Ich ketishi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari sabablari haqida malumot

ich ketishi

Ich ketishi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari sabablari haqida malumot

 

Ich ketishi — kuniga bir yoki bir necha marta ichak bo’shalib, suyuq axlat kelishi demak. Ich ketish organizmning himoya vositasi bo’lib, bunda organizmdan zaharli moddalar, kasallik qo’zg’otuvchi mikroorganizmlar, achish va bijg’ish tufayli hosil bo’lgan mahsulotlar hamda dorilar chiqarib tashlanadi.

Ich ketishi alohida kasallik bo’lmay, dizenteriya, ovqatdan bo’ladigan toksinoinfektsiyalar, ichterlama, paratif, vabo, surunkali ichak yallig’lanishi, ingichka va yo’g’on ichak shilliq qavatlarining surunkali yallig’lanishi, ich qotishi kabi kasalliklar belgisidir.

Ich ketishiga me’da-ichak yo’lining yuqori qismida ovqat hazm qilishning buzilishi: me’da shirasining kamayib ketishi, me’da osti bezi hujayralari ishlab chiqaradigan va ajratadigan shira suyuqligi hamda jigar hujayralari o’tining etishmasligi, ingichka ichakda so’rilish jarayonining buzilishi va boshqalar ham sabab bo’ladi.

Ba’zan kishi qattiq hayajonlanganida, qo’rqqanida, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari (sut, tuxum, xamir ovqat, ho’l meva va sabzavotlar) yoqmaganida ich ketishi mumkin. Organizm bo’yoq moddalar, kimyoviy moddalar, pestitsidlar, dorilardan zaharlanganda ham ich ketadi.

Hayz tushda

Agar dard tez-tez takrorlanib tursa, uning sababini aniqlash zarur.

Kasallikning eng katta xavfi — bu organizmning suvsizlanib qolishidir. Ich ketganda bemor qusishi, tana harorati yuqori bo’lishi ham mumkin. Bu esa organizmni yanada suvsizlantiradi. Axlatda qon yoki shilimshiq borligidan, ichki qon ketishdan, oshqozon va ichakda qon ketishidan ham darak berishi mumkin. Bemorning qorni og’riydi, ichakda ko’p el to’planadi, qorin taranglashadi. Tashxis aniqlanguncha bemorni oila a’zolaridan ajratib qo’yish, alohida idish-tovoq, sochiqtutish kerak.

Bemor ko’p ovqatlanmasligi, o’tkir, achchiq, nordon, yog’li qovurma taomlar, sut, ho’l meva, sabzavotlarni iste’mol etmasligi zarur. O’z bilganicha har xil dorilar, ayniqsa, antibiotiklar qabul qilish yaramaydi, chunki hozirgi vaqtda kimyoviy doridarmonlarning zararli ta’siri ham anikdangan, bu shifokorga aniqtashxis qo’yishga xalaqit beradi. Ich ketishni davolashning an’anaviy usullari shu kasallikni kelib chiqish sabablarini bartaraf etishga qaratiladi. Ushbu xastalikda xalq tabobati quyidagi muolajalarni tavsiya qiladi.

Ich ketishi uy sharoitida davolash

* Anor po’chog’ini kukun qilib maydalab, chakki (suzma) ga aralashtirib, bemorga yalataverish va jiydani qaynatib, suvini ichirib turish kerak. Ikkinchi kuni ich ketish sekinlashadi, uchinchi kuni bemor tuzala boshlaydi. Bu xalq tabobatida ich ketarni davolashning oddiy va samarali usullaridan biri sanaladi.

* Anor po’stlog’i yoki gulidan 50 g olib, ustiga yarim litr suv quyiladi va 20 daqiqa qaynatib, har kuni yarim stakandan ichib turilsa, ich ketishini to’xtatadi.

* Anor po’stidan yoki gulidan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan suv quyiladi va qaynatib, 2 soat damlab qo’yiladi. Keyin dokadan suzib o’tkazib, kuniga 1-2 osh qoshiqdan ovqatdan oldin, 3 mahal ichiladi.

* Anor va gulini qaynatib, suvini ichgan bemor ichak xastaligidan xalos bo’ladi.

* Qora smorodina (qorag’at) mevasini suvda yarim soat qaynatib, kuniga 3 mahal ichilsa, ich ketishini to’xtatadi.

* Yong’oqdan 200 g olib chaqiladi va mag’zi o’rtasidagi pardasidan tozalanadi, ustiga 200 ml spirt quyib, 2-3 kun qo’yiladi. Kuniga 3-4 mahal 6-10 tomchidan iliq suv bilan ichiladi. Ich keta boshlagandan so’ng, tomchilar soni kamaytirib boriladi. Bu juda kuchli vosita bo’lib, miqdorini oshirish ich qotishiga olib kelishi mumkin.

* Yong’oq mag’zidan 5 donasi yarim litr echki sutida qaynatiladi va kuniga 3 mahal yarim stakandan, ovqatdan oldin iste’mol qilinsa, bemor tuzaladi.

* Yong’oq g’o’rasining yashil po’sti bo’lakcha qilib to’g’raladi va jigarrang shishaga solib, ustiga yarim litr aroqquyiladi va 14 kun qo’yiladi. Keyin bir osh qoshiqdan bir-ikki mahal, ertalab va kechqurun ichiladi.

* Yong’oqning yozdagi yashil po’chog’ini mayda to’g’rab, quritib saqlab qo’yiladi. Zaruriyat bo’lganda bir osh qoshiq olib, kechqurun termosga solinadi va ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Kuniga bir necha marta bir osh qoshiqdan ichib turiladi.

