Ichak kasalliklari uy sharoitida davolash usullari turlari kasallik haqida malumot

Ichak kasalliklari

Ichak kasalliklari uy sharoitida davolash usullari turlari kasallik haqida malumot

 

Ichak enterokolit – hazm qilish tizimida ko’p uchrab turadigan kasallik bo’lib, ichak faoliyatining buzilishiga, shilliq qavatlarining yallig’lanishi esa atrofik o’zgarishlariga olib keladi. Joylashuviga ko’ra, ingichka ichak va yo’g’on ichak jarohatlarining enterokolitlari o’zaro farq qiladi.

 

KASALLIK KUCHAYIB KETMASDAN SHIFOKORGA MUROJAR QILING

Xastalik uzoq cho’ziladi. Kasallikning kelib chiqishiga ichak infektsiyasi, oziq-ovqatni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, taomlar iste’mol qilishdagi buzilishlar, o’tkir, achchiq va sho’r, qovurma taomlarni iste’mol qilish, tartibsiz ovqatlanish, chekish, spirtli ichimliklar ichish, uzoq vaqt dorilar, antibiotiklar iste’mol qilish, ovqatdan bo’lgan allergiya, ichak gelmentozi va boshqalar sabab bo’ladi.

Kasallikning asosiy belgilari: ingichka ichagi jarohatlangan bemorlar kindik atrofidagi og’riq tufayli tez-tez ich ketishi, najas kelishining buzilishi, ovqatlangandan so’ng qorin dam bo’lishi, ko’ngil aynib, bosh aylanishi, ko’z tinishi, ishtaha yo’qligidan shikoyat qiladilar.

Yo’g’on ichak jarohatlanganda esa og’riq ichakning yon bo’limlarida joylashib, ich ketish va ich qotish bir xilda tez-tez sodir bo’ladi. Bemor najasida qon aralash shilliq bo’lib, qorin sohasida og’riq, ichakdan qon ketishi, ko’ngil aynish va qusish holatlari kuzatiladi. An’anaviy davolash usullari kasallikni kompleks davolashga qaratiladi.

Bu kasashtikda to’g’ri ovqatlanish, parhez katta ahamiyatga ega. Engil hazm bo’ladigan va tarkibida oqsil, yog’, vitaminlar etarlicha ko’p bo’lgan va uglevodi kam bo’lgan parhez taomlar iste’mol qilinadi. Kasallik xuruj qilganda shifokor ko’rsatmasiga binoan, dori-darmonlar antibiotik va fermentlar bilan davolaniladi.

Ichak kasalliklari uy sharoitida davolash

Bu haqiqat xalqtabobatining bir necha ming yillik amaliyoti o’z isbotini topgan. Luqmoni Hakimu Aflotun, Buqrotu Jolinusdan Ar-Roziy va Ibn Sinogacha hammalari «Sog’liqtilasang, ko’p ema» aqidasiga amal qilib, barcha kasalliklarning boshi bo’kib eyish ekani, o’rtacha eyish — sog’liq garovi, oz emoq — tani sog’liq ekanini ta’kidlashib, eng asosiysi me’yorni ushlashni qayta-qayta uqtirishgan.

Rivoyat qilishlaricha, podsho Kisro (Xisro so’zi Xisrav — sosoniylar hukmdori Xusrav Anushervonning arablashgan nomi) huzuriga iroqlik, hindistonlik, rumlik va sudanlik to’rt mashhur hakim to’planishadi. Kisro ularga «Har biringiz kasallik tug’dirmaydigan bir dori haqida gapiringiz», dedi.

Iroqlik hakim dedi: «Kasallik qo’zgotmaydigan davo shulki, har kuni nahorda uch ho’plamdan qaynagan suv ichib yurasan». Rumlik hakim bunday dedi: «Kasallik qo’zg’otmaydigan davo shulki, har kuni tortizaldan (dorivor modda nomi) bir ozgina iste’mol qilib yurasan». Hindistonlik hakimning javobi: «Kasallik qo’zg’amaydigan davo shulki, har kuni qora haliladan uch dona eb yurasan».

