada markazning sovuqni sezish bo’sag’asi pasayadi va normal harorat pasaygan deb qabul qilinib,issiqlikning ajratish yo’llari berkitiladi,tana haroratinin ko’tarilishi kuzatiladi.
Isitmani ishga soluvchi molekuyar mexanizmlar hanuzgacha chuqur o’rganilmagan.
Isitmaning bosqichlari
Isitma jarayoni uch bosqichda boradi.
1.Haroratni ko’tarilishi davri (St.incrementi). Bunda termoregulyatsiyani qayta qurilishi issiqlik hosil bo’lishini issiqlik yo’qotilishidan yuqori bo’lishi bilan xarakterlanadi.Ximik va fizik termoregulyatsiya jarayonlari o’zgaradi. Issiqlik yo’qotishini kamayishi periferiyadagi tomirlarni spazmi, ter ajralishi va bu·lanishni kamayishi bilan bog’liq. «G’oz» terisi bo’lganda issiqlik yaxshi izolyatsiya bo’ladi.
Muskullar tonusini oshishi va ularni qaltirashi ularda moddalar almashinuvini oshirib issiqlikni hosil bo’lishini ko’paytiradi.
Buni mexanizmi quydagicha. Periferiyadagi tomirlarni spazmi termoretseptorlarni qo’zg’atib «sovuq»ni sezishga (oznob ) olib keladi. Unga javoban muskullarni titrashi bo’ladi(droj). Bundan tashqari jigar, o’pka va miyada issiqlik hosil bo’lishi kuchayadi. Shuning uchun ham issiqlikda ham,sovuqda ham isitma vaqtida temperaturani ko’tarilishi bir xilda bo’ladi.
2.Haroratni yuqori darajada saqlanib turish davri (St.fastigii).
Ma’lum darajagacha ko’tarilgan temperatura bir necha vaqt shu darajada turadi,yuqoriga ko’tarilmaydi,chunki shu vaqtda tomirlar kengayib issiqlikni yo’qotish ko’payib issiqlik hosil bo’lishi bilan tenglashadi. Odam tanani qizishini sezadi, terisi issiq bo’ladi.
Bu davrda leykotsitar pirogenlar termoregulyatsiya markazini «ustanovochnaya tochka»sini o’zgartiradi va shu darajada tana temperaturasini ushlab turuvchi mexanizmlar ishlab turadi.
Temperatura ko’tarilish darajasiga qarab uni quyidagi turlarini tafovut etiladi: temperatura 38oS gacha ko’tarilsa subfebril, 38-39oS gacha ko’tarilsa – o’rtacha, 39-41oS gacha bo’lsa – yuqori, 41oS dan yuqori bo’lsa giperpiretik deyiladi.
3.Haroratni pasayish davri. Pirogen moddalarni ta’siri kamayaborgan sari termoregulyatsiya markazi asl holiga keladi. Tanada yig’ilgan issiqlik tomirlar kengayishi,terlash va nafasni tezlashishi hisobiga yo’qotiladi.
Isitmani intensivligi markaziy nerv sistemasini faoliyatiga, gormonlarga bo·liqdir. Gipofiz,buyrak usti bezlarining faoliyati pasaysa isitma kuchsiz rivojlanadi.
Temperatura egri chizig’i ko’tarilish,turish va pasayish qismlaridan iborat. Bu egri chiziqni diagnostikada ahamiyati bor.
Isitmada organizmda bo’ladigan o’zgarishlar.
Markaziy nerv sistema tomonidan bo’ladigan o’zgarishlar: uyqusizlik, charchash, bosh og’rig’i, chil-parchinlikni sezish, hushni yo’qotish, alahsirash va galyutsinatsiyalar. Qo’zg’lish va tormozlanish jarayonlari o’zgarishi natijasida yuzaga kelib bir tomondan isitmaga ikkinchi tomondan intoksikatsiya darajasiga ham bog’liqdir.
Isitmada ayniqsa, simpato-adrenal sistema faoliyatining o’zgarishlari sezilarli bo’ladi. Qonda adrenalin va noradrenalin miqdori orta boshlaydi, pirogen moddalar, nihoyat, isitma jarayonining o’zi kuchli stressor omil bo’lganligi uchun, xuddi umumiy adaptatsion sindromga o’xshash ichki sekret bezlar sistemasida nomaxsus o’zgarishlarga sabab bo’ladi.Bunda,chunonchi buyrak usti bezi po’stloq qismining giperplaziyasi,AKTG miqdorining oshishi,glyukokortikoid gormonlarning ko’payishi,limfotsitlarning kamayib ketishi va h.k. kabi o’zgarishlar yuz beradiki ular ana shundan dalolat beradi.
Qon aylanish sistemasi.Tana temperaturasini 1oSga ko’tarilishi pulsni 1 minutda 8-10 ga ortishiga olib keladi.Buni Liebermeister K (1865) qoidasi deyiladi. Bu sinus tuguni isishi,hamda simpatik nervni tonusini oshishi bilan bog’likdir.Ayrim kasalliklarda (qorin tifi,qaytalama tif) intoksikatsiya hisobiga issiqlik vaktda taxikardiya o’rniga bradikardiya bo’ladi.
Arterial bosim isitmani birinchi bosqichida teri tomirlarini spazmi hisobiga oshsa,uchinchi davrida atreriyalarni tonusining birdan pasayishi hisobiga kollaps holati ham bo’lishi mumkin.
Tashqi nafas olish birinchi bosqichda biroz sekinlashsada,temperatura ko’tarilganda bosh miyani temperaturasi oshishi hisobiga, nafas olish tezlashadi.