* Yong’oq bargidan 60 g, eman po’stlog’idan 40 g olib aralashtiriladi, undan bir osh qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyiladi va 10 daqiqa qaynatiladi. Ich ketganda kun davomida qultumlab ichiladi.

* Yong’oq bargi, eman po’stlog’i, igir ildizpoyasi va tog’ jambilidan 25 g dan olib aralashtiriladi. Shundan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan sovuq suv quyiladi va 6 soat tindirib qo’yiladi. Keyin 10 daqiqa past olovda qaynatiladi. Ich ketganda kun davomida qultumlab ichiladi.

* Yong’oq bargini maydalab, bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 2 soat damlab ko’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal, 1-2 osh qoshiqdan ichiladi.

* Ituzum mevasidan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan suv quyiladi va 7-8 daqiqa qaynatib, bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal (ich ketganda) chorak stakandan ichiladi.

* Yalpiz va limon sharbatidan bir choy qoshiqtsan olib, bir choy qoshiq asal aralashtiriladi va kuniga 3 mahal bir choy qoshiqdan, ovqatdan oldin iste’mol qilinsa, ich ketishini davolashda shifo bo’ladi.

Ich qotishi uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari haqida malumot

* Yalpiz sharbati ich ketishini to’xtatishda eng samarali vosita hisoblanadi. Bir choy qoshiq mayda bargi ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir soat tindirib qo’yiladi. Iliqholda kun davomida qultumlab ichiladi.

* Yalpiz bargi tolqoni tuxum bilan berilsa, bolalarning ich ketishiga shifo bo’ladi.

* Yalpiz va arpa qaynatmasi ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
Yalpiz bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 40 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, iliqholda muntazam ichib turilsa, ich ketishida va kekirishda yordam beradi. Kuniga bir necha bor yalpiz damlamasi ichishni bolgariyalik tabib Vanga ham tavsiya qiladi.

* Yalpiz choyi bilan zanjabil tolqonidan iste’mol qilinsa, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi va ich ketishini qisqa vaqgda to’xtatadi.

Otquloq urug’idan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga yarim stakandan 4 mahal, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Otquloq guli va urug’idan bir osh qoshig’ini yarim litrli choynakka solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va 8 soat damlab qo’yiladi. Ertalab och qoringa choy o’rnida shakar bilan ichiladi.

* Otquloq o’simligidan bir osh qoshig’i ustiga bir yarim stakan qaynoq suv quyiladi, 15 daqiqa qaynatiladi va 4 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin, bir osh qoshiqdan ichiladi. Ich ketishi, dizenteriya va boshqa oshqozon-ichak xastaliklarida shifo bo’ladi.

* Otquloq ildizini maydalab, bir osh qoshig’i ustiga bir yarim stakan suv quyiladi va og’zi yopiq idishda 15 daqiqa qaynatiladi. 2 soat tindirib qo’yiladi va kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin bir osh qoshiqtsan ichiladi.

* Otquloq urug’idan olib maydalanadi va kuniga 0,5 grammdan 3 mahal, ovqatdan oldin qabul qilinadi. Ustidan suv yoki uzum vinosi ichilsa, surunkali ich ketishidan xalos etadi.

* Ko’ko’t ildizi va ildizpoyasini ezib, undan 2 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 30 daqiqa qaynatiladi. Sovitib, suzib olinadi va kuniga 5- 6 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Ermon (achchiq shuvoq)ning maydalangan o’tidan 20 g olib, jigarrang shisha idishga solinadi va ustiga 100 ml 70% li spirt quyiladi. Idish og’zini yaxshi berkitib, qorong’i joyda 8 kun qo’yiladi va vaqgi-vaqti bilan aralashtirib turiladi. So’ngra 2 qavatli doka yoki bo’zdan suziladi. Kuniga 15-20 tomchidan 3 mahal, ovqatdan 30-40 daqiqa oldin ichiladi. Bu vosita og’riqtsa, qonli ichketarda, ishtaha bo’g’ilganda shifo bo’ladi.

Тушда ит кўрса Ҳаётингизда нималар ўзгаришини биласизми туш табири

* Ermonning quruq o’ti qahva maydalagichda tolqon qilinib, kuniga bir choy qoshiqtsan 3 mahal shakar qo’shib kappalanadi.

* Ermonning hovonchada tuyulgan urug’idan 10 osh qoshig’i ustiga yarim litr o’simlik moyi quyiladi va doim silkitib turiladi. Suzib va siqib olinib, qorong’i, salqin joyda saqpanadi. Kuniga bir bo’lak qandga 1-2 tomchi tomizib, ovqatdan 30-40 daqiqa oldin iste’mol qilinadi.

* Ermon o’tidan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 30 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan 15-30 daqiqa oldin bir osh qoshiqtsan ichiladi.

* Ermon o’tidan olib to’g’raladi va bir choy qoshiqtsan kuniga 3-4 mahal, ovqatdan yarim soat oldin eyiladi.

E s l a t m a: ermon o’ti homilador ayollar va enterokolit bilan kasallanganlarga man etiladi.

ich ketishi

Ich ketishi sabablari

 

* Ermon va mandarin po’chog’ini maydalab tolqon qilib, ikkalasidan teng miqtsorda olib, har 2 soatda 1-4 choy qoshiqtsan iste’mol etiladi, ustidan sho’r suv ichiladi. Bu uzoq mudtsat to’xtamaydigan qonli ichketarda (dizenteriya) yordam beradi.

* Ermon va ko’ko’tdan teng miqdorda olib, bir osh qoshig’iga bir stakan qaynoq suv quyiladi va yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, ovqatdan bir soat oldin ichiladi.

