HIKMATLI SO‘ZLAR

HIKMATLI SO‘ZLAR

HIKMATLI SO‘ZLAR Hikmatli so‘zlar yoki matallar har bir xalqda mavjud. Ular mazmunining o‘tkirligi, quvnoq yoki achchiqligi, zukko va oqilonaligi hamda hikmatga boyligi bilan tildagi boshqa 

so‘z va iboralardan ajralib turadi. Shuning uchun ham bunday iboralarni xalqimiz «hikmatlar», «hikmatli so‘zlar» yoki «matallar» deb ataydi. Dono fikrni, o‘tkir haqiqatni, teran mazmunni, so‘z xazinasining dur-u javohirlarini o’zida mujassam etgan rangbarang hikmatlar inson hayoti uchun naqadar qimmatli ahamiyatga moiik ekanligini jahon donishmandlari qadim-qadimdan e’tirof etib kelganlar. Bu haqda Kaykovus: «Agar aqlli bo’lishni istasang, hikmat o’rgangil, aql hikmat bilan kamol topadi», – degan edi.

Hikmatli so‘zlar alohida kitob holida jamlanib, ko‘p marta nashr ham qilingan. Bu hol ba’zi bir hikmatli so‘zlarning mualliflarini aniqlash, kelib chiqish jarayonlarini o‘rganish imkonini yaratadi.

Ulaming yaratilish jarayonlari xilma-xildir; ba’zilari ayrim yozuvchi, shoir yoki yirik davlat arboblari tomonidan aytilgan bo‘lsa, boshqalarining mualliflari noma’lum bo’lib, bizgacha xalq maqol va matallari tarzida yetib kelgan. Odatda, kishi qanchalik iste’dodli bo’lsa, uning chuqur ma’noli iboralari o’ziga xos hikmatga aylanadi. Ana shunday iboralar xalq tilida hikmatli so‘zlar deb ataladi.

Xalqimiz dangasa, ishyoqmas va mehnatdan gochadigan kishilarga qarata:

Osh bo‘lsa-yu ish bo’lmasa,

Yoz bo‘lsa-yu qish bolmasa, – degan iborani ishlatadi. Yoki bilimdon, uddaburon, mehnatkash, o’qimishli va olim haqida:

Olim bolsang, olam seniki;

Aql yoshda emas, boshda, kabi hikmatlami topib aytadi. Bunday hikmat- lami birinchi marta kimdir aytganligi shubhasizdir. Keyinchalik – ko‘p yillar o’tishi bilan ularning mualliflari nomi unutilib, hikmatlar esa xalq orasida saqlanib qolgan. Ba’zi bir hikmatli so‘zlar xalq tilida ham, ayrim arboblar nutqida yoki shoiriar ijodida ham uchraydi. Ayrim hollarda ulaming birinchi marta qaysi manbada vujudga kelganligini aniqlash mushkul bo‘ladi. Aytaylik,

Odamiy ersang, demagil odami Anikim, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami, – degan mashhur hikmat, shubhasiz, ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher Navoiy ijodi mahsulidir. Zero bu hikmat xalqimiz orasida ham keng tarqalgan.

Agarsiz Ibn Sino, Beruniy, UmarXayyom, Firdavsiy, Nizomiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Muqimiy, Furqat, Abay, Maxtumquli kabi olim va shoirlarning ijodi bilan tanishsangiz yoki «Go‘ro‘g‘li», «Alpomish», «Manas» kabi dostonlar va boshqa xalq og’zaki ijodi namunalarini o’qisangiz, ularda juda ko‘plab hikmatli so‘zlar borligining guvo- hi bo’lasiz.

Balki, siz, hikmatli so‘zlarni olimlar, yozuvchilar yoki boshqa odamlar qanday o‘ylab topishadi, deb qiziqarsiz. Hikmatlar, ibratli iboralar o’ylab topilmaydi, to‘qib chiqarilmaydi. Ular uzoq yillik turmush tajribalariga ega bolgan, hayotning achchiq-chuchugini ko‘p totib, undan tegishli xulosalar chiqara olgan donishmand odamlarning fikr-mulohazalari, hukmi, boshqalarga o‘giti, pand-nasihati sifatida yuzaga keladi.

Biroq hikmatli so‘zlarning ma’nosi oddiy murabbiy, tarbiyachi maslahati va 0‘giti doirasidan ko‘ra ancha keng va teran bo‘ladi. Chunki bunday maslahatlar, odatda, muayyan holatni, aniq hodisani nazarda tutib aytilsa, hikmatlardagi mazmun, ma’no barcha davrlar va holatlar, barcha xalqlar uchun mutlaq haqiqat, donolikning oliy cho‘qqisi sifatida namoyon bo’ladi.

Shuning uchun ham juda qadim zamonlarda Misr va Hindistonda, Xitoy va Yunonistonda paydo bo‘lgan hikmatli so‘zlar bugungi kunda bizning turmushimizda ham o‘z tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotmay keladi. Bundan besh ming yilcha avval Misrda yaratilgan «Kagemna o‘gitlari» nomli kitobda aytilgan «Kamtar kishi — hamisha baxtli» degan hikmatli so‘z bizning tilimizdagi «Kamtarga – kamol» degan hikmatli so‘z bilan hamohang- ligi ham uning olmasligidan dalolatdir. Yoki ulug‘ bobomiz Alisher Navoiyning:

Bilmaganni so’rab o’rgangan olim,

Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim, degan hikmatli misralari, hozirgacha o‘z qimmatini yo’qotgan emas.

Xullas, hikmatli so‘zlar – bu bizga mualliflari kim ekanligi ma’lum bolgan maqol va matallardir. Maqol va matallar esa mualliflari kim ekanligi bizga noma’lum bo‘lgan hikmatli so’zlardir.

(Visited 2 656 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!