Sudanlik hakim jim o’tirardi, vaholanki, u hakimlar ichida eng hozig’i va yoshi edi. «Sen nega gapirmaysan?» deb so’radi undan Kisro. «Ey hojam, — deb gap boshladi u, — qaynagan suv buyrak yog’ini eritib yuboradi, me’dani bo’shashtiradi. Tortizal esa safro qo’zg’atadi, qora halila savdo paydo qiladi».

Shunda Kisro «Sen nimani tavsiya qilasan?» dedi. «Ey hojam, – dedi u, — kasallik qo’zg’atmaydigan davo shulki, qorning ochmay turib ovqat ema, ovqatlanayotgan paytingda qorning raso to’yib ketmasidan avval ovqatdan qo’l tortasan. Agar shularga amal qilsang, o’limdan boshqa hech qanday illat senga hujum qilolmaydi».

Hakimlarning hammasi uning so’zlarini «Rost, to’g’ri», deb tasdiqlashdi. «Sog’ paytda sog’ bo’lishning chora-tadbirlarini ko’rib yurish, — dedi sudanlik hakim, — kasal bo’lib, dori ichishdan afzaldir».

* Asalari elimidan moshdek kattalikda olib, bir oy davomida kuniga 3 mahal ichib turilsa, ichakdagi va me’dadagi yaralar tez bitib ketadi.

 Ichak davolash

* Yangi tozalangan sabzi sharbatidan har kuni 2 mahal—ertalab va kechqurun, och holda, 0,3 stakandan ichiladi. Bolalarga bir osh qoshiqdan beriladi. Ich ketganda ham ichishmumkin.

* Sarimsoq sharbatidan kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir choy qoshikdan ichiladi. U inggahani ochadi, me’da faoliyatini kuchaytiradi, hazm qilishni yaxshilaydi.

* Gullab turgan bo’yimodaron sharbatidan bir osh qoshig’i ovqatdan bir soat oldin yoki keyin iste’mol qilinadi. Ichak dam bo’lganda foyda qiladi.

* Yalpiz urug’idan 7-8 g ni qaynatib, asal bilan ichgan odam ichakdagi zararli mikroblardan xalos bo’ladi.

* Yalpizdan turli ovqatlar qilib eyish ham me’da-ichak yarasiga foyda qiladi.

* Yong’oq mag’zini asal bilan qo’shib, murabbo qilib eyilsa, ko’richak zararlanmaydi.

* Uzumni urug’idan tozalab, shuningdek, mayizning hamma xilidan eb turilsa, ichak og’riqlarini qoldiradi, organizmga quvvat bag’ishlaydi.

* Shuvoq (burgan) o’tidan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan suv quyiladi va 5 daqiqa qaynatib, sovigach suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin bir osh qoshiqtsan ichilsa, oqmali ichak yaralariga davo bo’ladi.

* Ovqatdan yarim soat oldin kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan g’ozpanja sharbatidan ichiladi. Ich ketishda eng samarali vosita hisoblanadi.

* G’ozpanja o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va termosda 3 soat damlab qo’yiladi. So’ngra suzib olib, kuniga 3 mahal, ovqatdan yarim soat oldin, yarim stakandan ichiladi.

* G’ozpanja ildizpoyasidan 3 osh qoshig’ini 1G’2 litr suvda qaynatiladi va 4 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3—4 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir choy qoshiqtsan ichiladi.

* Limono’tining bargi va yuqori yosh novdasidan gullari bilan 4 osh qoshiq olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 4 soat termosda damlab qo’yiladi. So’ngra suzib olib, kuniga 4-5 mahal ovqatdan oldin, bir osh qoshiqtsan ichiladi.