* Olcha daraxti elimidan 2 g olib, kuniga 3 mahal iste’mol qilinsa, qonli ich ketishi chekinadi, bavosirda va kuchli qayt qilishda yordam beradi.

* Olchaning yosh novdalarini maydalab, undan 3 osh qoshig’i sirli idishga solinadi va ustiga 3 stakan qaynoq suv quyib, past olovda yarim soat qaynatiladi. So’ngra olovdan olib, sovigach dokadan suzib, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Olcha daraxtining yosh novdalari va meva bandchalaridan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 3-4 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, har yarim soatda qultumlab ichiladi. Qish fasli uchun ham olcha novdalarini quritib, olib qo’yish mumkin.

Тушда тиш тушса нима булади

* Olchaning quritilgan mevasidan iste’mol qilinsa (yangi uzilgan olchadan ham ta’siri quchliroq), ich ketganda yaxshi foyda qiladi.

* Olchaning meva bandchalaridan 2 osh qoshig’i yarim litr suvda 15-20 daqiqa qaynatiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Keyin yarim stakandan iliq holda, ta’bga qarab asal qo’shib ovqatdan oldin, 3-5 mahal ich ketishda ichiladi.

* Zirk bargi va mevasi ich ketishini yaxshi davolaydi. Bir osh qoshiq zirk bargi yoki mevasi ustiga bir yarim stakan qaynoq suv quyiladi va 3-4 soat o’rab qo’yiladi. Kuniga bir necha marta qultumlab ichiladi.

* Zirk mevasidan 500 g olib ozroq limon po’chog’i va yarim choy qoshiq dolchin qo’shiladi, jigarrang shishaga solinadi va ustiga bir litr aroq quyib, 10 kun qorong’i joyda saqdanadi. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Suzib olib, damlamaga shakar qo’shiladi (bir stakan suvga 250 g shakar) va yaxshilab aralashtirib, muzxonada saqdanadi. Ich ketganda yordam beradi.

* Zirk ildizi va po’stlog’i quritib, maydalanadi, undan 100 g ni jigarrang shishaga solib, ustiga bir litr quruq uzum vinosi quyiladi. Qorongi, salqin joyda bir oy davomida qo’yiladi va tez-tez silkitib turiladi. Past olovda 30 daqiqa og’zi yopiq idishda qaynatiladi, sovitib suzib olinadi va kuniga 50 g dan 3 mahal ovqatdan 15-20 daqiqa oldin ich ketganda ichiladi.

* Zirk ildizi va bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan suv quyiladi, 2 daqiqa qaynatib, bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, har soatda ovqatdan oldin bir osh qoshiqdan ich ketganda ichiladi.

* Zirk ildizi, mevasi va po’stlog’ini maydalab, undan yarim choy qoshiq olinadi va ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 2 osh qoshiqtsan, 2-3 mahal ichiladi.

* Shirchoy o’ti va ildizini maydalab, 2 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 2 soat tindirib qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 2-3 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ich ketganda ichiladi.

* Dalachoy o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va past olovda qaynatiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal yarim stakandan, ovqatdan oldin ichilsa, foyda qiladi.

* Dalachoy o’tidan 2 osh qoshig’ini yarim litrli choynakka solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va yarim soat damlab qo’yiladi. Kun davomida ich ketishi to’xtamaguncha oz-ozdan ichiladi.

* Dalachoy damlamasiga sarimsoq suvi aralashtirilsa, davolanish samarasi yanada kuchayadi. Sarimsoq suvini tayyorlash uchun yarim stakan suvga bir bo’lak sarimsoq ezib solinadi. Ikkalasini aralashtirib, kun davomida ichiladi. Davolanish davrida bemor parhez qilib, suvda pishirilgan tuzsiz bo’tqalar va qattiq non bilan quyuq choy ichsa, tez tuzaladi.

* Dalachoy o’tidan 3 qism, oddiy chetandan 4 qism, gulxayridan 2 qism olib, aralashtiriladi va shundan bir osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyib, 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal, yarim stakandan ichiladi.

* G’ozpanja o’simligining quritilgan va maydalangan ildizidan 2 osh qoshig’i sirli idishga solinadi, ustiga yarim litr suv quyiladi, 5 daqiqa qaynatib, 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal, yarim stakandan ichiladi.

Zakovat

* G’ozpanja o’simligining quritilgan va maydalangan ildizidan 100 g olib, sirli idishga solinadi va ustiga bir litr suv quyib, past olovda 20 daqiqa qaynatiladi. Keyin unga 400 g shakar qo’shib, yana quyulguncha qaynatib, issiqholda suzib olinadi va qorong’i, salqin joyda saqdanadi. Kuniga 2-3 mahal, bir choy qoshiqtsan, ovqatdan 20-30 daqiqa oldin ichiladi. Sharbat surunkali ich ketishi, qon aralash ich ketganda, ichak og’riqlarida foyda qiladi.

* G’ozpanja ildizpoyasi va zubturum bargidan 2 qismdan, qiziltasmadan bir qism olinadi. Shu aralashmadan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, chorak stakandan kuniga 3-4 mahal ichiladi.

* G’ozpanja ildizpoyasi va qiziltasma ildizidan 2 qismdan, jag’-jag’ o’tidan 3 qism, yalpiz bargi va moychechak gulidan bir qismdan olib aralashtiriladi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal, chorak stakandan, ovqatdan oldin ichiladi.