Hazm sistemalarida anchagina o’zgarishlar bo’ladi:so’lak ajralish buzilgani uchun til quruq va qarash bo’ladi,oshqozon shirasi miqdori va kislotaligi kamayib ishtaha yo’qoladi.Bu o’zgarishlar ham isitma, hamda bakterial intoksikatsiyalar hisobiga bo’ladi.
Moddalar almashinuvi tomonidan bo’ladigan o’zgarishlar asosiy almashinuvni oshishi,avvaliga uglevodlarni yonishi kuchayib keyinchalik yog’larni oksidlanishi kuchayadi va keton tanachalarini yig’ilishi bilan xarakterlanadi.
Oqsil almashinuvi uchun xos bo’lgan oqsillarni parchalanishi va mochevinani siydik bilan ko’p ajralishi, manfiy azot balansi kabi o’zgarishlar ham isitmaga, hamda intoksikatsiya bog’liqdir.
Suv-elektrolit almashinuvi tomonidan isitmani birinchi davrida arterial bosim ortishi natijasida diurez ko’payadi.Ikkinchi bosqichida esa aldosteron ko’p ishlab chiqarilgani uchun to’qimalarda Na ushlab qolinib diurez kamayadi. Uchinchi davrida esa xloridlarni va Na ko’p chiqarilishi bilan birga siydik va ter ko’p ajraladi.
Isitmani ahamiyati. Isitma organizmni himoya reaktsiyasi bo’lishi bilan birga ayrim hollarda ziyonli ham bo’lishi mumkin.
Isitma patofiziologiyasi sohasida ko’p yillar ilmiy ishlar olib borgan taniqli olim P.N.Veselkinning fikricha isitmalash qobiliyati evolyutsion rivojlanish nuqtai nazaridan biron-bir populyatsiyani saqlanishi uchun kerak bo’lgan xususiyatdirki,agar u yuz bermaydigan bo’lganda gomoyotermli hayvonat olami tabiiy tanlanish jarayonida yo’qolib ketgan bo’lardi. Bu – umumlashtirib aytilgan fikrda isitmaning asosiy biologik mohiyati ko’rilib turibdi.
Yuqori temperatura ko’pgina mikroblarni ko’payishiga to’sqinlik qiladi.40oSda tuberkulez tayoqchasiga streptomitsinni ta’siri 37oSdagiga nisbatan 100 barobar yuqoridir.Isitmada fagotsitoz kuchayadi,antitelolar,interferonlar ishlab chiqarish kuchayadi,immunokompetent hujayralarning reaktivligi ortadi, viruslarni reproduktsiyasini bosib turuvchi hujayra ichidagi fermentlar aktivlashadi.Isitma organizmga stress ta’sir qilgani uchun organizmni nospetsifik rezistentligini oshiradi.Shuning uchun ham tozalangan pirogenlar (pirogenal,piriefir va b.q.) zaxlini o’tib ketgan turlarini suyak bo’g’in silida,o’pkani kavernali silida va boshqalarda piroterapiya ishlatiladi.
Isitmani ana shunga ko’ra ijobiy ta’sirini nazarga olib neyrosifilis (zaxm), gonorreya (so’zak), psixoz, dermatit, allergiya, tromboflebit va h.k. kabi holatlarda bemor ahvolini yaxshilashi, shifobaxsh ta’sir vositasida kasallikni bartaraf etishga qaratilgan. Shuning uchun undan amalda foydalanadilar.
Issiq urishi, sinonim – organizmni qizib ketishi, sinonim gipertermiya.
Bu holatlar issiqlik balansini buzilishi natijasida organizmda issiqlik miqdorini oshishi bilan xarakterlanadi. Buni isitmaga aloqasi yo’q,unga qarama-qarshi holat bo’lib organizmni kompensator imkoniyatlari qurigandan keyin yuzaga keladi.Isitmada termoregulyatsiya temperaturani ko’tarilishga qaratilgan bo’lib gipertermiyada esa organizm bunga qarshilik qiladi.Bunda pirogen moddalar rol uynamaydi.
Issiq urishi-bu tashqaridagi issiq faktorlar ta’sir qilganda organizmni qizib ketishi bilan xarakterlanadigan holatdir.
Sababi tashqaridan ortiqcha issiqlik tushishi natijasida termoregulchtsiyani buzilishidan kelib chiqadi.
Issiqlikni uzatishga to’sqinlik qiluvchi va issiqlik hosil bo’lishini kuchaytiruvchi omillar tanani qizib ketishini tezlatuvchi omillardir.
Issiq urishi issiq tsexlarda ishlovchilarda,sayohlarda uchrashi mumkin.
Oftob nurlarini boshga to’g’ridan to’g’ri ta’sir qilishi natijasida oftob urishi yuzaga keladi. Issiq yoki oftob urishlarini klinik belgilari deyarli bir xil bo’lgani uchun ularni alohida holat deb qaralmasa ham bo’ladi.
Issiq urish kuchli ter ajralishi natijasida qonni quyuqlanishi va suv-elektrolit almashinuvini buzilishi bilan boradi. Markaziy nerv sistemasida miya to’qimasi va pardalarida giperemiya va shish bo’lgani uchun nevrologik simptomlar bilan o’tadi.
Issiq urish odamlarga beriladigan yordam asosan organizmdan issiqlikni yo’qotishni tezlatishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Gipertermik sindrom. Bu gipotalamusda termoregulyatsiyani buzilishi natijasida birdan tana temperaturasini 40oS va undan yuqoriga ko’tarilib ketishi bilan xarakterlanadi. Bu sindrom bosh miyani o’smalari, travmalarda,qon quyilganda,infektsiyalarda va b.q. gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazlarini shikastlanishidan kelib chiqadi.Bulardan tashqari narkotik moddalar va miorelaksantlar birgalikda berilganda ham kuzatilishi mumkin.