* Sabzi urug’idan bir osh qoshig’i termosga solinadi va ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 5-6 soat damlab qo’yiladi. Surunkali enterekolitda, ich ketganda iliq holda bir stakandan ichiladi.

* Olxo’ri mevasi yoki guli qaynatib ichilsa, surunkali ichak kasalligi va qabziyatda shifo bo’ladi.

* Bo’tako’z o’simligi tomiridan tayyorlangan damlama iste’mol qilinsa, me’da- ichak yarasiga foyda qiladi.

* Ukrop va arpabodiyon urug’i damlab ichilsa, ichaklardagi bodni haydaydi.

* O’rik suvi ich qotganda ichilsa, ichni suradi.

* Anjirning xomi ham, pishgani ham me’da-ichak dardiga davo bo’lib, ichakni yumshatadi.

* Tugmachagul gulining bargidan va gulidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olinadi va ozroq qand qo’shib, kuniga 3-4 mahal 1-2 osh qoshiqtsan ichiladi. Me’da-ichak kasalligiga shifo bo’ladi (Abu Ali ibn Sino tavsiyasi).

* Moychechak gulidan 3 qism, igir ildizidan 2 qism, dorivor valeriana va shivit (ukrop) mevasidan bir qismdan olib aralashtiriladi. Bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, damlab qo’yiladi. So’ngra iliq holda ovqatdan keyin yarim stakandan kuniga 3 mahal ichiladi. Ichketarda yallig’lanish jarayonida ichiladi.

* Moychechak gulidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Sut va sariyog’ iste’mol qilib turilsa, ichak xastaliklarida naf beradi.

* Tillabosh, mavrak va moychechaqdan bir choy qoshiqdan olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. So’ngra har 2-3 soatda bir osh qoshiqdan 1-3 oy davomidan ichiladi. Keyinchalik miqdori kamaytirib boriladi. Dori ichish vaqti oralig’i uzayadi.

* Moychechak, tillabosh, ermon (achchiq shuvoq) giyohlaridan, yalpiz bargi, mavrak giyohlaridan bir qismdan olib, shu yig’madan 2 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. So’ngra kuniga 2 mahal iliqholda, ovqatdan 20-30 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi.

* Shirin bodom mag’zi eb turilsa, ichakdagi yaralarni tuzatadi.

* Gulxayri ildizi po’stidan 15 g ni qaynatib suvi ichilsa, ichakdagi shishlar yo’qoladi.

* Atirgul bargidan kuniga 3-4 marta eyilsa, ich qotganda yaxshi foyda qiladi, ichak yumshaydi.

* Shotut, oshqovoq urug’i va yanchilgan zira ichaklardagi kasalliklarga shifo bo’ladi.

* Anjabor o’simligi sharbatidan iste’mol qilinsa, ichak yaralarini davolashda yaxshi foyda beradi.

* Zanjabil odamning ichini yumshatib, ichaklar faoliyatini yaxshilaydi.

* Turp, bo’yimodaron, arpabodiyon va kashnichni sho’rvaga solib, qaynatib ichilsa, odam ichak kasaliga uchramaydi.

* Kunjut mevasidan iste’mol qilinsa, ichak og’rig’iga davo bo’ladi.

* Uchbarg bargidan bir qism, archa mevasidan bir qism, tillabosh o’tidan bir qism olinadi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga bir yarim stakan qaynoq suv quyib, 4 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi.

* Chernikadan 1 -2 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir necha soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 5-8 marta, chorak stakandan shirin qilib ichiladi.

* Dalachoyning quruq o’tidan 10 g ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va damlab qo’yiladi. Kuniga 2-4 mahal ovqatdan keyin bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.

* Dalachoyning quruq o’tidan 15-20 g olib, yarim litr spirt yoki aroqqa solib qo’yiladi. So’ngra kuniga 3 mahal, ovqatdan keyin, 30 tomchidan suv bilan ichiladi.