* G’ozpanja va eman daraxti po’stlog’idan teng miqdorda aralashtirib, bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir kecha damlab qo’yiladi. Kun davomida 5-6 mahal ovqatdan oldin bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Sabzidan 3 dona, lavlagidan bir dona, karafs novdasidan 3 dona olib, qaynatiladi va kuniga 3 mahal yarim yoki bir stakandan, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Qattiq non tolqonini qatiqqa qorishtirib iste’mol qilinsa, ichburug’ga yaxshi davo bo’lib, ich ketishini to’xtatadi.

* Ko’k choydan 100 g olib, ustiga 2 litr qaynoq suv quyib, bir-ikki daqiqa qaynatiladi. Sovigach, kuniga 4 mahal kattalar uchun bir stakandan, bolalar uchun chorak yoki yarim stakandan ichiladi.

* Qora yoki ko’k choyning qurug’idan yarim choy qoshig’ini chaynab, ustidan 2-3 qultum suv ichiladi. Bu amal bir yoki ikki mahal takrorlasa, ich ketishi to’xtaydi.

* Sariyog’dan bir choy qoshiq olib, ovqatdan 30-40 daqiqa oldin kuniga 2-3 mahal ichilsa, ich ketganda yordam beradi.

* Evkalipt bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir litr qaynoq suv quyiladi. Kuniga chorak stakandan 6-8 mahal ichiladi.

* Nastarin gulidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 2 soat tindirib qo’yiladi. Kuniga 2-3 osh qoshiqdan ovqatdan oldin, 3-5 Mahal ichilsa, ich ketishi, oshqozon faoliyati buzilishida shifo bo’ladi.

* Rovoch ildizini maydalab, tolqonidan bir choy qoshig’i 3 mahal 100 g dan kappalansa, me’da-ichak, ichketar kasalliklarida davo bo’ladi.

E s l a t m a : agar rovoch me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, ich ketadi, kami ichni qotiradi.

* Rovoch poyasi po’stidan ajratib quritilgach, 2 osh qoshiq (20-30 g) olib, ustiga bir yoki bir yarim stakan (100-250 g) qaynoq suv quyiladi va past olovda qaynatiladi. Suzib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin, bir osh qoshiqtsan ichiladi.

* Rovoch urug’i iste’mol qilinsa ham ichburug’ dardiga darmon bo’ladi (tabobat sultoni Abu Ali ibn Sino tavsiyasi).

* Tog’ jambilini maydalab, 5 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 40 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, issiq holda chorak stakandan kuniga 4 mahal ichiladi.

* Shaftoli danagi mag’zini tuyib, bir osh qoshig’i choynakka solinadi va ustiga bir stakan qaynoqsuv quyiladi. Issiqholda ichilsa, doimiy ichketarda shifo bo’ladi.

* Yantoq turlari qadimdan turli kasalliklarni davolash uchun qo’llab kelinadi. Tabobat sultoni Abu Ali ibn Sino yantoqning er ustki qismidan tayyorlangan damlamasini burishtiruvchi vosita sifatida ich ketishi, me’da-ichak kasalliklarini davolashda ishlatgan. Damlama tayyorlash uchun yantoqning er ustki qismini quritib, maydalanganidan 2 choy qoshiqolib, ogzi yopiladigan idishga solinadi va ustiga bir stakan qaynoqsuv quyib, 2 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Yantoq guli va ildizini shuvoq bilan teng miqdorda olib qaynatib ichilsa, ich og’rig’i qoladi.

* Loviya unidan taom tayyorlab, iste’mol etish ich ketish kasalligidan forig’ qiladi.

* Xurmo daraxtining yangi uzilgan yoki quritilgan mevasidan muntazam eb turish ichburug’ga chalingan bemorlar uchun parhezbop va umumiy mustahkamlovchi vosita hisoblanadi.

* Atirgul gulidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va damlab quyiladi, sovigach suzib olinadi. Kuniga 7-8 mahal oz-ozdan qultumlab ichiladi.

* Mavrak o’simligining quritilgan bargidan 50 g olib, ustiga yarim litr qaynoq suv quyiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Sovigach, shu miqtsorda qizil uzum vinosi damlamaga quyiladi. Kuniga har 2 soatda, yarim stakandan ich ketganda ichiladi.

* Na’matakning maydalangan ildizidan 2 osh qoshiq olib, unga 2 choy qoshiq gul barglaridan solib, ustiga yarim litr qaynoq suv quyiladi va 6-8 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Na’matakning maydalangan ildizidan 2 osh qoshig’i ustiga 2 stakan suv quyiladi va 10-15 daqiqa qaynatib, 2 soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi.

* Na’matakning novdalarini maydalab, 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 5 daqiqa qaynatiladi. Keyin 20 daqiqa o’rab, tindirib qo’yiladi. 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin qonli ich ketishida ichiladi.

* Maymunjonning quritilgan mevasini tolqon qilib 3:1 nisbatda shakar bilan aralashtirib, kuniga 1-2 osh qoshiqdan 3-4 mahal, ovqatdan 20 daqiqa oldin iste’mol qilinadi.

* Maymunjon bargi choy kabi damlab ichilsa, qonli ich ketishida, ichak faoliyatini yaxshilashda, qonni tozalashda, ichakdagi qurtlarni yo’qotishda yaxshi vosita hisoblanadi.

* Tol po’stlog’ini quritib maydalab, 10 g ga bir stakan qaynoq suv quyiladi va og’zi yopiq idishda 20 daqiqa past olovda qaynatiladi. Sovigach suzib olib, kuniga 3- 4 mahal bir osh qoshiqtsan ichiladi.

* Eman daraxtining quritib maydalangan po’stlog’idan bir osh qoshiq olinadi va ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, damlab qo’yiladi. Sovigach, har 15-20 daqiqada bir choy qoshiqdan ichiladi.

* Eman daraxtining maydalangan po’stlogi va yosh novdalaridan bir choy qoshigi ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va yarim soat og’zi yopiq idishda past olovda qaynatiladi. Olovdan olib, ustiga yarim choy qoshiq quritib, maydalangan yalpiz bargidan solinadi va 15 daqiqa damlab qo’yiladi. Kuniga yarim stakandan ovqatdan oldin 3-4 mahal ichiladi. Bu damlama kuchli burishtiruvchi xususiyatga ega. Ich ketishi, dizenteriya, oshqozon-ichaklar yallig’langanda bolalarga bermaslik kerak.

ich ketishi

* Eman po’stlog’ini maydalab, bir choy qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va 6 soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3-4 mahal, ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi.

* Shumurut gulidan bir osh qoshig’i og’zi yopiq sirli idishga solinadi va ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi, past olovda 10 daqiqa qaynatiladi va bir soat tindirib qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 2-3 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi.

* Shumurut mevasidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va termosda 15-20 daqiqa damlab qo’yiladi. Ovqatdan oldin kuniga 3 mahal bolalarning ichi ketganda yarim stakandan ichiriladi.

* Shumurutning maydalangan ildizidan olib, jigarrang shishaga solinadi va ustiga bir stakan aroq solib, qorong’i va issiq joyda 2 hafta saqtanadi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin bir choy qoshiqdan ichiladi.

* Suvqalampir o’simligining er ustki qismidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Suzib, kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin, bir osh qoshiqdan bir hafta ichib turiladi. Xalq tabobatida suvqalampirning (u dorixonalarda sotiladi) damlamasi ich ketganda, qon aralash ichketarda, qon oqishni to’xtatuvchi, og’riq qoldiruvchi dori sifatida ishlatiladi.

* Chernika va shumurut mevasidan bir osh qoshiqdan olib, ustiga 1,5 stakan qaynoq suv quyiladi va 20 daqiqa past olovda qaynatiladi. Olovdan olib, ustiga yarim choy qoshiq quritib, ezilgan yalpiz bargidan solinadi va 15 daqiqa damlab qo’yiladi. Kuniga chorak yoki yarim stakandan 3 mahal, ovqatdan oldin ichiladi.

* Chernika mevasining quritilgani oddiy ich ketishida yaxshi yordam beradi. U choyday damlab ichiladi. Chernikadan tayyorlangan kisel, kompot ham yaxshi shifo bo’ladi.

* Chernikaning quruq mevasidan 4 choy qoshig’i ustiga bir stakan sovuq suv quyiladi va 8 soat tindirib qo’yiladi. Kun davomida qultumlab ichiladi (Chernikaning ho’l mevasi ichni bo’shatadi, quruq mevasi ichni qotiradi. Shuning uchun xalq tabobatida uning quruq mevasi tavsiya etiladi).

* Gazanda va maymunjon bargidan bir choy qoshiqdan olib aralashtiriladi va ustiga bir yarim stakan qaynoq suv quyib, 2 soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3-4 mahal, yarim stakandan ichiladi.

* Qirqbo’gin, gulsafsar va bo’yimodarondan 100 g dan olib aralashtiriladi. Shu yig’madan 3 osh qoshig’i sirli idishga solinadi va ustiga 3 stakan suv quyib, past olovda 30 daqiqa qaynatiladi. Keyin suzib, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Tol po’stlog’i va eman po’stlog’idan 100 g dan olib maydalanadi va aralashtiriladi. Yig’ma ustiga 3 stakan qaynoq suv quyib, past olovda 30 daqiqa (idishning og’zi yopiq holda) qaynatiladi. Olovdan olib suziladi va to’rtga bo’lib, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Chernikadan 2 qism, g’ozpanja ildizpoyasi va o’lmaso’tdan bir qismdan, tog’ jambilidan 3 qism olinadi. Aralashmadan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 10 daqiqa qaynatiladi. Sovigach, suzib olinadi. Kuniga 3 mahal ovqatdan 15-20 daqiqa oldin, yarim stakandan ichiladi.

* Jiyda daraxtining bargi va quritilgan mevasidan 50 g olib, og’zi yopiladigan idishga solinadi, ustita bir yarim litr suv quyib, 15 daqiqa qaynatiladi va bir soat qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 2-3 mahal ovqatdan keyin yarim stakandan ichiladi. Jiyda oqayotgan har qanday narsani to’xtatadi. Uning ich burishtirish va ichni qotirishdagi quvvati do’lananikidan ko’proq. Safrodan bo’lgan ichak shilinishida foyda qiladi, ich ketishini to’xtatadi.

* Do’lana daraxtining po’stlog’idan 3 osh qoshig’i sirli idishga solinadi va ustidan 3 stakan qaynoq suv kuyib, og’zi yopiq holda yarim soat past olovda qaynatiladi. Olovdan olib, yarim soat tindirib ko’yiladi. Kun davomida oz-ozdan ichiladi.

ich ketishi

* Dalachoy o’tidan 30 g, gulxayri ildizidan 20 g va oddiy chetandan 40 g olinadi. Shu yig’madan bir osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyiladi va bir soat damlab ko’yiladi. Suzib olib, kuniga yarim stakandan ichiladi.

* Moychechak gulidan 20 g, mavrak o’tidan 25 g, tillabosh o’tining gulidan 30 g olinadi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyiladi va 2 soat tindirib ko’yiladi. Suzib olib, kuniga 5-6 mahal chorak stakandan ichiladi. Bolaning ichi ketganda yaxshi yordam beradi. Bundan tashqari, ichi ketayotgan bolaga guruch qaynatmasi, sabzi, tut, olma berilsa, yaxshi ta’sir qiladi.