* Sholg’om urug’i asal bilan aralashtirib iste’mol qilinsa, ichak kasaliga davo bo’ladi.

* Har kuni tongda, 10 kun davomida 10 donadan isiriq urug’i eyilsa, ichak kasaliga shifo bo’ladi.

* Ituzum bargi va mevalaridan tayyorlangan damlamadan ichib yoki pishgan mevasidan eb turilsa, ichak kasaliga davo bo’ladi.

* Echki sutiga yong’oq mag’zini qo’shib, aralashtirib qaynatilgan holda ichilsa, me’da-ichak kasalligiga davo bo’ladi.

* Chuchukmiya (shirinmiya) ildizini qaynatib, me’da yoki ichak yallig’langanda ichilsa, davo bo’ladi.

* Shotutning pishgan sershira mevasidan olib, sirli idishda qaynatib, shinni tayyorlab iste’mol qilinsa, ichak kasaliga shifo bo’ladi va isitmani tushiradi.

* Zubturumning quruq bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal, ovqatdan 20 daqiqa oldin, bir osh qoshiqtsan ichiladi.

* Zubturumning ho’l bargidan 3 osh qoshig’ini 3 osh qoshiqshakar yoki asal bilan aralashtirib, past olov ustiga 4 soat qo’yiladi. Tayyor bo’lgan qiyomdan kuniga 4 mahal, ovqatdan yarim soat oldin bir choy qoshiqtsan ichiladi.

* Dastarbosh gulsavatchalaridan 5 g ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi, 2-3 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin bir osh qoshiqtsan ichiladi.

* Zangori maymunjon (parmanchik) bargidan 2 choy qoshiq va tirnoqgul gulidan bir choy qoshiq olinadi, ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 2 mahal, ovqatdan yarim soat oldin, yarim stakandan ichiladi.

* Agar ich qotishi qiynayotgan bo’lsa, bo’ri o’tini xina suvi bilan aralashtirib qoringa surtilsa, foyda qiladi.

* Qovun urug’ini yanchib, har kuni 10-12 g dan eyilsa, ichakni zararli mikroblardan tozalaydi.

* Zig’ir urug’ini yanchib, kuniga 3 g dan iste’mol qilinsa, ichak og’riqlarini dafetadi.* Tarvuzning ho’l po’chog’idan 3 osh qoshig’i sirli idishga solinadi va ustiga 3 stakan sovuq suv quyib, past olovda og’zi yopiq holda yarim soat qaynatiladi. Suzib olib, 4 qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi. Ichak yallig’langanda davo bo’ladi.

* Bir stakan echki sutiga bir choy qoshiq asal qo’shib och qoringa ichilsa, ichak burab og’riganda shifo bo’ladi.

* Sirli idishga bir hovuch quruq olchadan solinadi, ustiga yarim litr o’tkir oq vino quyib, past olovda og’zi yopiqholda 15 daqiqa qaynatiladi. So’ng olovdan olib, yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal, bir osh qoshiqtsan ichak faoliyati buzilganda ichiladi.

* Zira o’tidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal, ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* O’rdak go’shti ichak og’rig’i va achishishiga shifo bo’ladi.

* Shovul va qo’ziqorin zaytun yog’ida qovurib eyilsa, kashnich va zira anor suviga solib ichilsa, ich ketishini qoldiradi. Ichak og’rishining oldini oladi.

* Ichak qattiqog’rigan vaqgda mayiz urug’i bilan damlab ichilsa, yaxshi davo bo’ladi.

* Ukrop urug’idan 2 choy qoshig’ini choynakka solib, ustiga qaynab turgan 2 stakan qaynoq suv quyiladi va 10 daqiqa damlab qo’yiladi. So’ngra dokadan suzib, kuniga ovqatdan oldin yarim stakandan ichilsa, ichak og’riqlarini qoldiradi.