* Maydalab quritilgan nok mevasidan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va 4-6 soat damlab ko’yiladi. Kuniga chorak stakandan, ovqatdan 20 daqiqa oldin ichiladi. Ichni qotiradi, ayniqsa, qoqisi foydali.

* Sulidan olib yuvib, quritib va maydalab, ikki osh qoshigiga yarim litr qaynoq suv quyiladi, 3-4 soat termosda damlab ko’yiladi. Ich ketganda yaxshi shifo bo’ladi.

* Suli unidan bir choy qoshig’i kuniga 3 mahal kappalansa, ich ketishini to’xtatadi.

* Tok bargi suvidan kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan, 5 kun ichilsa, ich ketishi va issiqlikdan bo’lgan kasalliklarda shifo qiladi.

* Shotut mayizi asal bilan eyilsa, ich ketishiga shifo bo’ladi.

* Turp urug’i sut bilan ichilsa, qorin og’rig’i qoladi.

* Shovul va qizilquloqni pishirib va zaytun moyida qovurib, ichiga ozgina kashnich, zira va anor suvidan solib eyilsa, ich ketishini to’xtatadi.

* Qora ziraning yanchilganini va zirk urug’ining mayin tuyilganini iste’mol qilgan bemor ich ketishidan xalos bo’ladi.

* Isiriq qaynatmasidan nahorda iste’mol qilinsa, qorin og’rig’iga davo bo’ladi.

* Kashnich va oshko’k urug’ini yanchib, sovuq suv bilan ichilsa, ich ketishini to’xtatadi.

* Kashnich urug’idan bir choy qoshig’i ustiga bir stakan suv quyib, past olovda 4-5 daqiqa qaynatiladi va bir soat damlab ko’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin, yarim stakandan ichiladi.

* Oq qayin kurtagidan 100 g olib, ustiga bir litr aroq quyib, 10 kun tindirib qo’yiladi. Suzib olib, ich surunkali ketganda kuniga 3-4 mahal, bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Bo’yimodaronning quritilgan bargi va gulidan bir osh qoshig’i ustiga bir yarim stakan qaynoqsuv quyiladi va damlab ko’yiladi. Kun davomida 7-9 mahal qultumlab ichiladi.

* Bo’yimodaron va dalachoydan 100 g dan olib aralashtiriladi, undan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi. Ertalab suzib olib, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Anjir bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir soat qo’yiladi. Kuniga 3 mahal ich ketganda ichiladi.

* Qora smorodina (qorag’at)ning yangi uzilgan mevasi sharbati kuniga 3 mahal 50-100 g dan ichilsa, ich ketganda foyda qiladi.

* Tog’ jambili o’tini maydalab, 2 osh qoshig’i termosga solinadi va ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Kuniga 4 mahal 2 osh qoshiqdan ichiladi. Davolanish muddati—bir hafta, zaruriyat bo’lsa— bir oy.

* Bo’tako’z o’simligidan bir osh qoshig’ini choynakka solib, ustidan bir stakan qaynoqsuv quyiladi va damlab qo’yiladi. Kuniga 3 mahal chorak stakandan ichiladi.

* Bo’tako’z o’simligidan bir osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga bir stakan qaynoqsuv quyiladi va past olovda 10 daqiqa qaynatib, kuniga 3 mahal yarim stakandan ichilsa, shifo bo’ladi.

* Dastarbosh o’tidan bir osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 mahal 50 g dan, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

* Moychechak o’tidan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan suv quyib, past olovda og’zi yopiqholda qaynatiladi. Keyin 15 daqiqa tindirib qo’yib, so’ng suzib olinadi va kun davomida qonli ich ketishida oz-ozdan ichiladi.

* Moychechak o’tidan 2 choy qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga yarim stakan suv quyiladi. Ertalab suzib olib, yosh bolaning ichi ketganda beriladi.

* Qulmoq g’uddasidan 2 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, ovqatdan bir soat oldin yarim stakandan surunkali ich ketganda ichiladi.

* Piyoz po’stlog’idan bir hovuchi ustiga 1 litr suv quyiladi, og’zi yopiqidishda 10 daqiqa qaynatiladi va o’rab, 30 daqiqa damlab qo’yiladi. Ich ketganda kun davomida yarim litr qaynatma qultumlab ichiladi.

* Piyozni maydalab, 300 g olinadi va oq vino aralashtirib, 5 kun qo’yiladi. Keyin 100 g asal qo’shib yana 3 kun qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal 2 osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.

* Sarimsoq ich ketishiga qarshi samarali vosita bo’lib, mikroblarni o’ldiradi, ovqat hazmini yaxshilaydi, gijjalarni haydaydi.

* Bananda pektin moddasi borligi tufayli u ichakda sog’lom mikroflorani tiklashda foydali hisoblanadi.

* G’o’za bargining shirasi bolalardagi ichketarga foyda qiladi.

* Sigirquyruq bargi va gullaridan 3 osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olib, to’rtga bo’lib, ovqatdan bir soat oldin ichiladi.

* Igir o’simligining maydalangan iddizidan 15 g ustiga 3 stakan qaynoqsuv quyiladi va 10 daqiqa qaynatib, suzib olinadi. Kuniga 3-4 mahal chorak stakandan ichiladi.

* Igir ildizpoyasidan va eman daraxtining po’stlog’idan teng miqdorda olinadi. Shu qorishmadan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan suv quyiladi va yarim soat damlab qo’yiladi. Kuniga 3-4 mahal chorak stakandan ichiladi.

* Nokning quruq mevasidan yarim stakan olib, unga (2 stakan) suvda qaynatilgan 3 osh qoshiq suli donidan solinadi va bir soat tindirib qo’yiladi. Keyin suzib olib, kuniga 4 mahal och holda, yarim stakandan iste’mol qilinadi.

* Ertut ildizpoyasini maydalab, bir osh qoshig’i ustiga yarim litr qaynoq suv quyiladi va bir soat qaynatiladi. Suzib olib, kuniga 2-3 mahal chorak stakandan, ich ketganda ichiladi.

* Piyozning yangi uzilgani och holda iste’mol qilinsa, ich ketishi to’xtaydi.

* Xalq tabobatida olmadan qadim zamonlardan shifobaxsh ne’mat sifatida foydalanib kelingan. Nordon olmani xamir orasiga o’rab, olovda pishirib eyilsa, qon aralash ichketarni to’xtatadi.

* Agar bemorning boshi og’rimasa va isitmasi bo’lmasa, olma bilan davolash foydali. Kuniga har ikki soatda bittadan olma eyilsa, qon aralash ich ketganda va ichak pardasi yallig’langanda yaxshi foyda qiladi.

* Malina bargi va mevasidan 4 choy qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va 2-3 soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 4 maxdl yarim stakandan iliqholda ichiladi.

* Gazanda o’tidan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan suv quyiladi va past olovda og’zi yopiqholda 15 daqiqa qaynatiladi. Keyin olovdan olib, yana 15 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, ovqatdan yarim soat oldin to’rtga bo’lib ichiladi.

* Pomidor sharbatidan bir stakani ustiga bir chimdim tuz va murch solib, nahorda ichish tavsiya qilinadi.

* Arpa suvini ichish organizmni suvsizlanishdan saqlab qoladi, ichak faoliyatini ham me’yoriga keltiradi. Buning uchun 50 g arpa donidan olib, ustiga yarim litr qaynoq suv quyiladi va 6 soat tindirib quyiladi. So’ng 15 daqiqa qaynatiladi va yana 30 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal 1G’3 stakandan ichiladi.

* Anjabor (yorongul)ning quritilgan va maydalangan ildizidan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi va og’zi yopiq holda yarim soat qaynatiladi. Suzib olgach, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

* Brusnika mevasidan kun davomida 3-4 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, yiringli ich ketishida shifo bo’ladi.

* Brusnika bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin, 1-2 osh qoshiqdan ichilsa, ich ketishida, oshqozon-ichak kasalligida davo bo’ladi.

* Yulg’un o’simligining quritib maydalangan po’stlog’i va ildizidan 2 osh qoshig’i sirli idishga solinadi va ustiga yarim litr suv quyib, past olovda 10 daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

* Pashmak (qizilqonut) o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv kuyiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Kartoshka kraxmali va guruch unini teng miqdorda olib, unga echki yogi aralashtiriladi. Bo’tqasimon qilib iste’mol etilsa, surunkali ich ketishi va qorin og’rig’ida davo bo’ladi.

* Echki yog’idan kuniga 3 mahal bir choy qoshiqdan, ovqatdan oldin iste’mol qilinsa, ichi doim ketadigan bemorga yaxshi foyda beradi.

* Qirqbo’g’in o’tining sharbati va behi sharbatidan teng miqdorda olib, kuniga bir osh qoshiqdan, ovqatdan oldin 3-4 mahal ichilsa, ich ketishi, dizenteriyada shifo bo’ladi.

* Qirqbo’g’in sharbati bilan quruq qizil vinodan teng miqdorda olib aralashtirib, qorong’i, salqin joyda qo’yiladi. Kuniga 25-50 g dan 3-4 mahal, ovqatdan yarim soat oldin dizenteriyada, qonli ichketarda iste’mol qilinadi.

* Qiziltasma (qupggoron) va qirqbo’g’inni maydalangan o’tidan 2:1 nisbatda olinadi. Yig’madan 100 g olib, ustiga bir litr qizil kuchli vino quyiladi va bir hafta qo’yiladi. Aralashma tez-tez silkitib turiladi. Keyin 2-3 daqiqa qaynatiladi va suzib olib, issiqholda har 4 soatda yarim stakandan ichilsa, surunkali ich ketishida yaxshi foyda qiladi.

* Qiziltasmaning 500 g ini 4 litr suvda 15 daqiqa mil-mil qaynatib, 15 kun 3 mahal 3 osh qoshiqdan, och holda parhezi bilan ichilsa, ich ketishni qoldiradi, ichak kasalliklari, qorin og’rig’i va ichak yaralarida foyda qiladi.

* Zubturum urug’idan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan suv quyiladi va 10 daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, kuniga bir mahal bir osh qoshiqtsan qon aralash ich ketarda ichiladi.

* Zubturum bargidan 3 osh qoshig’ini sirli idishga solib, ustiga 3 stakan suv quyiladi va past olovda 15 daqiqa qaynatiladi. Olovdan olib, yana 15 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, qaynatmani to’rtga bo’lib, ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.

* Zubturum urug’idan bir osh qoshig’ini kechqurun termosga solib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab yarim stakandan har yarim soatda ichiladi, ustidan yarim stakan issiq suv ham ichiladi. Qonli ich ketishida shifo bo’ladi.

* Zubturum bargidan 2 qism, qiziltasma va g’ozpanja o’tlaridan bir qismdan olib aralashtiriladi. Shu yig’madan 2 osh qoshig’i ustiga 2 osh qoshiq qaynoq suv quyiladi va 30-40 daqiqa damlab qo’yiladi. Suzib olib, kuniga 4 mahal yarim stakandan, ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.

* Kartoshka kraxmalidan bir choy qoshiq olib, yarim stakan qaynatib sovitilgan suvga aralashtirib, kuniga bir marta ichiladi. Ich ketishida juda tez va yaxshi yordam beradi.