* Bir piyola qora choyga bir choy qoshiq asal va yarim bo’lak olma solib ichilsa, ichak kasalliklariga shifo bo’ladi, ichakni mustahkamlaydi, og’riqni qoldiradi (Abu Ali ibn Sino tavsiyasi).

* Dastarbosh, gazanda va gulxayri ildizlaridan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Bo’yimodarondan 100 g, zubturum bargidan 75 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal, ovqatdan yarim soat oldin 100 g dan ichiladi.

* Arpadan ozroqolib, ustiga suv quyiladi va past olovda biroz qaynatiladi. Suzib olib, limon yoki apelsin sharbatidan qo’shib ichiladi. Me’da va ichaklar kasalligida, ko’z xiralashganda, bo’yrak va bosh og’rig’i xastaliklarida shifo bo’ladi.

* Rovoch ildizidan 100 g, tirnoqguldan 75 g, qushtoron (qiziltasma)dan 100 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal, ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan ichiladi. To’g’ri ichak yorilganda shifo bo’ladi.

* Na’matak mevasi, dalachoy va tillaboshdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan to’g’ri ichak yorilganda ichiladi.

* Gulxayri ildizi va zubturum bargidan 100 g, bo’yimodarondan 75 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal, ovqatdan yarim soat oldin, 150 g dan to’g’ri ichak yarasida ichiladi.

* Otquloq ildizidan 2 osh qoshig’ini sirli idishga solib ustiga 2 stakan suv quyiladi va past olovda, og’zi yopiq holda 15 daqiqa qaynatiladi. Olovdan olib, to’rt qismga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin, to’g’ri ichak yorilganda ichiladi.

* Dastarbosh va tillaboshdan 75 g dan, dalachoydan 100 g olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal, ovqatdan yarim soat oldin 150 g dan, enteritda ichiladi.

* G’ozpanja ildizi, dalachoy va moychechakdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’i sirli idishga solinadi va ustiga 3 stakan suv quyib, past olovda og’zi yopiqholda 15 daqiqa qaynatiladi. Olovdan olib, 15 daqiqa tindirib qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Chernika bargi , bo’yimodaron va tillaboshdan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, va ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 150 g dan ichiladi.

* Dastarbosh, gazanda va gulxayri ildizidan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 100 g dan enterokolitda ichiladi.

* Gulxayri ildizi, dalachoy va bo’yimodarondan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 100 g dan ichiladi.

* Zubturum bargi, moychechak va dalachoydan 100 g dan olinadi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin, 150 g dan ichiladi.

* Totum barglaridan bir choy qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga bir stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, 4 qismga bo’lib, ovqatdan bir soat oldin ichiladi.

* Har kuni yangi uzilgan ukropdan bir bandcha iste’mol qilish tavsiya etiladi.

* Kuniga 2-3 mahal 1-2 bo’lakcha sarimsoqtsan qatiq bilan iste’mol qilish kerak.

* Sarimsoqdan 250 g ni maydalab, ustiga bir litr aroq quyiladi va 14 kun 30°S haroratda saqlanadi. Idish og’zi yaxshi yopilishi kerak. Har 3-4 kunda aralashma chayqatib turiladi. Suzib olib, salqin joyda saqdanadi va kuniga 3 mahal 15-20 tomchidan kolit, enterokolit, gripp, dizenteriya, bronxit va o’pka yallig’langanda, aterosklerozda ichiladi.

* Zangori maymunjon (parmanchak)dan 2 osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoqsuv quyib, bir soat damlab qo’yiladi. Kuniga 4 mahal 50 g dan ichiladi. Damlama uchun ildizidan ham foydalanish mumkin.

* Cho’l quyoni qonining qovurilgani ichaklardagi tirnalish va shishlar, davomli ich ketishida foyda qiladi.

* Taka yog’i kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan, issiq holda 20 kun parhezi bilan ichilsa, ichaklar shamollashida, ichak yarasida foyda qiladi.

(Visited 18 872 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!