* Gilosning yangi uzilgan mevasidan 100 g ni jigarrang shishaga solib, ustiga 750 g kuchli qizil uzum vinosidan quyiladi. 2 kun quyoshda yoki issiq joyda qo’yiladi. Keyin mevasi tashlanmasdan dokadan suzib olinadi. Kattalar uchun bir marta bir stakandan, bolalar uchun bir osh qoshiqtsan, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin ichiladi.

* Bug’doy nonning bir bo’lak mag’zi qaynatib iste’mol qilinsa, qonli ich ketishida shifo bo’ladi. Bir bo’lak nonni bir stakan suvda qaynatib, har soatda 3 osh qoshiqtsan ichiladi.

* Xalq tabobatida bug’doy qaynatmasi dori vositasi sifatida ishlatilgan. Bug’doy donida ko’p miqdorda oqsil, uglevod, yog’, efir moyi, 10 dan ortiq vitaminlar, minerallar, fermentlar va boshqa modtsalar bor. Bug’doy tarkibida almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar ham mavjud.

Quritib maydalangan bug’doy kepagidan 200 g olib, og’zi yopiqidishga solinadi, ustiga bir litr qaynatilgan suv quyiladi va bir soat mobaynida past olovda qaynatiladi. Qaynatmani suzib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin, yarim stakandan ichiladi. Bolalarga yoshiga qarab, 2-3 osh qoshiq buyuriladi.

* Bug’doyga namakob sepib, qovurib eyilsa, ich ketishi to’xtaydi. Parhez qilib, tuzalguncha suyuqovqat va ho’l mevalar eyilmasligi kerak.

* Uy sharoitida ich ketishiga qarshi eng yaxshi vositalardan biri — bu yangi pishirilgan yumshoq oq non mag’zidan olib, diametri 2,5 sm li 10-15 ta habdori yasaladi. Keyin yogurt yoki qatiqqa botirib, chaynamasdan yutib yuborilsa, ich ketishi tezda to’xtaydi.

* Rayhon urug’ini qovurib, kuniga 3 mahal yarim choy qoshiqdan, ovqatdan 15-20 daqiqa oldin iste’mol qilinsa, o’tkir ich ketishida foyda beradi.

* Rayhon urug’i yoki pista mag’zini ivitib, suvi iste’mol qilinsa, ichi ketib qiynalayotgan bemorga shifo bo’ladi.

* Sabzili sho’rva organizmni suvsizlanishdan asraydi, uni suyuqlik bilan to’ldiradi, kaliy, natriy, fosfor, kaltsiy, oltingugurt, magniy va pektin bilan ta’minlaydi. Ichak yallig’lanishi, zararli bakteriyalar ko’payishi va qayt qilishning oldini oladi. Sabzili sho’rva tayyorlash uchun 0,5 kg sabzi 150 ml suvda yumshagunga qadar qaynatiladi. Keyin sabzini olib, suviga qaynoq suv quyib, miqdori bir litrgacha etkaziladi, 3-4 choy qoshiqtuz qo’shiladi. Kun davomida har yarim soatda oz- ozdan ichib turiladi.

* Guruch qaynatmasi va kraxmali xalq tabobatida qadimdan oshqozon va ichak faoliyati buzilishida eng samarali davo vositasi hisoblangan. Guruch tarkibida oqsillar, uglevodlar, yog’lar, vitaminlar, makro va mikroelementlar bor.

Uning oqsillari tarkibida almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar mavjud. Guruchda kletchatka, pektin, kraxmal ko’p miqdorda bo’ladi. Qaynatma tayyorlash uchun bir-ikki osh qoshiq guruch olib, og’zi yopiq idishga solinadi, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, bir soat past olovda qaynatiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal yarim yoki bir stakandan ichiladi.

* Guruchdan tayyorlangan qaynatmaga ko’kat va sabzavotlar solib, parhez ichimlik sifatida bolalar va katta yoshli bemorlarga ichiriladi.

* Guruchdan tuzsiz tayyorlangan bo’tqa ich ketishida va dizenteriyada shifo bo’ladi.

* Guruchdan bir osh qoshig’ini past olovda 3 soat qaynatib, keyin iliq holda bolalarga har 2 soatda yarim stakandan ichiriladi.

* Guruchdan bo’tqa pishirilganda ichiga xurmoning quritilganidan qo’shilsa, bolalarning ich ketishiga qarshi foyda qiladi.

* Guruchdan tayyorlangan non ich ketishini davolaydi.

* Guruchdan bir choy qoshig’ini qovurib, keyin tolqon qilib, bir stakan zardobga qo’shiladi va bemor bolaga har yarim soatda 30 grammdan beriladi.

* Guruchni yaxshi yuvib, bir stakani sirli idishga solinadi, ustidan etti stakan suv quyib, qaynatiladi. Tayyor bo’lgach, har 2 soatda yarim stakandan iliqholda ichilsa, 2- 3 kunda eng o’tkir ich ketishi ham to’xtaydi.

* Guruch yuvilgan suvni ichish ham surunkali ich ketishida yaxshi foyda qiladi.

* Tovuq go’shtini yog’siz qaynatib, kuniga 3 mahal sho’tang qilib eyilsa, foyda beradi.

* Suvda 15 daqiqa qaynatib pishirilgan 3 dona tuxum och qoringa har kuni eb turilsa, ich ketishi tez to’xtaydi. Ustidan bir-ikki piyola achchiq qora choy ichish kerak.

(Visited 32 977 times, 1 visits today)
Оцените статью
DAVOLASH
error: Content is protected !!